Toshkent Moliya instituti
OTM lar • Ro`yxatga olingan 12 мая, 1931 г.
Fakultet Bank ishi va audit
Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *
Ta`lim tillari
O`zbek tilida, Rus tilida
O`qitish davri
4 Yil
O`tish ballari
148.05
Ta'lim narxi
15 344 490 So`m,bir yilga
Yiliga qabul soni
50 Odam
Grantlar uchun joylar soni
3
Matematika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63
Ingliz tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63
Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21
Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21
O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21
''Bank ishi'' kafedrasi 1930-yilda O'rta Osiyo Moliya Instituti tashkil etilishining birinchi yillarida ''Pul muomalasi va kredit'' kafedrasi nomi bilan ochilgan.Keyinchalik Toshkent Xalq xo'jaligi institutining ''Pul muomalasi va kredit'' kafedrasi deb nomlangan.1991-yilda Toshkent Moliya Instituti tashkil etilishi bilan bu kafedra shu institutining ''Pul muomalasi va kredit'' kafedrasi sifatida faoliyat olib bormoqda.1996-yilda kafedraga ''Bank ishi'' kafedrasi nom berildi.Hozirgi kunda kafedrada 3 ta fan doktori,4 ta fan nomzodi dotsentlar,3 ta katta o'qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedra o'z faoliyati davomida respublikamiz bank va moliya tizimi uchun yetuk mutaxassislarni,shuningdek,o'z sohasini o'zlashtirgan mutahassis iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.Kafedra professor-o'qituvchilar tomonidan hozirgi kunda bakalavriatda va magistraturada 8 ta fandan dars mashg'ulotlari olib borilmoqda.Hozirgi kunda kafedrada bank ishi,xalqaro bank ishi,bank huquqi,bank menejmenti va marketingi,islom bank ishi,monetar siyosati kabi fanlar o'qitilmoqda.
O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim
Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5
Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.