Maktabdan oldin  (Pochemuchka) tayorlovi nega kerak? - Rank.uz

Maktabdan oldin (Pochemuchka) tayorlovi nega kerak?

Вчера 20:42

Har bir inson hayotida ta'lim muhim o'rin egallaydi.

Albatta, barcha ota-onalar farzandlariga, ular kelajak hayotda o'z yo'llarini topib ketishlari uchun eng kichik yoshdan boshlab yaxshiroq ta'lim berishni xohlashadi.

Shuning uchun, ko'pgina ota-onalar maktabda o'qishga tayyorlash masalasiga e'tibor bilan yondoshadilar.

Toshkent shahrida maktabgacha ta'lim kerakmi ?

Zamonaviy ta'lim dasturi maktabgacha muayyan tayyorgarlikni talab qiladi.

Agar biz umumta'lim muassasasi haqida gapiradigan bo'lsak ham, bo'lajak o'quvchi ma’lum bir sinovlardan o'tkaziladi.

Agar biz ta'limning yuqoriroq darajasi haqida gapiradigan bo'lsak, u xoh gimnaziya yoki xoh tor-yo'nalishli maktab bo'lsin, qabul qilinish uchun testlarni muvaffaqiyatli topshirish kerak bo'ladi.

Buning uchun, bolalar maktabgacha yozish va o'qishni bilishlari zarur bo'lib, aks holda yangi bilimlarni o'rganish qiyin bo'ladi.

Bundan tashqari, sinfdagi ko'pchilik allaqachon bunday ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

Natijada, bolada, komplekslar rivojlanishiga olib keladigan, stressga tushadi.

Maktab hayotining boshlanishi har qanday holatda bolaning tanasi uchun stressdir.

Axir, yangi tartibga moslashish, ko'pgina o'yinlar bilan xayrlashish, partasi ortida darslarda o'tirish kerak bo'ladi.

Hamda uyda uy vazifasini bajarish kerak.

Tayorgarlik ko'rmagan birinchi sinf o'quvchisining o'qishga diqqatini qaratishi qiyin bo'ladi, katta yuklamalarga dosh bera olmaydi.

Toshkent shahridagi erta rivojlantirish maktablari bolani maktab hayotiga tayyorlaydi.

Agar bola allaqachon siyohqalamdan qanday foydalanishni, ozroq o'qish, hisob-kitobni bilsa, u uchun maktab muhitiga moslashish osonroq bo'ladi.

Toshkent shahridagi bolalarni rivojlantirish markazlari, bolalar bog'chalariga bormagan bolalar uchun ham foydalidir.

Bu o'ziga xos tengdoshlar muhitiga moslashishdir.

Shuningdek, intizomni o'rganish.

Axir, maktabda sinfdoshlar bilan til topshish muhimdir.

Bunday bolalar markazlari yoki bog'chalari, go'dakning birinchi muloqot ko'nikmasiga ega bo'lishiga yordam beradi.

Agar bolalar maktabgacha faqat ota-onalari bilan birga bo'lsa,  maktab davri boshlanganda ular nafaqat muloqotda qiyinchiliklarga duch kelishadi, balki onadan ayrlishdan ham qiyinladilar.

Qachon boshlash kerak?

Toshkent shahrida maktabgacha ta'lim, taxminan uch-to'rt yoshdan boshlanadi.

Albatta, bu birinchi kunlardan boshlab kichkontoylarni parta va darslarga o'rgatish kerak degani emas.

Odatda, Toshkent shahridagi bolalar uchun "Nega bunday" (pochemuchka) maskanlarida ta'lim- ijodiy mashg'ulotlar, muloqot va o'yinlar orqali o'rganishni nazarda tutadi.

Agar tayyorgarlik olti yoshdan boshlansa, unda bir yil davomida favqullodda juda ko'p ma'lumotlarni o'zlashtirish kerak bo'ladi.

Bu g'odakning hissiy va ruhiy holatiga salbiy ta'sir qiladi.

Axir, maktabda zarur bo'lgan bilimlar ikki-uch yil davomida kichik qismlarga bo'lib beriladi.

Ko'rinib turibdiki, maktabgacha ta'lim muassasasi, xoh maktabda, xoh boshqa ta'lim muassasalarida bo'lsin ta'limga nisbatan umumiy munosabatni shakllantirishda muhimdir.

Ota-onalar qanday xatolar yo'l qo'yishadi?

Albatta, hamma ota-onalar farzandlariga barcha yaxshiliklarni ravo ko'rishadi.

Eng yaxshi istiqbolga erishish uchun ular muvozanatni unutib, ko'pincha adashadilar.

Xususan, bolani maktabga tayyorlash masalasida qat'iyatlilik qilib bo'lmaydi.

Olti yoshli bolaning ota-onasi, uning bu masala bo'yicha tayyorgarligi va munosabati bilan hisoblashmasdan, unga darrov o'qish, yozish va hisobni o'rgatishga harakat qiladilar.

Axborot hajmining haddan ortiq ko'pligi, bolada  jizzakilik, charchoq va maktabga nisbatan salbiy munosabat paydo bo'lishiga olib keladi.

Bundan tashqari , hamma ota-onalar ham Toshkent shahridagi "Nega bunday?" (Pochemuchka) maskanlarining reytingi bilan tanishish zarur deb hisoblamaydilar, balki uyga eng yaqin bo'lganiga beradilar.

Bu noto'g'ri yondashuvdir. Albatta ular, bunda  yo'lga ketadigan vaqt va pulni tejaydilar, lekin ta'lim sifati past bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga, siz haddan oshib ketmasligingiz va maktabga qabul qilinishda kichkintoydan maksimal ko'rsatkichlarni talab qilmasligingiz kerak.

Maktabgacha ta'lim bolaning aql-zakovati va ongini rivojlantirishni, shuningdek, uni yangi bilimlar egallashga undashini, yodingizda tuting.

Bolalarni rivojlanish markazlari haqidagi ota-onalarning fikr-mulohazalari asosan ijobiydir.

Ular ta'kidlashicha, bolalar bir nechta darslarga qatnashganlaridan so'ng, o'rganilayotgan ma'lumotllarga qiziqish bildiradilar.