O'zbekistonda oliy ma'lumotning muhumligi - Rank.uz

O'zbekistonda oliy ma'lumotning muhumligi

Вчера 20:42

Bugungi kunda Toshkentning barcha yoshlari oliy ma'lumotga ega bo'lishning ahamiyatini va foydali ekanligini anglab, Toshkentning eng yaxshi universitetlariga kirishga intilmoqda.

O'zbekistonda ta'lim tizimi yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, Toshkentdagi OTM larni esa har yili turli — ilmiy, iqtisodiy, texnik va boshqa sohalar bo'yicha malakali va salohiyatli mutaxassislar bitirib chiqmoqda.

Ayni vaqtda, yaxshi tayyorgarlik va ma'lum miqdorda bilimga ega har kim Toshkentning eng yaxshi universitetlariga qabul qilinishi mumkin.

O'zbekiston universitetlari bo'lajak talabalarga ko'plab mutaxassisliklarni taklif qiladilar.

Shunday qilib, har kim o'zi uchun qiziq bo'lgan va kelajakda mashg'ul bo'lishni istagan faoliyatni tanlashi mumkin.

Biroq, aslida, oliy ma'lumotga ega bo'lish juda muhimmi va uning afzalliklari nimada?

Shaxodatlashning eng dolzarb bosqichi bakalavriatdir.

Toshkent shahrida bakalavriatga har yili o'n minglab abituriyent qabul qilinadi, bu esa magistraturaga kiruvchilar sonidan ancha ko'p.

Bundan tashqari, hozirgi vaqtda universitetga qabul qilinish ancha qulaylashgan, chunki endi bir vaqtning o'zida bir nechta oliy o'quv muassasasilariga hujjat topshirish mumkin.

Oliy ma'lumotning mavjudligi bir qator muhim afzalliklarni taqdim etadi.

universitetni tugatgan shaxsning daromadi, oliy ma'lumotga ega bo'lmagan shaxsning daromadidan ancha yuqori bo'ladi.

oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomga ega bo'lgan inson yaxshi karyera qura oliishi mumkin, shuningdek, universitetni tugatib va mutaxassislikka ega bo'lganidan so'ng nufuzli lavozimni egallashi mumkin, chunki ishga qabul qilishda ish beruvchi, nomzodning ma'lumotiga katta e'tibor beradi.

Oliy ma'lumotga ega bo'lgan inson keng dynyo qarashga ega bo'ladi hamda qiziqarli suhbatdoshdir, chunki uning: universitetda ba'zi bir fanlar bo'yicha keng bilimlarпф ega bo'lish imkoni bor edi.

universitetda o'qish insonni boshqacha fikrlashga o'rgatadi, insonni intizomli qiladi va unga ma'lum bilimlarni tezroq va yaxshiroq o'zlashtirishni o'rganish imkonini beradi.

Agar siz, O'zbekistonning eng nufuzli universitetlaridan birining talabasi bo'lishni juda istasangiz, lekin o'z kuchingizga unchalik ishonchingiz bo'lmasa- o'quv markaziga yoki yaxshi repititorga yordam so'rab murojaat qilishingiz mumkin.

O'quv markazini yoki repititorni tanlashda juda e'tiborli bo'lish kerak, balki o'qituvchilarni o'zgartirishingiz mumkin, lekin ushbu holatda siz uchun eng muhimi — sifatli bilim olishdir.

Kurslarga yozilishdan oldin, o'qituvchilar va o'quv markazi haqida taqdim etilgan ma'lumotlar bilan sinchikovlik bilan tanishib chiqing.

Bu sizga eng yaxshi o'quv markazini tanlashda  yordam beradi, vaqtingizni, pulingizni tejaydi va bo'lajak yoqimsiz vaziyatlarning oldini oladi.