Toshkent Moliya instituti - Rank.uz

Toshkent Moliya instituti

OTM lar Ro`yxatga olingan 12 мая, 1931 г.

Fakultet Elektron tijorat

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    106.05

  • Ta'lim narxi

    15 344 490 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    25 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    5


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

Ingliz tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

''Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot'' kafedrasi Toshkent moliya instituti Kengashining 2019-yil 6-iyuldagi 11/11.3-''Institutning tashkiliy tuzilmasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida''gi qarori asosida ''Byudjet hisobi va g'aznachilik '' fakulteti tarkibida tashkil etildi. ''Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot'' kafedrasida ''Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalari'', ''Elektron tijorat'', ''Raqamli iqtisodiyot'', ''Iqtisodiyotda sun'iy intellekt texnologiyalari''kkabi fanlari o'qitiladi.Hozirgi kunda kafedrada 1 ta akademik,4 ta doktor,professorlar,6 ta fan nomzodi va dotsentlar,3 ta katta o'qituvchilar,5 ta assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.Kafedraning ilmiy salohiyati 55% ni tashkil qiladi.

Kim uchun mo`ljallangan

Toshkent Moliya Institutining Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot kafedrasida-talabalarga tajribali o'qituvchilar tomonidan chuqur bilim beriladi.Kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan Davlat ta'lim standartlari talabiga asosan,bakalavriat bo'yicha 4 ta fandan o'quv dasturi va ishchi o'quv dasturlari tayyorlangan.Kafedrada iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish bo'yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz