O`zbekiston milliy universiteti - Rank.uz

O`zbekiston milliy universiteti

OTM lar Ro`yxatga olingan 5 июн, 1918 г.

Fakultet Fizika

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    138.20

  • Ta'lim narxi

    12 627 170 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    175 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    46


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Fizika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

Matematika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

O'zbekiston Milliy Universiteti tashkil etilgan kundan boshlab Fizika kafedrasi o`z faoliyatini boshlagan. Kafedra ishini rivojlantirishga taniqli olimlar N.N.Zlatovratskiy, A.E.Levashev, N.V.Krimenevskiy, L.N.Dobretsov katta hissa qo`shganlar.1969 yili tashkil etilgan Fakultetlararo umumiy fizika, 1976 yilda tashkil etilgan Fizikani o`qitish uslubi va tarixi va 1955 yili faoliyatini boshlagan Atmosfera fizikasi kafedralari 2005 yili birlashtirilib, Umumiy fizika, fizikani o`qitish uslubi va atmosfera fizikasi kafedrasi nomini oldi va 2011 yildan Umumiy fizika kafedrasi deb yuritilmoqda.

Kim uchun mo`ljallangan

O'zbekiston Milliy Universitetning Fizika fakultetida-talabalarga tajribali o'qituvchilar tomonidan chuqur bilim beriladi.Fizika kafedrasida taxsil olgan talabalar va magistlar relyativistik astrofizika, gravitatsiya va kosmologiya sohasida ham ilmiy izlanishlar ishlarni prof. B.J.Axmedov va f.-m.f.d. A.A.Abdujabbarov raxbarligida olib boradi. Kafedrada xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy va o`quv hamkorlik aloqalari yaxshi yo`lga qo`yilgan.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz