Buxgalterlar uchun malaka oshirish - Rank.uz

Buxgalterlar uchun malaka oshirish

Вчера 20:42

Buxgalterlarning malakasini oshirish- mazkur tartib-tamoyil majburiymi?

Bu savol nafaqat buxgalterlarni o'zlarini, balki ularning ish beruvchilarini ham qiynaydi.

Ushbu masalani tushunish uchun: Toshkent shahrida buxgalterning malakasini oshirish qanday amalga oshirilayotganini ; bu borada qonunchilik nima deyishi; bu oddiy xodimlarga kerakligini anaiqlash zarur.

Yuqori malakali mutaxassislarning afzalliklari.

Nima uchun Toshkent shahrida ishonchli buxgalteriya kurslarini izlash kerak?

Yuqori malakali buxgalterlarning afzalliklari bormi?

Birinchidan, buxgalterlikning nozik taraflari borasidagi kasbiy bilimlar, martaba o'sishiga imkon beradi.

Ikkinchidan, agar siz katta shirkatda yaxshi ish haqi to'lanadigan ishga joylashmoqchi bo'lsangiz, bu jihat resumeingizda muhim ahamiyatga egadir.

Uchinchidan, qonunchilik va zamonaviy buxgalteriya dasturlarini bilish ish jarayonini maqbullashtirish va osonlashtirish imkonini beradi.

Mehnat bozorida buxgalteriya sohasida qattiq raqobat mavjud, shuning uchun shunchaki tajribali mutaxassis bo'lish emas, balki dasturlar, hisobotlar va raqamlarni yaxshi tushunadigan haqiqiy o'z ishining ustasi bo'lish ham muhimdir.

Toshkentdagi buxgalteriya kurslari nafaqat o'z kasbiy mahoratini oshirishga, balki ish beruvchilar va hamkasblar tomonidan hurmatga sazovor bo'lgan hurmatli mutaxassis bo'lishga yordam beradi.

Qonunchilik nima deydi?

Qonunchilik, buxgalterlardan malaka oshirish kurslaridan o'tishni talab qilmasligini, e'tiborga oling.

Bu ish beruvchilar va ularning xodimlari uchun majburiy band emas.

Odatda, meyoriy hujjatlar ko'ra ish beruvchining o'zi: xodimlarning malakasini oshirish kerak yoki yo'qligini aniqlaydi.

Bularning barchasi buxgalterlar va rahbarlarning o'zaro xohish-istagi, intilishlari va ambitsiyalariga bog'liq.

Xo'sh, nima uchun malakani oshirish kerak?

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ish tajribasiga ega, bisotida malaka oshirish  diplomlar bo'lgan buxgalter, o'z mahoratini oshirmaslikni afzal ko'rgan hamkasblaridan ikki-uch barobar ko'proq ish haqi olar ekan.

Shuningdek, O'z vaqtida ta'lim olish qonunchilik, soliq va buxgalteriyaning boshqa nozik jihatlarıdagi o'zgarishlardan xabardor bo'lishda yordam beradi.

Lekin, eng muhimi, mutaxassis hisobotlarni topshirish jarayonini va boshqa tartib-qoidalarni osonlashtiradigan zamonaviy dasturiy ta'minotlardan foydalanishni o'rganadi.

Bugungi kunda deyarli har bir kompaniya 1C buxgalteriya dasturidan foydalanadi, uning esa, o'z navbatida, har yili yangi ko'rinishlari chiqadi.

Shuning uchun, har bir o'zini hurmat qiladigan buxgalter ushbu kompyuter dasturidan foydalanishni bilishi kerak.

Malaka, qanday qilib oshirilishi kerak?

Ijobiy fikr-mulohazalar keltirilgan Toshkent shahridagi buxgalteriya kurslari eng maqbul yechim hisoblanadi.

Axir, darslarda siz mutaxassisga bevosita savol berishingiz, o'z ko'nikmalaringizni amalda qo'llashingiz va dunyoqarashingizni sezilarli darajada kengaytirishingiz mumkin.

Onlayn mashg'ulotlardan farqli o'laroq, bunda siz hech bir muhim narsani o'tkazib yubormaysiz.

Mos o'quv markazini tanlash uchun internetda " Toshkentdagi buxgalteriya kurslari reytingi "so'rovini kirtish lozim.

Qidiruv tizimi sizga eng ommabop variantlarni taqdim etadi, ulardan esa siz  o'zingizga mos keladiganini tanlashingiz mumkin.

Shuni esda tutish kerakki, davlat muassasalarida mutaxassislar davriy ravishda shahodatlashdan o'tkaziladi, unda o'z lavozimiga muvofiq ekanligini isbotlashi kerak bo'ladi.

Kurslarda oqish esa faqatgina unutilgan materialni yangilashga emas, balki yangiliklardan xabardor bo'lishga, o'z mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.

Toshkent shahridagi buxgalteriya kurslari- rank.uz ta'lim xizmatlari yagona reestrida jamlangan !