Toshkent Moliya instituti - Rank.uz

Toshkent Moliya instituti

OTM lar Ro`yxatga olingan 12 мая, 1931 г.

Fakultet Budjet nazorati va g‘aznachiligi

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    121.80

  • Ta'lim narxi

    15 344 490 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    50 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    7


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

Ingliz tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

O'zbekiston Respublikasi budjet tizimida islohotlarni amalga oshirish borasida yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida shuningdek ''2009-2010 o'quv yilidan boshlab ''Byudjet hisobi va nazorati'' ta'lim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlashning yo'lga qo'yilishi,ta'lim muassasasining mavjud moddiy texnik,o'quv uslubiy ba'zasi,professor-o'qituvchilar salohiyati hamda kelajakda mazkur yo'nalish negizida magistratura mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib institutning ''Buxgalteriya hisobi'' kafedrasi tashkil etilgan.2019-yil yanvar oyidagi institut qaroriga asosan ''Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi'' kafedrasi deb qayta nomlangan.Kafedrada 2 ta fan doktori,professor, 4 ta fan nomzodi,dotsent,PhD, 2 ta katta o'qituvchi, 4 ta o'qituvchilar faoliyat olib boradi.

Kim uchun mo`ljallangan

Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida 13 ta fandan,magistraturada mutaxassisliklarida 5 ta fandan dars mashg'ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o'qituvchilar tomonidan ushbu fanlardan darsliklar,o'quv qo'llanmalar,o'quv va ishchi dasturlar,o'quv-uslubiy majmualar,ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko'rsatmalar tayyorlangan.Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlarning yuksak ma’naviy-axloqiy,ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishga qaratilgan keng qamrovli ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz