Maktab o'quvchilari darslardan keyin nima bilan shug'ullansin? - Rank.uz

Maktab o'quvchilari darslardan keyin nima bilan shug'ullansin?

Вчера 20:42

Zamonaviy maktab o'quvchilari nafaqat maktablarda ta'lim olishadi.

Bugungi kunda, ularning hayotida ko'plab seksiya va to'garaklar o'rin olgan.

Ko'pgina ota-onalar turli sabablarga ko'ra: bolalarning bo'sh vaqti imkon qadar band bo'lishi kerak hisoblashadi.

Ba'zilar: bolalarning darslardan keyin sayr qilib,  yomon davralarga qo'shilib qolishidan qo'rqishadi, boshqalari esa kunning qolgan qismini: qo'shimcha bilimlar egallab foyda bilan o'tkazishini istaydilar.

Ammo,  muvozanat haqida esdan chiqarmaslik-muhimdir.

Toshkent shahridagi bolalar uchun o'quv markazlarini izlashdan oldin, bola bilan suhbatlashib, u nima istayotganini va uning qiziqishlarini tushunish kerak.

Toshkent shahridagi bir nechata joylarga borish, ijodkorlik uyi, rivojlanish markazlari va sport seksiyalarini ko'rsatish mumkin.

Va nihoyat shundan so'ng, maktab darslaridan tashqari qo'shimcha mashg'ulotlar haqida qaror qabul qilish kerak.

Bunday joyni qaerdan topish mumkin?

Eng yaxshi variant- uyning yonidagi, hattoki maktabingizning ichidagidir.

Ushbu holda siz: bolaning tanish muhitda ekanligini bilasiz hamda bu yondashuv yo'lga sarflanadigan pul, vaqt va kuchni a'lo darajada tejaydi.

Axir, ko'p hollarda maktabda qoshida sport seksiyalari, teatr studiyalari, til kurslari va boshqa to'garaklar faoliyat ko'rsatadi.

So'nggi paytlarda, mental arifmetika bo'yicha mashg'ulotlar ham keng tarqalmoqda.

Agar siz: o'zingizni va farzandingizni qiziqtira oladigan biror narsani topa olmagan bo'lsangiz, Toshkent shahrida bolalarni rivojlantirish markazlaridan birini tanlashingiz mumkin.

Bu barcha mavjud mashg'ulotlarni jamlangan ko'p tarmoqli o'quv markazlaridir.

Bola borib-kelish vaqtida yo'lda toliqmasligi uchun tanlangan maskanning uydan uzoq bo'lmasligiga e'tibor bering.

Odatda, bunday markazlarda mashg'ulotlar ro'yxati deyarli bir xil:

  • Ijodiy to'garaklar;
  • Tasviriy san'at;
  • Musiqiy yo'nalishlar;
  • Til kurslari;
  • Texnika to'garaklari;
  • Sport swksiyalari va boshqalar.

Ammo so'nggi paytlarda, ota-onalar, o'z farzandlari uchun faqatgina Toshkent shahridagi ingliz tili kurslarini emas, balki kichik yoshdan dasturlash va kompyuter savodxonligi kurslarini ham qidirmoqdalar.

Bu ikki yo'nalishlarga ehtiyoj, ayniqsa, shu turdagi mutaxassislarga bo'lgan talab tufayli juda dolzarbdir.

Ta'limga sarmoya?

Albatta, birinchi galdagi masala, turli kurslaring to'lov pulidir.

Ko'pincha, ota – onalar uchun eng maqbul yechim Toshkent shahridagi maktabdan keyingi qo'shimcha mashg'ulotlardir.

Tan olish kerakki, bunday muassasalar quyidagi asosiy xizmatlar, shu jumladan, eng muhimi, uy vazifasini bajarish, ovqatlantirish va bolaning qo'shimcha rivojlanishi paketini taklif qiladilar.

Bunday qo'shimcha mashg'ulotlarni, odatda, o'z maktabingiz hududida topishingiz mumkin, to'lovi ham o'rtacha, juda qimmatga tushmaydi.

Xususiy qo'shimcha mashg'ulotlar to'lovi qimmatroqdir, chunki maktab darslaridan keyin bolalarga taomlanish, uy ishlarini bajarish va qo'shimcha mashg'ulotlarda qatnashish taklif etiladi.

Agar alohida kurslarga e'tibor qaratsak, til kurslarining narxlari ko'plab omillarga (o'qituvchining tajribasi, ingliz tili darajasi, guruh yoki individual faoliyat) bog'liq.

Ijodkor shaxsni rivojlantirish uchun musiqa, rasm, raqs, qo'shiq kurslarini topishingiz mumkin, odatda ular unchalik qimmat emas.

Bolalar bunday tashkilotlarga haftasiga ikki-uch marta qatnaydilar, bunday tarzda ularning uy mashgulotlari va hovli o'yinlari uchun ham vaqti qoladi.

Sport seksiyalari

Sportga kelsak, yilning istalgan faslida suzish dolzarbdir.

Murabbiy bilan mashg'ulotlarga obuna bo'lish yanada foydaliroqdir.

Hovuzda suzish salomatlikni mustahkamlaydi hamda bolalarning o'zlari ham suvda suzishni yaxshi ko'radilar, bu asab tizimiga va hissiy sog'likka ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

So'nggi paytlarda, Toshkentda ot yurihsga ham talab katta.

Ha, siz yanglishganingiz yo'q, bizda ot ustida yurish mashg'ulotlarini tashkil etadigan maxsus tashkilotlar bor, lekin odatda bu qimmat turuvchi zavqdir.

Ko'pgina o'g'il bolalar, bugungi kunda barcha tumanlarda ochilgan futbol seksiyalariga ishtiyoq bilan qatnaydilar, qizlar esa sport raqslari va gimnastika kabilarni yoqtiradilar.

Qanday qaror qabul qilishingizdan qat'iy nazar, farzandingizning yoshi, xulq-atvori va qiziqishlarini hisobga oling.

Shundagina, tanlangan mashg'ulot sizga va farzandlaringizga foyda keltiradi.