TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI - Rank.uz

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

OTM lar Ro`yxatga olingan 14 авг, 1991 г.

Fakultet Jinoyat-huquqiy faoliyat

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    174.30

  • Ta'lim narxi

    16 023 820 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    100 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    4


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Tarix - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

2

Ingliz tili - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 63

3

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

Fakultet haqida ma`lumot

Toshkent Davlat Yuridik Universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan. Fakultet maqsadi jinoiy odil sudlovni amalga oshiradigan hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladigan professional yuridik kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.Fakultet shiori: Sudya – bu gapiruvchi qonun, qonun esa – tilsiz sudyadir.

Kim uchun mo`ljallangan

Fakultetdagi o‘quv jarayoniga xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari faol jalb etilgan.Fakultet negizida xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan huquq sohasida qo‘shma tadqiqot, o‘quv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish bo‘yicha maydon yaratilgan.Jinoiy odil sudlov fakultetida tahsil olayotgan talabalar kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, ijro hokimiyati organlari, shu jumladan adliya organlari, shuningdek, sud, prokuratura, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari tizimida mehnat faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun, quyidagi hujjatlarni topshirish shart: -pasport nusxasi -maktab/kollej diplom nusxasi -rasm 3.4-4.5

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz