Dasturlashni o'rganish nimadan boshlanadi? - Rank.uz

Dasturlashni o'rganish nimadan boshlanadi?

Вчера 20:42

Dasturlash- yaratuvchan va ijodkor inson uchun o'z salohiyatini ochishga imkon beruvchi juda qiziqarli faoliyat.

Agar siz dasturchi bo'lishni xohlasangiz, avval hamma narsa nimadan boshlanishini bilib olishingiz kerak.

Mazmun jihatdan dasturlash deb- kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan maxsus dasturlar yoki buyruqlarni yozishga aytiladi.

Shu bilan birga, buyruqlar turli dasturlash tillarida yozilishi mumkin.

Biroq shini hisobga olish kerakki, har bir dastur toifasi uchun ma'lum bir til qo'llaniladi.

Shuning uchun, Toshkentda yangi o'rganuvchilar uchun dasturlashni qidirishdan oldin, avval tilni aniqlab olish kerak.

Kelgusida zarur bo'lgan boshqa tillarni ham o'rganish mumkin bo'ladi.

C, C++ va shunga o'xshash boshqa tillar.

Odatda, bu variant oddiy kompyuter dasturlarini yaratish uchun ishlatiladi, shuning uchun yangi o'rganuvchilar uchun juda mosdir.

Oxirgi paytlarda, C# til ommalashdi.

JavaScript yoki Java.

Ushbu tillar saytlar uchun mobil ilovalar va plaginlarni yaratish uchun foydalidir.

Shuni ta'kidlash kerakki, bu ehtiyoj juda katta tillar bo'lib, agar mohir dasturchi bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ularni o'rganish ortiqchalik qi'lmaydi.

Python tili- turli platformalarda ishlatiladi va uni o'rganish qiziqdir.

Mutaxassislar, bu yangi o'rganuvchilar uchun maqbul variant deb hisoblashadi, chunki uni o'rganish juda oson.

Toshkent shahridagi dasturlash kurslari boshqa muqobil dasturlash tillarini ham ko'rib chiqish imkonini beradi.

Aslida, ularning soni ko'p, har bir variantning o'z mo'ljallanishi bor.

Biroq,shuni nazarda tutish kerakki, malakali dasturchi kamida ikki tilda ishlashni bilishi kerak.

Shuning uchun, hozirdanoq Toshkent shahrida dasturlashni noldan boshlash degan izlanishni boshlash kerak.

Dasturlashni o'rganishni qanday boshlash kerak?

Albatta, birinchi navbatda o'quv markazi va tajribali mualimni topish kerak.

Toshkent shahridagi zamonaviy dasturlash maktablariga qanday talablarqo'yiladi ?

- ushbu sohada ish tajribasi;

- malakali mualimlar;

- jihozlangan xona (dasturlashni amaliy mashg'ulotlarsiz o'rganish mumkin emas, shuning uchun har bir talabaning shaxsiy noutbuki bo'lishi kerak);

- zamonaviy ta'lim uslublari;

- o'qish yakuni bo'yicha sertifikat (ehtimoliy ish beruvchilar ishga qabul qilishdan oldin dasturchining bilimiga ishonch hosil qilishni istaydilarku).

Tavsiyalar.

Toshkent shahrida dasturlashga so'nggi yillarda talab ortib bormoqda.

Chunki, deyarli barcha kompaniyalar onlayn platformalarga o'tishmoqda yoki boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirishga harakat qilishmoqda.

Shuning uchun, kurslarga qatnashdan tashqari, o'z mahoratini mustaqil ravishda ham rivojlantirish kerak.

Buning uchun, eng so'nggi ko'rinishda bo'lgan yaxshi ma'lumotnomani keltirish mumkin.

Mutaxassislar dasturlashning mohiyatini tushunish uchun yengil tillardan boshlashni tavsiya qilinadi, keyin esa murakkab darajaga o'tsa bo'ladi.

Bilim olish yo'lida juda jiddiy to'siqlar duch kelish mumkin, shuning uchun o'zini izlanishlarni davom ettirishga ilhomlantirish kerak.

Toshkent shahrida dasturlash bo'yicha o'qishni izlayapsizmi?

O'quv markazlarining reytingini o'rganish va sobiq talabalarning fikr-mulohazalari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Menejerlarga, kelgusida esa mualimlarga savollar berishdan tortinmang.

Barcha nazariy mashg'ulotlarni amalda qo'llang, mantiqiy muammolarni hal qiling.

Misol uchun, Java tili juda ko'p tarmoqli hisoblanadi, shuning uchun uni o'rganishda o'ta sinchikov bo'lish kerak.

Va nihoyat, Eclipse kabi foydali dasturlar mavjud bo'lib, ular kodlardagi xatolarni topishga yordam beradi, barcha ishlarni o'z vaqtida tuzatadi va tahlil qiladi.

Bunday yordamchi dasturlar- tajribali dasturchilar uchun ham va yangi o'rganayotgan dasturchilar uchun ham a'lo darajali quroldir.