Xalqaro Nordik Universiteti - Rank.uz

Xalqaro Nordik Universiteti

OTM lar Ro`yxatga olingan 7 авг, 2022 г.

Fakultet Moliya

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

6/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida, Ingliz tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • Ta'lim narxi

    24 822 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 93

2

Ingliz tili - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 63

Fakultet haqida ma`lumot

Moliya fakulteti iqtisodiyot va moliya sohasidagi asosiy bilimlarni o’z ichiga oladi, shu bilan birga zamonaviy raqamli texnologiyalar bo'yicha chuqur bilimlarni taqdim etadi. O'qish davomida mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, axborot texnologiyalari va boshqa ko'plab fanlar o'qitiladi. Ushbu sohaning ahamiyati shundaki, moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi va ko'p funktsiyali sub'ektga aylanish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyot bo'yicha bilim olishdan tashqari, fakultet professor-o'qituvchilari mehnat bozorida eng ko'p talab etilayotganlardan biri hisoblangan yetakchilik, boshqaruv va aloqa ko'nikmalaringizni oshirishga harakat qilishadi.

Kim uchun mo`ljallangan

Moliya fakulteti iqtisodiyot sohasida o'z faoliyatini amalga oshirishni, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llashni va tashkilotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlashni, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo'shishni niyat qilganlar uchun mo'ljallangan

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - 3.4-4.5 rasm

Grant olish shartlari

Universitet grant joylarini taqdim etmaydi

 - Rank.uz
 - Rank.uz