Nima uchun bolani xususiy bog'chaga bergan ma'qul? - Rank.uz

Nima uchun bolani xususiy bog'chaga bergan ma'qul?

Вчера 20:42

Ko'pgina ota-onalar o'z farzandlarini, davlat MTM laridan voz kechib, xususiy bolalar bog'chalariga berishni afzal ko'rmoqda.

Buni bolalarga yaxshi parvarish va g'amxo'rlik yetishmasligi bilan izohlashadi.

Shuningdek, qonunchilikka muvofiq, davlat bolalar bog'chalariga uch yoshdan qabul qilinadi, xususiy bolalar bog'chasi esa qabul 1,5 yoshdan.

Ushbu maqolada xususiy bolalar bog'chalarining afzalliklarini ko'rib chiqamiz.

Zamonaviy xususiy bolalar bog'chalari turli binolarda ochiladi.

Bu shu maqsadda maxsus qurilgan, alohida bino bo’lishi, shuningdek, Toshkentdagi MTM uchun moslashtirilgan barcha qulayliklarga ega xususiy uy bo'lishi mumkin.

Endi esa Toshkent shahrida xususiy bola bog'chalarning talab nega katta ekanligining sabablarini ko'rib chiqaylik.

Alohida yondashuv.

Davlat bog'chalaridagi guruhlarda har doim bolalar ko'p, bir guruhda bitta tarbiyachi va enagaga ko'pincha o'ttizdan ortiq bolalar to'g'ri keladi.

Ayni vaqtda, xususiy bo'g'chalarda: pedagoglar soni yetarli bo'lgan holda, kichkintoylar soni o'ndan yigirmatagacha bo'ladi.

Shuning uchun, har bir go'dak kattalardan yetarli darajada e'tibor oladi.

Tadbirlar va mashg'ulotlar vaqtida, bunday guruhlar alohida o'qituvchi rahbarligida bir nechta kichik guruhlarga bo'linadi.

Bunday muhitda bolalar tezroq rivojlanadi, ularning ehtiyojlari yaxshiroq qondiriladi.

O'quv dasturi.

ijodkorlik va umuman, maktabga tayyorgarlik

Toshkent shahridagi eng yaxshi bolalar bog'chalari o'z obro'siga e'tiborlidir, shuning uchun ular o'quv dasturini, zamonaviy amaliyot va talablardan kelib chiqib, diqqat bilan tanlaydilar.

Odatda, bolalar bilan standart yozish, matematika, o'qish, xorijiy tillar, ijodkorlik va umuman maktabga tayyorgarlik bilan shug'ullanadilar.

Bularning barchasi qiziqarli rivojlantirish saboqlari orqali taqdim etiladi.

Ma'lumotlar: maroqli video, interaktiv o'yinlar, sayr va hattoki logopedlar bilan mashg'ulotlar orqali qo'llab-quvvatlanadi.

O'qituvchilar.

Toshkentdagi xususiy bolalar bog'chasi o'z xodimlariga yuqori talablar qo'yadi.

Shuning uchun, har bir bo'sh o'rniga- qat'iy tarzda ma'lumoti va ish tajribasi mos bo'lgan mutaxassislar  tanlanadi.

Axir, mualimlar yosh bolalar bilan muloqot qila olishlari, o'z ishlarini bilishlari va talabchan ota-onalar bilan munosabatda bo'lishlari kerak.

Ko'pincha, har bir kichkintoyning, o'zini qanday his etishi va rivojlanishi mualimga bog'liq bo'ladi.

Oziq-ovqat.

Moliyalashtirish cheklangan hamda ko'p hollarda ota-onalar oziq-ovqat sifatini nazorat qila olmaydigan davlat bog'chalaridan farqli o'laroq, xususiy bog'chalarda har kuni  turli xil va muvozanatlashgan menyu taklif etiladi.

Xodimlar, qaramog'idagilarning u yoki bu mahsulotga nisbatan allergiyasi borligini hisobga olgan holda taomlar tarkibini kuzatib boradilar.

Eng muhimi, ota-onalar taomlar sifatini shaxsan tekshirishlari mumkin.

Xavfsizlik.

Ishda vaqtni hotirjam o'tkazish uchun, Toshkent shahrida xususiy bolalar bog'chasini qanday tanlash mumkin?

Albatta, bolalarning bog'chada bo'lishining xavfsizligini hisobga olish kerak.

Ushbu masala qanchalik darajada puxta o'ylangan, kuzatuv kameralari borligi, fayllarning xotiraga yozilishi va xodimlarning qanchalik darajada malakali ekanligi kabilarni albatta tekshirish zarur.

Farzandingizning mo’ljallanayotgan borar joyi haqida tasavvur hosil qilish uchun xususiy bolalar bog'chalari fikr-mulohazalar mavzuni o'rganib chiqish muhimdir.

Yodingizda tuting, bolalar uchun MTM sifatida o'zini e'lon qilayotgan hamma muassasa ham eng yaxshisi va ishonchli bo'la olmaydi.

Boshqa ota-onalarning fikrlarini ham o'rganish kerak, ayniqsa, bugungi kunda internetda siz har doim fikr-mulohazalarni topishingiz mumkin.

Xususiy bolalar bog'chalarining yagona kamchiliklari- bu to'lov miqdoridir.

Agar xususiy bolalar bog'chalari reytingiga qarasangiz, birinchi o'rinlarda eng qimmat muassasalar turadi.

O'rtacha daromad ega hamma oilaning ham bunga qurbi yetmaydi.

Har bir oilaning turli moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, biz Toshkent shahridagi va O'zbekistonning barcha shaharlaridagi barcha bolalar bog'chalarining ro'yxatini RANK.UZ ta'lim portalida ko'rishni taklif qilamiz.

Har qanday holatda, bolalar bog'chasiga berishga qaror qabul qilishdan oldin, bolaning ehtiyojlari va tayyor ekanligini hisobga olish kerak.

Aynan to'g'ri tanlangan MTM, bolada u yerga qiziqish va zavq bilan qatnashiga xizmat qiladi.