Bolani darslardan keyingi qo'shimcha mashg'ulotlarga jalb qilish ma'qulmi? - Rank.uz

Bolani darslardan keyingi qo'shimcha mashg'ulotlarga jalb qilish ma'qulmi?

Вчера 20:42

Darslardan keyingi qo’shimcha mashg'ulotlar yoki guruh, O'zbekiston maktablarida ancha vaqtdan beri mavjud.

Shuningdek, maktabdan keyin mashg'ulotlarning keng ko'lamli xizmatlarni taklif qiluvchi xususiy maskanlar ham mavjud.

O'g'li yoki qizini qo’shimcha mashg'ulotlarga qoldirish kerakmi yoki darrov uyga olib borish yaxshiroqmi degan bahslar turli ota-onalar o'rtasida hech to’xtamaydi.

Bir fikrga hali kelinmagan.

Kimdir qo;shimcha mashg'ulot guruhlarini, boshqalar uyda shug'llanishni tanlaydi, o'zgalar esa Toshkent shahrida yakshanbalik maktabni topishni afzal ko'radi.

Buvi va enaga bo'lmasa.

Qo’shimcha mashg'ulotlar, shunhasiz, ishlaydigan ota-onalar uchun qulay.

Axir, hamma bolalarning ham: vaqt va imkoniyatlarga ega bo'lgan, sport va to'garaklarga olib boradigan, maktabga kelib va undan olib ketadigan, ovqat pishirib va ovqatlantiradigan buvilari bo'lavermaydi.

Enaga xizmatlari esa qimmatdir.

Shuning uchun, darsdan keyingi mashg'ulotlar guruhlari ishlaydigan ota – onalar va ularning farzandlari uchun eng yaxshi variantdir.

Shu bilan birga, har doim Toshkent sharidagi xususiy yoki maktabdagi qo’shimcha mashg'ulot guruhlarini tanlash mumkin.

Bugungi kunda, shahar bo'ylab deyarli har bir hududda bolalar bilan har qanday yo'nalishlar bo'yicha turli mashg'ulotlarni taklif etadigan o'quv markazlarini topish mumkin.

Darsdan keyingi mashg'ulot guruhlarini yoqlovchi sabablar .

  • To'garaklar.

Ko'pincha, maktab o'quvchilari, bevosita uyining yonida yoki maktab ichida ochilgan Toshkent shahridagi sport seksiyalari yoki to'garaklarga qatnaydilar.

Agar sinfdan keyingi qo'shimcha darslar sizning talablaringizga javob bersa, tumandagi boshqa variantlarni qidirish shart emas, bola o'zi mustaqil ravishda kerakli kabinetga yetib borishi mumkinmaktabda hotirjam ko'ngil bilan qoldirishingiz kerak.

  • Sayrlar.

Sinfdan keyingi qo'shimcha darslar shunisi bilan yaxshiki, yaxshi ob-havo sharoitida bolalar doimo toza havoda sayr qilishadi.

Odatda, tushlikdan yoki darslardan so'ng.

Toshkent shahridagi maktabdan keyingi qo'shimcha darslar: ota-onalarga vaqtni ozod qilish imkonini beradi, bolalar esa o'z jona-jon maktabi hududida o'z sinfdoshlaridan iborat tanish davrada zavqlanadilar.

Axir, bu o'yin-kulgilarni tartibga solib turuvchi pedagog bo'ladi.

  • Tushlik. Ba'zi ota-onalar farzandlarini uyda ovqatlantirishni afzal ko'radilar, boshqalari esa maktab ratsioniga ishonch bildiradilar.

Albatta, agar maktabdagi taom foydali va muvozanatlashgan bo'lsa, onalar xotirjam bo'la olishlari mumkin.

Maktabingizda yoki siz tanlangan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda qanday taomlar taklif qilinishini oldindan bilib olish yaxshiroqdir.

  • Uy vazifalari.

Lekin eng muhimi, sinfdan keyingi qo'shimcha darslar- o'qituvchining rahbarligi ostida, uy vazifalari ustida ishlashni nazarda tutadi.

  • O'yinlar va foydali muloqot.

Birgalikda vaqt o'tkazish, bolalar o'rtasida do'stona munosabatlarni mustahkamlaydi, o'zaro munosabatlar yaxshilanadi.

Qo'shimcha darslarning boshqa ko'rinishlari.

Aslida, bugungi kunda bolaning, maktab mashg'ulotlaridan tashqari, har qanday vaqt o'tkazishini- qo'shimcha darslar deb atash mumkin.

Masalan, Toshkentdagi bolalarni rivojlantirish markazlari bolalar shug'ullanishi mumkin bo'lgan: sport, ijodiy va boshqa mashg'ulotlar bo'yicha ko'plab yo'nalishlarni taklif etadi.

Albatta, bari sizning xohishingiz va moliyaviy imkoniyatlaringizga bog'liq.

Odatda, maktab uzaytirilgan kun guruhlari, xususiyariga qaraganda arzonroqdir.

Biroq, rivojlanish sharoitlari hamma joyda farq qiladi.

Shuningdek,, maktab o'quvchilari bo'lgan farzandlaringiz, darslardan so'ng haftasiga ikki-uch marta qatnashi mumkin bo'lgan Toshkent shahrida ingliz tili kurslarini topishingiz mumkin.

Zamonaviy qo'shimcha darslari juda ko'p afzalliklarga ega.

Mutaxassislar bolalarga qo'shimcha darslarga borishga ruxsat berishni tavsiya qiladilar.

Ammo, har kuni uzoq vaqt qoldirish yaxshi emas.

Axir, bolalar organizmi doimiy shovqin va vaqtichog'likni salbiy qabul qilishi hamda toliqishi mumkin.

Oila a'zolari bilan muloqot, bola tarbiyasi va rivojlanishida asosiy bosqichlardan biridir.

Tengdoshlar va oilasi bilan muloqotni  iloji boricha muvozanatlashtirish foydalidir, shunda farzandlaringizga  qo'shimcha darslarda ham va oila davrasida ham teng darajada qiziqarli bo'ladi.