Tashkent International University of Education  - Rank.uz

Tashkent International University of Education

OTM lar Ro`yxatga olingan 22 июн, 2020 г.

Fakultet Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta`lim

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida, Ingliz tilida

  • O`qitish davri

    Yil

  • Ta'lim narxi

    18 000 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

O`zbek tili - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 100

2

Rus tili - Yozma ish. Yuqori ball: 100

3

Ingliz tili - Yozma ish. Yuqori ball: 100

Fakultet haqida ma`lumot

Ushbu dastur Oʻzbekistondagi birinchi dastur boʻlib, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining menejment yoʻnalishi boʻyicha boshqaruv, pedagogik hamda o‘quv-uslubiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan. Mazkur yo‘nalish ta’lim sohasida ham nazariy, ham amaliy bilimlarni berishni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish, ularning maqsadlarini aniqlash, samarali ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Ta’lim va o‘quv jarayonlarini boshqarish yo‘nalishi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv ta’lim muhitini yaratishni nazarda tutadi, bu esa talabalarga inklyuziv texnologiyalarni joriy etish hamda STEAM ta’limini rivojlantirish zaruriyatini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini boshqarish, o‘quv jarayonini rejalashtirish, o‘quv materiallarini tayyorlash, ta’lim tizimlarini boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkonini beradi. Universitetda yaratilgan o‘quv jarayoni va shart-sharoitlari talabalarni butun o‘quv davri davomida ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Soha mutaxassislari bilan aloqalar talabalarga amaliyotchi o‘qituvchilar va ma’murlar bilan muloqot qilish va ulardan kerakli bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Dastur raqamli innovatsiyalarga e’tibor qaratadi, bu esa bitiruvchilarga elektron ta’lim muhitida va/yoki innovatsiyalarni boshqarishda ta’lim muassasalari tuzilmalari va bo‘linmalarida metodist yoki administrator sifatida ishlash uchun tanqidiy fikrlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bir oʻquv yili uchun to‘lov kontrakt miqdori taʼlim oʻzbek/rus tilida 18,0 mln. soʻm, taʼlim ingliz tilida 25,0 mln. soʻmni tashkil etadi.

Kim uchun mo`ljallangan

O’zbek, rus, ingliz tillaridagi dasturlarning I-bosqichiga kirish uchun: Hujjatlarga qo’yilgan talablar: 11-sinf shahodatnomasi YOKI Litsey / Kollej diplomi (ilovasi bilan) Pasport / ID karta nusxasi 5x5 o’lchamili oq fondagi rasm Akademik talablar: Matematika / Algebra bo’yicha shahodatnoma/diplomida baholari 4 yoki undan yuqori bo’lishi shart Tanlangan til bo’yicha ichki imtihonni muvaffaqiyatli topshirish: - o'zbek yoki rus; - ingliz tili yoki IELTS 5.0 va undan yuqori sertifikatni yoki unga tenglashtirilgan hujjatni taqdim etish Ingliz tilida olib boriladigan ta’limning II-bosqichiga (YEAR 1) to’gridan-to’gri kirish uchun: Hujjatlarga qo’yilgan talablar: 12 yillik ta’limni (9+3) tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) YOKI “International Foundation Programme” dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganlik to’grisidagi sertifikati YOKI mahalliy-xorijiy OTMning I-bosqichini yakunlanganlik haqida hujjat Pasport / ID karta nusxasi 5x5 o’lchamili oq fondagi rasm Akademik talablar: Matematika / Algebra bo’yicha shahodatnoma / diplom / transkriptda baholari 4 yoki undan yuqori bo’lishi shart Tanlangan til bo’yicha ichki imtihonni muvaffaqiyatli topshirish: - o'zbek yoki rus;

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

O‘zbek va Rus tillarida o‘qitiladigan dasturlari bo‘yicha qabul uchun xorijiy va mahalliy abiturientlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Barcha mahalliy va xorijiy abiturientlar o‘rta, o‘rta maxsus va akademik litsey bitiruvchilari bo‘lishlari kerak va ta’limni tasdiqlovchi shahodatnoma yoki (transcript) diplomni taqdim etishlari shart. Universitet zaruriyatga qarab abiturientlardan ta’lim dargohining akreditatsiyadan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma taqdim qilishni talab etishi mumkin; Bakalavr yoki magistratura bitiruvchilari ham ta’limni tasdiqlovchi diplomlarini taqdim etishlari; Barcha mahalliy va xorijiy abiturientlarning o‘rta, o‘rta maxsus, akademik litsey ta’lim dargohilarining shahodatnoma va diplomlarida algebra yoki matematika fanidan 4 yoki 5 baholari bo‘lishi (reyting va bal baholari shu darajaga tenglashtirilgan); 2022 yilning 31-dekabrga qadar barcha abiturientlar to‘liq o‘n olti (16) yoshga to‘lgan bo‘lishlari; Agar mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishlarini “TIUE” ga ko‘chirmoqchi bo‘lsalar, o‘zlarining oliy ta’lim muassasalarining akkreditatsiyasi haqida va o‘qish davrida o‘tilgan fanlarga oid (programme/module descriptors) ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak bo‘ladi Abiturent pasporti yoki “ID” kartasi nusxasi; Ariza topshirgunga qadar uch (3) oy ichida rasmga olingan oq fonda 5x5 o‘lchamli fotosurat; Vaziyat taqazosiga ko‘ra zarurat bo‘lganda Abiturientlarni qabul qilish bo‘limi tomonidan so‘raladigan boshqa tegishli hujjatlar. Ingiliz tilida o‘qitiladigan xalqaro “International Foundaton Programme” dasturi bo‘yicha qabul uchun xorijiy va mahalliy abiturientlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Barcha mahalliy va xorijiy abiturientlar o‘rta, o‘rta maxsus va akademik litsey bitiruvchilari bo‘lishlari kerak va ta’limni tasdiqlovchi shahodatnoma yoki (transcript) diplomni taqdim etishlari shart. Universitet zaruriyatga qarab abiturientlardan ta’lim dargohining akreditatsiyadan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma taqdim qilishni talab etishi mumkin; Bakalavr yoki magistratura bitiruvchilari ham ta’limni tasdiqlovchi diplomlarini taqdim etishlari; Barcha mahalliy va xorijiy abiturientlarning o‘rta, o‘rta maxsus, akademik litsey ta’lim dargohilarining shahodatnoma va diplomlarida algebra yoki matematika fanidan 4 yoki 5 baholari bo‘lishi (reyting va bal baholari shu darajaga tenglashtirilgan); 2022 yilning 31-dekabrga qadar barcha abiturientlar to‘liq o‘n olti (16) yoshga to‘lgan bo‘lishlari; Agar mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishlarini “TIUE” ga ko‘chirmoqchi bo‘lsalar, o‘zlarining oliy ta’lim muassasalarining akkreditatsiyasi haqida va o‘qish davrida o‘tilgan fanlarga oid (programme/module descriptors) ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak bo‘ladi Abiturent pasporti yoki “ID” kartasi nusxasi; Ariza topshirgunga qadar uch (3) oy ichida rasmga olingan oq fonda 5x5 o‘lchamli fotosurat; Vaziyat taqazosiga ko‘ra zarurat bo‘lganda Abiturientlarni qabul qilish bo‘limi tomonidan so‘raladigan boshqa tegishli hujjatlar; Ingiliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat (topshirilgan sanada amal qilish kunidan o‘tmagan bo‘lishi kerak);

 - Rank.uz
 - Rank.uz