Ta'limga kiritilgan sarmoyalarning qaytishi - Rank.uz

Ta'limga kiritilgan sarmoyalarning qaytishi

Вчера 20:42

Ta'limga kiritilgan sarmoyalarning qaytishi

Kelajagingiz ta'limga to'g'ri sarmoya kiritishingizga bog'liq. Nima uchun o'zingizga sarmoya kiritish kerak, buni qanday to'g'ri amalga oshiriladi, va sarmoyalar qachon qaytadi?

Mustahkam bilim asossi bo'lmasa, muvaffaqiyatli karyerani qurib bo'lmaydi, bundan tashqari, bu kelajakda o'z-o'zini va o'z oilasini munosib tarzda ta'minlay olish uchun bir imkoniyatdir. Muayyan xarajatlarsiz o'z moliyaviy holatingizni yaxshilay olmaysiz. Lekin, iqtisodiyot nazariyasiga ko'ra barcha sarmoya ham o'zini oqlamaydi. Qanday qilib, ta'limga to'g'ri tarzda sarmoya kiritish kerak, qanday nozik jihatlarni yodda tutish kerak?

Ta'lim bilan bog'liq xarajatlar.

Toshkentda oliy ma'lumot olish- Universitet yoki Institutda o'qishni nazarda tutadi. Ayrim xorijiy universitetlar, ko'p hollarda muvafaqiyatli erishish mumkin bo'lgan onlayn ta'limni taklif etadilar. Bu erda, maqsadga intilish va o'z faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Biroq, har qanday holatda ham, muayyan sarmoyalar talab qilinadi. Shunday qilib, avvalambor quyidagilarni sarflash kerak:

  • mashg'ulotlar uchun moliyaviy mablag'lar;
  • tirishqoqlik bilan o'qish uchun kuch-g'ayrat;
  • tayanch nazariyani o'zlashtirish uchun vaqt.

Qizig'i shundaki, ta'lim bilan bog'liq xarajatlaridan tashqari, o'qish davrida yo'qotilgan foyda ham bo'ladi. Axir, siz o'qish o'rniga ishlashingiz va pul topishingiz mumkin edi. Biroq, mutaxassislar, besh yil mobaynidada bunday yo'qotish yuqori daromadlar tufayli qoplanadi, deb hisoblaydilar.

Nima uchun ta'limga sarmoya kiritaladi?

Mashhur iqtisodchilarning fikricha: ta'limga sarmoya kiritish- inson kapitaliga sarmoyadir. Chunki ta'lim mahsuldorlikni oshiradi, bu esa kelajakda ko'proq pul topish imkonini beradi. Sifatli ta'lim, texnologiyalardagi yangiliklarga tezda moslashishga yordam beradi. Masalan, Toshkentda malaka oshirish- o'z kelajagiga hissa qo'shishning turlaridan biri hisoblanadi. Bunday sarmoya tezda o'zini oqlaydi.

Har qanday ta'lim, moliyaviy mablag'ga muhtoj. Shuningdek, quyidagilar sababli kelajagingizga sarmoya kiritishga intilishingiz zarur:

  • moliyaviy farovonlikni yaxshilash;
  • keksalik va farzandlar kelajagi uchun "moliyaviy yostiq" ni shaklantirish;
  • kutilmagan vaziyatlar uchun sug'urta;
  • moliyaviy jihatdan mustaqil bo'la olish imkoniyati;
  • o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirish imkoniyati.

Boshlash qiyin.

Darhaqiqat, eng qiyin narsa birinchi qadamdir. Axir, Toshkentda ta'lim olish xarajatlari arzon emas, shuning uchun nafaqat tanlov qilish, balki pulni xavf ostiga qo'yishga ham qaror qilish og'irdir. Avvalobor, insonlar qay tarzda muvaffaqiyatga erishayotganini tushunish uchun tanlangan faoliyat sohasini o'rganish kerak. Bu, asosan, oliy ta'lim taalluqlidir.

Axir, muayyan sohanini tanlab, mustaqil ta'lim olish bilan ham shug'ullanishingiz mumkin. Agar mashg'ulot turini tanlab bo'lgan bo'lsangiz, bilim olish maskanini topishingiz kerak. Toshkentdagi o'quv kurslarining reytingi bu borada sizga yordam bera oladi. O'quv markazida diplom olish imkoniyatini e'tiborsiz qoldirmang. Axir, ko'plab zamonaviy dasturchilar universitet diplomiga ega emaslar, biroq shu bila birga o'z yo'llarini o'quv markazlari devorlari orasida boshlagan, a'lo darajali mutaxassislardir. Mustaqil ta'lim olish, shuningdek, ilmiy anjumanlarlar, onlayn seminarlar, mutaxassislar bilan tanishish, amaliy ko'nikmalarni yaxshilashni o'z ichiga oladi.

Sarmoyaning boshqa turlari.

Albatta, kasbiy bilim muhimdir, lekin suv va havo kabi zarur qo'shimcha ko'nikmalar haqida ham unutmaslik kerak. Asosan, bu chet tilini bilishdir. Agar siz, hech bo'lmaganda ingliz tilini bilsangiz, mansab pillapoyasida ko'tarilish ehtimoli ko'proq bo'ladi.

Ba'zi kasblarda odatda chet tilini bilmasdan ishlab bo'lmaydi. Ish beruvchilar bunday mutaxassislarga oyiga 200 dollar miqdorida qo'shimcha pul to'lashga tayyor. Kompyuter globallashuvi - IT muhitida qanday ishlashni biladigan mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Hattoki, eng malakali va tajribali buxgalter ham zamonaviy buxgalteriya dasturi bilan qanday ishlashni bilmasa, unga ehtiyoj qolmaydi.


Kelajakdagi barqaror farovonlik ta'limga sarmoya kiritishga bog'liq. Eng muhimi, to'g'ri kasbni tanlash, bilimlarni to'liq o'zlashtirish va kerak bo'lganda ulardan foydalanish. Ta'lim olish yo'lida, sarflangan pullar eng ko'p foyda bilan o'zini oqlashi uchun: tanlangan o'quv markazi yoki repetitor vakolatllangan, yaxshi ish tajribasiga ega ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.


Shu borada, RANK.UZ ta'lim portali - juda foydali vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin.