O`zbekiston milliy universiteti - Rank.uz

O`zbekiston milliy universiteti

OTM lar Ro`yxatga olingan 5 июн, 1918 г.

Fakultet Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    135.40

  • Ta'lim narxi

    13 306 500 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    25 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    5


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Fransuz tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

O`zbek tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

1962-yili Toshkent Davlat universiteti roman-german filologiyasi fakultetida dastlab ingliz va nemis tili kafedralari mavjud boʼlgan. 1963-yildan esa fransuz tili guruhiga talabalar qabul qilina boshlandi. 1966-yil fransuz tili kafedrasi tashkil etilib, 1972-yil esa kafedra qoshida lotin tili boʼlimi ochildi.Fransuz filologiyasi kafedrasi 2021-2022 oʼquv yillari davomida Frantsiyaning Tur va Putьe universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Shuningdek, Gavr Normandiya Universitetidan Marion Depar, Sorbon Parij IV universitetidan Pol Luaret, Emmanul Dyufur hamda Matilda Saburinlar talabalarga ogʼzaki nutq koʼnikmalaridan dars berib kelishmoqda.2021-2022 oʼquv yilida OʼzMU Xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasida asosiy shtatda 21 ta oʼrindoshlik asosida 4 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat olib bordilar. Kafedrada bugungi kunda 4 ta professor, 5 nafar dotsent, 3 ta filologiya fanlari nomzodi va 6 nafar katta oʼqituvchi, 7 ta oʼqituvchi faoliyat yuritdilar.

Kim uchun mo`ljallangan

Bugungi kunda kafedrada “Filologiya va tillarni oʼqitish (fransuz tili)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (fransuz tili) yoʼnalishlarida darslar olib boriladi. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 190 nafar talabalar tahsil olishadi.Kafedrada til oʼrganishga alohida iqtidori bor talabalar uchun 1 ta toʼgarak mavjud. Tarjimaga qiziquvchi va shu sohada qobiliyatli talabalar uchun “Conversation quotidienne” toʼgaragi tashkil etilgan boʼlib, talabalar tomonidan bir qancha bahs-munozaralar uyushtirildi.Talabalar poytaxt va mintaqada o'tkaziladigan barcha turdagi tadbirlar va rejalarda qatnashib, nutq va yozish qobiliyatlarini oshiradilar

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz