Chet tillarini o'rganishni- qaysi yoshdan boshlagan ma'qul? - Rank.uz

Chet tillarini o'rganishni- qaysi yoshdan boshlagan ma'qul?

Вчера 20:42

Bolalar yangi narsalarga juda moyildirlar.

Shuning uchun, ko'p hollarda ular, bu masalaga uddalab bo'lmas vazifa sifatida qaraydigan kattalarga nisbatan, chet tillarini yaxshiroq o'zlashtiradilar.

Xo'sh, qaysi yoshda xorijiy tillarni o'rganishni boshlagan ma'qul?

Hamda muvaffaqiyatli natijalarga erishish tahsil oluvchining yoshiga bog'liqmi?

Chet tillarni bilish kelajakda muvaffaqiyatga erishishning kafolati hisoblanadi.

Ko'pchilik ota-onalar , kichkintoy hali o'qish va yozishni bilmasa ham, Toshkent shahrida bolalar uchun ingliz tili o'quv maskanini izlashni boshlaydilar.

Bolani Toshkent shahridagi ingliz tili kurslariga qaysi yoshdan berish ma'qul?

Bu masala bo'yicha qarama-qarshi fikrlar shaklangan.

Ba'zilar kichkintoyni bolaligidan mahrum qilishni istamaydilar, boshqalari esa bola yangi bilimlarni eng yaxshi o'zlashtirishi mumkin bo'lgan vaqtga kech qolib va uni o'tkazib yuborishdan qo'rqishadi.

Qancha erta bo'lsa, shuncha yaxshimi?

Shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi yillarda ota – onalar orasida quyidagicha urf bo'lgan tendentsiya shakllangan- bolalari deyarli taglikni tark etmagan paytdan, ular uchun ingliz tilida so'zlashuv muhitni hosil qiladilar.

Biroq, ikki yoshli bolaga ingliz tiliga o'rgatish samaralimi?

Bunday qarorni qo'llab-quvvatlovchilar, nutq shakllanayotgan ushbu vaqtda: bola oqtituvchisiga taqlid qiladi, shunday tarzda tilni o'rganadi deb ishonadilar.

Demak, xorijiy so'zlar, ular butunlay yodlab olinguncha ongsiz ravishda takrorlanadi.

Shu bilan birga, har kuni va uzoq vaqt davomida xorijiy til muhitda bo'lishni ta'minlash kerak.

Boshqa so'zlar bilan aytganda, bir (xorijlik) enaga yoki guvernant ayolni yollash, buning  uchun katta mablag ' sarflash zarur.

Ba'zi mutaxassislar, chet tilini bunday o'rganish usuliga shubha bilan qarashadi.

Ko'pincha, natija umidlarni oqlamaydi hamda kichkintoyning qabul qilishini aniq belgilab bo'lmaydi.

Yoki kutish yaxshiroqmi?

Toshkent shahridagi ingliz tili kurslariga bolalar to'rt yoshdan boshlab qabul qilinadi.

Tajribali mualimlar va psixologlarning fikriga ko'ra: aynan to'rt-besh yoshlarga kelib, bolalar o'z ona tilining tuzilishini etarli darajada biladi, chet tilini o'rganishni boshlash uchun asosiy so'z boyligiga ega bo'ladi.

LEKIN!

Dastlabki bosqichlarda, 30 dan 40 daqiqagacha vaqt ajratish kifoya qiladi, uzoq muddatli mashg'ulotlar samarasizdir.

Avval, boshqa ota-onalarning ingliz tili kurslari bo'yicha fikr-mulohazalri va tavsiyalari haqida o'qish kerak.

O'qituvchi har bir bolaga diqqatni qaratishi mumkin bo'lishi uchun guruhda o'ndan ortiq bola bo'lmasligi maqbuldir.

Biroq, bola ba'zi talablarga javob berishi kerak.

Misol uchun, diqqatini jamlay olish, sabr-toqat qila olishni bilishi.

Ettidan sakkiz yoshgacha, odatda, bolalar ta'lim olishga to'liq tayyor bo'ladilar.

Qizig'i shundaki, ular, kichik yoshdan chet tilini o'rganishga kirishgan bolalarga nisbatan tezroq ularning darajasiga yetishadi.

Undan ham kechroq bo'lsachi?

Bolaning ingliz tilini o'rganish masalasiga ongli ravishda yondashishi kerak deb hisoblaydigan ota-onalarning toifasi ham mavjud.

Boshqacha qilib aytganda, o'n yoshdan keyin.

Lekin natija, ko'ngilni qoldirishi mumkin.

Chunki bu yoshda bola, ko'plab omillarning hisobiga, asosni egallay olmaydi.

Shuning uchun, o'rta maktabda chet tillarini kattaroq yoshda o'rganishni boshlagan bolalar, bitiruv imtihonlariga yomonroq tayyorgarlik ko'rgan bo'ladi.

Agar siz qizingiz yoki o'g'lingizni, u ta'limni chet elda davom ettirish uchun yuborishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, unday holda bu variant sizga to'g'ri kelmaydi.

Yoki Toshkent shahridagi samarali individual tarzda ingliz tili o'rganish kurslarini izlash kerak bo'ladi.

Xulosalar.

Shunday qilib, chet tilini o'rganishni qachon boshlash kerak?

Yuqorida aytib o'tganimizdek, kichik yoshdan boshlab bolalarga bilimni zo'rlab singdirish befoydadir.

Biroq, maktab davrigacha kechiktirib ham bo'lmaydi.

To'rt yoshdan sakkiz yoshgacha bo'lgan davr maqbul yechimdir.

Shuningdek, bolaning o'ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olish kerak.

Chet tillarni o'rganish bo'yicha barcha imkoniyatlar ro'yxati: o'quv markazlari, repetitorlar, barchasi bir joyda, www.rank.uz- yagona ta'lim portalida