Xalqaro Islom Akademiyasi - Rank.uz

Xalqaro Islom Akademiyasi

OTM lar Ro`yxatga olingan 15 июл, 2018 г.

Fakultet Yurisprudensiya

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

8/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    167.70

  • Ta'lim narxi

    9 809 260 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    15 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    5


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Tarix - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 93

2

Ingliz tili - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

4

Ona tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

5

O`zbekiston tarixi - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

Fakultet haqida ma`lumot

Xalqaro Islom Akademiyasining huquqshunoslik fakulteti talabalarga davlat va huquq nazariyasi, Islom huquqiy tizimi, dunyodagi turli huquqiy tizimlarning qiyosiy tahlili va boshqa ko'plab fanlarni o'rgatadi. Fakultetda professor-o'qituvchilar tomonidan Islom huquqiy madaniyatni o'rganish orqali vaziyatni tahlil qilish va siyosat, inson huquqlari sohasidagi muammolarni hal qilishga qodir bo'lgan yuqori malakali yuristlarni tayyorlash bo'yicha faoliyat amalga oshirilmoqda. Islom huquqi yo'nalishi bo'yicha o'qitishning ahamiyati shundan iboratki, hozirgi vaqtda Islom davlatlari bilan xalqaro munosabatlar kengaymoqda, Islom huquqiy tizimi o'rganilmoqda va dunyoviy davlatlarning huquqiy bazasiga kiritilmoqda.

Kim uchun mo`ljallangan

Islom huquqi fakulteti yuridik sohada o'z faoliyatini amalga oshirish, Islom huquqiy tizimini o'rganish, Islom mamlakatlari bilan xalqaro aloqalarni o'rnatish va takomillashtirish hamda ichki huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida tahliliy tadqiqotlar o'tkazish niyatida bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Malaka talablari

O'rta ta'lim muassasasini tamomlab va test sinovlarida ball to'plash

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)

Grant olish shartlari

Test sinovlarida eng yuqori ballni qo'lga kiritish

 - Rank.uz
 - Rank.uz