Intensiv ingliz tili kurslari - Rank.uz

Intensiv ingliz tili kurslari

Вчера 20:42

Zamonaviy hayotni ingliz tilisiz tasavvur qilish qiyin.

Shu sababli, ota-onalar farzandlarini, deyarli taglikdan tark etmagan davridanoq ingliz tili kurslariga berishga harakat qiladilar.

Hozirgi vaqtda chet tilini o'rganishning turli usullari mavjud.

Biz esa ayni vaqtda jadal til o'rganish kurslari haqida suhbat quramiz.

Tezkor ta'limni yoki an'anaviy yo'nalishni tanlash ma'qulmi?

Jadal til kurslari kim uchun kerak?

Tilni jadal sur'atda o'rganish har doim ham maqbul bo'lavermaydi, chunki bu usul hamma uchun ham  to'g'ri kelmaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, jadal tahsil olish faqat quyidagi hollarda o'zini oqlaydi:

  • Og'zaki nutqini rivojlantirish kerak bo'lganda.

Ingliz tili umuman olganda ikki ko'rinshda bo'ladi – bu og'zaki va yozma.

Ba'zilar grammatikani a'lo darajada biladi, lekin ular uchun fikrini og'zaki etkazib berishi qiyin.

Shuning uchun, jadal til kursi bunday muammolarni engishga yordam beradi.

  • Bo'lajak sayohat.

Agar ba'zilar sayohat paytida, so'zlashgichlar olib yirishni afzal ko'rsalar, boshqalar esa tashrif buyurgan mamlakatning o'ziga xos xususiyatlari bilan yaxshiroq tanishish uchun yaxshilab tayyorgarlik ko'rish va ingliz tilini o'rganishni istaydilar.

Bu yerda, dunyo aholisining yarmi ingliz tilida gaplasha olishini ta'kidlash ortiqcha.

  • Ishga joylashish.

Ko'pincha kompaniyalar xalqaro bozorga chiqishga intililadilar, shunda xodimlardan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish uchun ingliz tilini bilishlari talab qilinadi.

  • Shaxsiy hayot.

Qanday g'alati tuyulmasin.

Agar siz, chet ellik odam bilan munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchi bo'lsangiz, unda ingliz tilini bilmasdan, buni amalga oshira olmaysiz.

Toshkent shahrida o'quv markazlari reytingini o'rganishga undaydigan boshqa sabablar ham mavjud .

Jadal til o'rganish uslubining afzalliklari

  1. Tezkor tayyorgarlik.

Odatda darslar: davomiyligi ikki-uch soat, haftasiga olti marta bo'ladi.

Bilim ixchamlashtirilgan ko'rinishda taqdim etiladi va juda tez o'zlashtiriladi.

Agar sizni: Toshkent shahrida yangi o'rganuvchilar uchun ingliz tili degan savol qiziqtirmasa, jadal ta'lim olish eng maqbul variant hisoblanadi.

  1. Ingliz tilida gaplashishga alohida e'tibor.

Jadal til kurslari, asosan,og'zaki nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Mualim turli vaziyatlarni modellashtirib, suhbatlar qurishga undaydi.

Bunday yondashuv ingliz tilini tinglab tushunish imkonini beradi.

Ta'kidlash joizki, jadal til kurslari, har bir ishtirokchini yuqori darajada jalb qilish uchun kichik guruhlarda  o'tkaziladi.

  1. Ohang va talaffuz ustida ishlash.

Ta'lim jarayonida o'qituvchi nutqni to'g'rilash, ohangga oid jihatlar ustida ishlashga yordam beradigan audio va video fayllardan foydalanadi.

Shu sababli, suhbat erkin tarzda, hech qanday ikkilanishlarsizn va o'ylanmasdan quriladi.

  1. Nazariy materialni yodlash talab qilinmaydi.

Shuning uchun,  jadal til o'rganishda, ingliz tili grammatikasi va imlo asoslarini bilish uchun Toshkent shahridagi til bilimi yuqori bo'lganlar uchun ingliz tilini tanlash zarur.

Yodingizda tuting, ingliz tilini jadal o'rganish, bu:

- katta yuklama- uy vazifalari beriladgan kundalik mashg'ulotlardan iborat;

- tezkor o'rganish tezligi- o'rganilayotgan dasturning yaxlitligini buzmaslik uchun darslarni qoldirib bo'lmaydi;

- so'z boyligini ko'paytirish bo'yicha doimiy mehnat-darslar ingliz tilining asoslari va tamoyillarini o'rganish, poydevor yaratish va so'zlarni mustaqil ravishda o'rganishni nazarda tutadi;

- grammatika ustida mustaqil ishlash.

Ingliz tili kurslarini qanday tanlash mumkin?

Bu eng muhim savoldir.

Axir, ingliz tilini qanchalik tez o'rganishingiz, ta'lim berilishiga bog'liq.

Shuning uchun, o'quv markazining bitiruvchilarining ingliz tili kurslarini bo'yicha fikr mulohazalarini o'rganishingiz kerak.

Bundan tashqari, mualim haqida mulohazalarni izlang, talabalar bilan suhbatlashing va hatto sinov darsiga kirib chiqishingiz mumkin.

To'g'ri tanlangan o'quv markazi- muvaffaqiyatning yarmi, bunda sizga rank.uz sayti beqiyos yordamchi bo'la oladi.

Axir, qolgan 50% sizga bog'liq.

Tilni jadal o'rganish qisqa muddatli xotirada saqlanadi, shuning uchun  olingan bilimlarni darhol amalda qo'llash kerak.