Korporativ ingliz tili kurslari - nima? - Rank.uz

Korporativ ingliz tili kurslari - nima?

Вчера 20:42

Muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar, ancha vaqtdan beri ingliz tilini korporativ o'rganish muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlikning kaliti ekanligini anglaganlar.

Agar firma yoki tashkilot xorijiy kompaniyalar bilan aloqa qilsa yoki yaqin kelajakda yangi bozorga kirishni rejalashtirayotgan bo'lsa, bugungi kunda xodimlarni ingliz tilida o'qitishni boshlash kerak.

Bu uzoq muddatli sarmoya kiritish, kelajakda albatta o'zini oqlaydi.

Toshkent shahridagi korporativ kurslarni diqqat bilan tanlash lozim.

Aksariyat kompaniyalarning muhim qismi ingliz tilining butun jamoa tomonidan o'rganilishidir.

Toshkent shahridagi qaysi korporativ ingliz tili kurslarini tanlash kerak?

Korporativ ta'lim nimasi bilan farq qiladi?

Ijobiy natijalarni qachon kutish mumkin?

Ta'limning yangi formati.

Boshqa ta'lim shakllari bilan solishtirganda, korporativ ta'lim o'z nozik tomonlariga ega.

Birinchi navbatda, o'qitish joyi.

Mashg'ulotlarni, o'quv markazining binosida yoki kompaniyaning ofisida tashkil qilish mumkin, bularning barchasi buyurtmachining xohishriga bog'liq.

Keyin esa, xodimlarning ish tartibiga halaqit bermaydigan yoki minimal o'zgatirish kiritadigan maxsus o'quv rejasi ishlab chiqiladi.

Kursning boshida, har bir xodim til bilim darajasi aniqlanadigan imtihondan o'tadi.

Ta'kidlash joizki, tashkilot faoliyati sohasidan kelib chiqib, har bir holat uchun alohida o'quv dasturi  tanlanadi.

Toshkent shahridagi korporativ mashg'ulotlar guruhlari shu tarzda parallel ravishda ish uchun zarur bo'lgan atamalar bilan tanishadilar va yod oladilar.

O'quv markazlari biznesning deyarli har bir sohasi uchun turli xil ta'lim dasturlarini taklif etadi.

Xususan, agar moliya muassasasi haqida gapiradigan bo'lsak, marketologlar, buxgalterlar, huquqshunoslar va boshqa mutaxassisliklar ehtiyojlarini hisobga oldigan dastur qo'llaniladi.

Bundan tashqari, qisqa muddatli ta'lim dasturlari ham mavjud.

Asosan, bu Toshkent shahrida malaka oshirish kurslaridir.

Ular muayyan ko'nikmalarga ega bo'lishga yordam beradi.

Misol uchun, ingliz tilida biznes yozishmalarni amalga oshirishni o'zlashtirish (og'zaki nutq, muzokaralar o'tkazish, namoyishlarni tashkil etish va boshqalar).

Agar kompaniya umumiy dasturni tanlasa, u holda urg'u biznes ingliz tiliga qaratiladi.

Tezroq natijaga erishsish uchun: bir haftada ko'proq darslar o'tkaziladigan jadal kurslarga murojaat qilinadi.

Korporativ ta'limning afzalliklari.

Yangi materialni birgalikda o'rganish, jamoaga bir-biri bilan yaxshiroq muloqot qilish, amaliyotda o'rganilgan materialni qo'llashga yordam beradi.

Shu bilan birga, xodimlarning umumiy kayfiyatini yaxshilaydi.

Odatda, eng samarali natijalarga erishish uchun kichik guruhlar tuziladi.

Bundan tashqari, rahbariyatga, doimiy ravishda xodimlarning ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatlari haqida hisobot beriladi.

Korporativ kurslarni qanday to'g'ri tanlash mumkin?

O'quv markazini tanlashda,  ayniqsa:Toshkent shahrida korporativ dasturlash kurslarini izlayotgan bo'lsangiz, birinchi navbatda, o'qituvchilarni o'qitish uslublari va tajribasiga e'tibor qaratishlozim .

Odatda, chet tilini o'rganishning mashhur uslublari uch bosqichga bo'linadi.

  1. Muloqot usuli- og'zaki nutqqa urg'u beriladi.
  2. Standart dastur grammatika, leksikologiya va yozma savodxonlik.
  3. O'yin uslubi - ingliz tilida video va filmlarni tomosha qilish, o'yin ilovalari, turli mashqlar.

Tilni o'rganishning tegishli uslubi, tahsil oluvchilarning ehtiyojlariga ko'ra tanlanadi.

Muloqot uslubi, agar og'zaki nutqni tezroq rivojlantirish zarur bo'lsa, eng samaralidir.

Har qanday holatda, ingliz tilini to'liq hajmda o'rganish uchun vaqt va g'ayrat talab etiladi.

Mo'jizakor ta'lim uslublari yo'q.

Amaliy mashg'ulotlar va jadal kurs, faqat uch-to'rt oy keyin chet tilida erkin so'zlashish imkonini beradi.

Albatta, juda katta yuklama va talablarga ega bo'lgan maxsus kurslar ham mavjud.