O`zbekiston milliy universiteti - Rank.uz

O`zbekiston milliy universiteti

OTM lar Ro`yxatga olingan 5 июн, 1918 г.

Fakultet Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    113.40

  • Ta'lim narxi

    12 627 170 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    25 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    5


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Kimyo - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

Biologiya - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

O'zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakultetining Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda kimyo fanlari doktori O.S.Sodiqov tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1956 yilda o‘simlik dunyosini yanada kengroq o‘rganish maqsadida kafedra qoshida Tabiiy birikmalar kimyosi muammolari ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.Kafedra yo‘nalishidagi fanlardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Lagochilus avlodiga mansub o‘simliklar kimyosi, biologiyasi va fiziologik xossalari” monografiyasi va qator uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, “Uglevodlar va lipidlar kimyosiga kirish” o‘quv qo‘llanmasini chop etishga ruxsat berildi.Xorijiy tashkilotlar bilan ham hozirgi kunda hamkorlik aloqalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, xususan, Rossiyaning Surgut davlat universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va hozirgi kunda kafedramizning bir qancha bitiruvchilari magistraturada tahsil olayotgan XXR FA SHinjon fizika va texnika instituti va SHanxay Materiya va medika institutlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda.

Kim uchun mo`ljallangan

Kimyo fakulteti o`quv va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda respublikamizning hamda chet-el oliy ta`lim muasssalari va ilmiy tadqioqot institutlari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi.Talabalarni kimyo o‘qitishning usullari, dars turlari, bilimlarni nazorat qilish usullari hamda kimyo fanining muhim mavzularini o‘qitish, ularni olib borishda ishlatiladigan pedagogik texnologiyalar, ayrim mavzularga bag‘ishlangan laboratoriya ishlarini o‘tkazish uslublarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.Talabalarni molekulyar biologiya fanining nazariy asoslari, molekulyar biologik tushunchava jarayonlari hamda uning kimyo fani bilan o‘zaro bog‘liqliklari bilan tanishtirishdan iborat.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz