Xalqaro Islom Akademiyasi - Rank.uz

Xalqaro Islom Akademiyasi

OTM lar Ro`yxatga olingan 15 июл, 2018 г.

Fakultet Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    157.40

  • Ta'lim narxi

    9 809 260 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    15 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    5


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 93

2

Ingliz tili - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

4

Ona tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

5

O`zbekiston tarixi - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

Fakultet haqida ma`lumot

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti Xalqaro Islom Akademiyasida ta'lim yo'nalishlarining asosiylaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda fakultetda talabalar xalqaro munosabatlar nazariyasi, o'rganilayotgan mintaqa mamlakatlarining xalqaro munosabatlari, jahon iqtisodiyotini tahlil qilish va boshqa ko'plab fanlarni o'rganishadi. Ushbu fanlarni to'liq va chuqur o'rganish uchun fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv dasturlari ishlab chiqilmoqda, xalqaro hamkorlik doirasi kengaymoqda. Bugungi kunda fakultet professor-o'qituvchilari o'z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi maqsad va vazifalarga amal qilmoqdalar: - xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarini kengaytirish - milliy va jahon iqtisodiyotini o'rganish - xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida vebinarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari o'tkazish orqali nafaqat nazariy, balki amaliy mashg'ulotlarni ham o'tkazish - talabalar uchun munozarali darslarni o'tkazish

Kim uchun mo`ljallangan

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti nafaqat milliy, balki jahon iqtisodiyotini chuqur o'rganish, uni tahlil qilish va mamlakatning xalqaro munosabatlari doirasini kengaytirish niyatida bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Malaka talablari

O'rta ta'lim muassasasini tamomlab va test sinovlarida ball to'plash

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)

Grant olish shartlari

Test sinovlarida eng yuqori natijani qo'lga kiritish

 - Rank.uz
 - Rank.uz