Nima uchun IELTS imtihonini topshirish kerak, uni qanday qo'lga kiritish mumkin, imtihonga tayyorgarlik sirlari.. - Rank.uz

Nima uchun IELTS imtihonini topshirish kerak, uni qanday qo'lga kiritish mumkin, imtihonga tayyorgarlik sirlari..

Вчера 20:42

Nima uchun IELTS imtihonini topshirish kerak, uni qanday qo'lga kiritish mumkin, imtihonga tayyorgarlik sirlari...

The International English Language Testing System – oddiy qilib aytganda IELTS Toshkent shahrida  ommalashib ulgurgan

Ushbu hujjat ingliz tili bilim darajasining yetarli ekanligini tasdiqlaydi.

Sertifikat nafaqat ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda, balki Evropa mamlakatlarida ham kuchga ega.

Shuning uchun tilshunoslik universiteti diplomidan ko'ra IELTS sertifikatiga ega bo'lish yaxshiroqdir.

Bundan tashqari, agar siz boshqa mamlakatga ko'chib o'tishni istasangiz, ushbu sertifikatning mavjudligi bu ishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Ayniqsa, ish qidirish, istyiqomat qilish hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa hayotiy masalalarda.

Xorijiy OTM ga hujjat topshirishni istaysizmi?

Sizdan, albatta, IELTS sertifikati talab qilishadi.

Shu bilan birga, agar siz chet elga safar qilishni rejalashtirmagan bo'lsangiz ham, Toshkent shahrida IELTS ga tayyorgarlik ko’rish xalqaro toifadagi obro'li kompaniyada yaxshi ishga joylashish imkoniyatini beradi.

O'zbekistonda IELTS ga qanday tayyorgarlik ko'rish mumkin?

Bu juda jiddiy imtihon bo'lib, unga puxta tayyorgarlik ko'rish kerak.

Toshkent shahrida IELTS ga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'quv markazlarida: imtihonning o'ziga xos xususiyatlarini, murakkablik darajasini va hatto topshiriqlarning shakli ham hisobga olinadi.

Shuning uchun avval quyidagilarni amalga oshrish kerak:

- ingliz tilini bilim darajasini aniqlash;

- mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish va qatnash uchun vaqt ajratish;

- guruhli yoki individual darslarni tanlash, chunki har bir inson uchun u yoki bu usul eng samarali bo'lishi mumkin.

Eng yaxshi yechim- professional repititor bilan shug'ullanish bo'lib, u sizning bilimlaringiz asosida sizga kerak bo'lgan ta'lim shaklini ishlab chiqadi.

Ba'zi hollarda, Toshkent shahridagi IELTS bo'yicha repetitorlar individual darslarni tavsiya etadilar.

Aytgancha, bu masala oldindan hal qilinishi kerak.

Siz, guruhda yoki alohida mualim bilan shug'ullanishni xohaysizmi?

Yoki mustaqil tayyorgarlik haqida o'ylayapsizmi?

Biroq, shuni ta'kidlash kerakki, Toshkent shahrida IELTS ga mustaqil tayyorgarlik ko'rish, o'z ustida qattiq ishlashni ko'zda tutadi.

O'qish jadvalini tuzish, har kuni mashq qilish, dolzarb ma'lumotlarni topish va og'zaki nutq ustida ishlash muhimmi?

Mashqlardagi xatolar va boshqa ko'nikmalarni kim tekshiradi?

IELTS imtihonlarini topshirishning xususiyatlari.

Umuman olganda, bilimlarni tekshirish quyidagi toifalar bo'yicha amalga oshiriladi:

- Listening- bu ingliz tilidagi nutqni eshitib, tushunishning tekshiruvi.

Eshitilgan matnlar yoki suhbatlar bo'yicha savollarga yarim daqiqada javob berish kerak bo'lgan yetarlicha murakkab vazifa.

- Reading  - matnlarni o'qish: uchdan beshgacha bo'lgan miqdordagi ma'lumotlarni tahlil qilishni, savollarga javob berishni o'z ichiga oladi.

Bu vazifada nima talab qilinayotganligini tushunish muhimdir, shoshmaslik kerak.

- Writing - yozma topshiriq: insho va tarjimai hol yozish orqali amalga oshiriladi.

Har bir topshiriq uchun o'ttiz daqiqa ajratiladi.

Barchasini yozishga ulgurish uchun qoralamadan foydalanmaslik kerak, mantiqiy boshlanish va yakunni yodda tutishning o'zi kifoya.

– Speaking- imtihon oluvchi bilan muloqot qilish, bunda o'zini erkin tutish, tanishish, hayotiy mavzulari bo'yicha suhbatlashish kerak.

Gapirganda, ovozidan o'ziga ishonch bilinishi va jim turmaslik muhimdir.

IELTS, noldan to'qqizgacha bo'lgan ballik tizim bo'yicha baholanadi.

Har bir toifa bo'yicha o'z bahosi qo'yiladi va oxirida o'rtacha ball chiqariladi.

Xulosalar.

IELTS imtihonini, kelajakda muvafaqiyatlarga erishish uchun topshirish mumkin va zarurdir.

Ushbu o'ziga xos xalqaro test karyera va ta'lim uchun a'lo darajali zamindir.

Muvaffaqiyatning asosiy mezoni - to'g'ri tayyorgarlikdir!

Barcha talablarga javob beradigan o'quv kursini izlayapsizmi.

Bundan tashqari, ba'zi o'quv markazlari o'z imkoniyatlarini va bilimlarini baholash uchun boshlang'ich test sinovidan o'tishni taklif qilishadi, bundan albatta foydalanish kerak.

Sizga muvaffaqiyat tilaymiz!