Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti(TDPU) - Rank.uz

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti(TDPU)

OTM lar Ro`yxatga olingan 14 сен, 1935 г.

Fakultet Chaqiriqqacha ta`lim

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    65.20

  • Ta'lim narxi

    10 792 960 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    75 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    10


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Ijodiy imtihon - Ijodiy imtihon. Yuqori ball: 93

2

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

3

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

4

Ona tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 11

Fakultet haqida ma`lumot

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha ta'lim berish zarurati Sovet Ittifoqi davrida ham mavjud bo'lgan va katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'sha paytda o'rta va oliy ta'lim muassasalarida qurol-yarog'ni ishlatish, qo'llash bo'yicha maxsus modullar tashkil etilgan, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va boshqa muhim ko'nikmalar o'rganilgan. Bugungi kunda chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi mamlakatning ko'plab oliy ta'lim muassasalarida mavjud. Toshkent Davlat Pedagogika universitetida ushbu yo'nalish davlat mustaqillikka erishganidan so'ng ochilgan va 2008 yilda alohida mustaqil fakultet maqomiga ega bo'lgan. Hozirgi vaqtda ushbu yo'nalishda talabalar Qurolli kuchlar tizimi, bo'linmalar tizimi, harbiy texnikalarning tizmilari kabi modullarda o'qitilmoqda. Universitetda taxsil olish paytida amaliyotda o'tiladigan mashg'ulotlarga katta e'tibor beriladi, u yerda talabalar o'quv maydonchasiga boradilar, quroldan qanday foydalanishni o'rganadilar, harbiy transport vositalarini boshqarishni o'rganadilar.

Kim uchun mo`ljallangan

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti o'z Vataniga xizmat qilish, uni himoya qilish istagini bildirgan, shuningdek, yosh avlodga vatanparvarlik ruhini singdirmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan. Ushbu fakultet Toshkent Davlat Pedagogika universitetida joylashgani bois, talabalar ta'lim olish paytida o'z mutaxassisligi bo'yicha hamda o'qitish metodika bo'yicha bilim;arga ega bo'lishadi va shu tariqa yoshlarning bilim darajasini oshirishadi.

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)

 - Rank.uz
 - Rank.uz