Bolalarni erta rivojlantirish maktablari - Rank.uz

Bolalarni erta rivojlantirish maktablari

Вчера 20:42

Hozirgi paytda, Toshkent shahrida bolalarning erta rivojlantirish uchun turli maktablar mavjud.

Axir, texnologiyalarni rivojlantirish bilan birga, ta'lim jarayoni ham ancha oldinga ilgariladi. Toshkent shahrida bolalar ta'lim markazini topish juda oson, lekin eng munosibi tanlash qiyin.

Toshkent shahridagi erta rivojlantirish maktablari bir-biridan nima bilan farq qiladi ?

Keling, buni tagiga yetaylik.

Erta rivojlantirish maktablari o'rtasidagi farqlar.

Bir necha omillarni ajratib ko'rsatishadi.

  1. Yosh toifasi.

Agar Toshkent shahridagi ba'zi xususiy bolalar bog'chalari 1,5 yoshdan boshlab qabul qilsa, boshqalari esa faqat uch yoshdan boshlab qabul qiladi.

  1. Rivojlantirish yo'nalishlari.

Har bir markaz o'zining rivojlantiruvchi ta'lim dasturiga ega.

Bolalarga hisoblash, o'qish, chizish, shuningdek, ingliz tili darslari yoki raqslar o'rgatiladi.

  1. Suv havzasining mavjudligi.

Umuman olganda, har bir markaz o'z hududida ochiq suv havzasi mavjud sport maydonchasiga ega.

Ammo, qishda  foydalanish mumkin bo'lgan yopiq suv havzasiga ega bolalar bog'chalari ham mavjud.

  1. Ta'lim darajasi.

Faqat professional pedagoglarni ishga yollovchi, vaqti-vaqti bilan ularning malaka oshirishlari yoki qo'shimcha maxsus ta'lim olishlarini ta'minlab beruvchi xususiy bolalar bog'chalari mavjud.

Ammo oddiy yondashuv ega rivojlantirish markazlari mavjud.

Onalar, o'z farzandlari uchun samarali bo'lgan dastur bo'yicha bolalarni tarbiyalaydilar.

  1. Shaxsiy yondashuv. Guruhda  shug'ullanishdan tashqari, shaxsiy mashg'ulotlarning mavjudligi.
  2. Turli uslublar (bu haqda quyida batafsilroq).

Ta'lim va tarbiya uslublari.

Zamonaviy pedagogika kichik yoshdan ta'lim berishning turli uslublarini taklif etadi.

Bular: Doman-Manichenko, Mariya Montessori, Nikitin, Nikolay Zaytsev, Jeleznovlarning uslublari.

Har bir variant o'z yo'nalishini o'z ichiga oladi: sezgirlik va mantiqni rivojlantirish, jismoniy chiniqtirish, musiqiy qobiliyat, o'qish, chet tilini o'rganish.

Erta rivojlantirish uslublarining har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

Eng mashhur uslub- Montessori usuli bo'lib, u bolalar uchun taglikdan chiqmagan paytdan boshlab qo'llanililshi mumkin.

Axir, kichik motorikaning rivojlanishi nutq, aqliy qobiliyatlarning jadal rivojlanishiga yordam beradi, ta'limga nisbatan qabul qilishni oshiradi.

U yoki bu variantni tanlashdan oldin, har bir uslubiyatni diqqat bilan o'rganib chiqish, mutaxassislar bilan maslahatlashish zarur.

Shuningdek , ma'lum bir yo'nalishga zo'r berilmaydigan, Toshkent shahridagi bolalar bog'chasini shunchaki tanlash mumkin.

Erta rivojlantirish maktablarining afzalliklari.

  • Bolalar uchun jamiyatga moslashish muhimdir.

Axir, uyda bola faqat o'zini juda muhim deb biladi, shuning uchun uni muayyan yoshda bolalar jamoasiga qo'shish kerak.

Toshkent shahridagi to'g'ri tanlangan MTM bolani: kelishish, nizolarni hal qilish, o'yinchoqlari bilan bo'lishish, muloqot qilish va do'stlashish kabi ko'nikmalarga o'rgatadi.

  • Mustaqillik rivojlanmoqda.

Avval boshida, bola uchun onasini tark etish juda qiyin bo'ladi.

Shuning uchun bolalarni rivojlantirish markazlari bunday sinovni engib o'tishga yordam beradi.

  • Ota-onalarning vaqti.

Toshkent shahridagi 1,5 yoshdan boshlab erta rivojlantirish, agar boshqa variantlar bo'lmasa, (enaga va buvilar) onaga ishga qaytishga imkon beradi.

Axir, kichkintoylarni qabul qilishga tayyor bo'lgan xususiy bola bog'chalari mavjudku.

Agar ona o'zi uchun bir oz vaqt ajratmoqchi bo'lsa, haftasiga ikki yoki uch marta bir nechta soat bo'sh vaqtni ta'milovchi rivojlantirish markazlari faoliyat ko'rsatmoqda.

Xulosalar.

Har qanday holatda, ta'lim muassasasini tanlashdan oldin, internetda, qaror qabul qilish uchun foydali bo'lgan "bolalarni rivojlantirish markazlari fikr-mulohazalar" ni o'qib chiqish kerak.

Shubhasiz, erta rivojlantirish maktablari ba'zi kamchiliklarga ega.

Masalan, xizmatlarning yuqori narxi.

Bundan tashqari, uch yoshgacha bo'lgan ba'zi bolalar hali ham onasidan, kichik muddatga ajrala olmasligi va ijtimoiylashuvga tayyor emasligini hisobga olish kerak.

Va nihoyat shuni yodda tutingki, hatto eng professional va bolajon pedagog ham, bolaning onasi bilan o'tkazgan vaqtining o'rnini bosa olmaydi.