Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TUIT)) - Rank.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TUIT))

OTM lar Ro`yxatga olingan 29 мая, 2002 г.

Fakultet Televizion studiyalar uchun tizimlar va ilovalar

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

 - Rank.uz
Grantlarning mavjudligi

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    123.50

  • Ta'lim narxi

    13 306 500 So`m,bir yilga

  • Yiliga qabul soni

    30 Odam

  • Grantlar uchun joylar soni

    10


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Fizika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 62

2

Matematika - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

3

Tarix - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

4

O`zbek tili - 10 ta savolli test. Yuqori ball: 21

5

Matematika - 20 ta savolli test. Yuqori ball: 64

Fakultet haqida ma`lumot

Ta’lim yo‘nalishini bitirib chiqqan talabalar kelajakda Televidenie va kino sohalarida kinooperator, teleoperator, video montajchi, fotograf sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ta’lim yo‘nalishini har yili 60-70 nafarga yaqin bakalavr talabalar bitirb chiqadilar. Ularning aksariyati bugungi kunda O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining teleradiokanallarida, tarmoq korxonalarida, viloyatlarda joylashgan hududiy teleradiokanallarda va yurtimizning turli viloyat va shaharlarida kino, video va media san’at turlari bilan bog‘liq hususiy firmalar va telekanallarda turli lavozimlarda hizmat qilib, samarali ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Kim uchun mo`ljallangan

Kafedrada ta’lim yo‘nalishini bitiradigan talabalar Bitiruv ishi sifatida qisqa metrajli badiiy film, hujjatli film, ilmiy-ommabop film, film-portret, reklama roliklari, musiqiy kliplarni topshirishlari mumkin. Bitiruv ishlar soha korxonalaridan taklif etilgan mutahassislar va kafedra professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan baholanadi.

Malaka talablari

Kollej o'rta maxsus ta'lim, maktab o'n bir yillik ta'lim

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

1. Rektor nomiga shaxsan yozilgan ariza. 2. Sertifikatning asl nusxasi va baholar bilan qo'shimchalar. 3. 086/U shaklida berilgan tibbiy ma'lumotnoma. 4. Hajmi 3,5x4,5 bo`lgan rasmlar (olti dona). 5. Pasport nusxalari. 6. Respublika va xalqaro olimpiadalar g'oliblari diplomlarning asl nusxalarini biriktirishlari kerak (ular universitetga tanlovdan tashqari o'qishga kirish huquqini beradi). 7. Muddatli harbiy xizmatdan o'tgan abituriyentlar harbiy qism rahbarlari tomonidan yozilgan tavsiyalar hujjatlar ro'yxatiga kiritilishi kerak.

Grant olish shartlari

Universitetga kirish uchun eng yuqori ball to'plagan talabalar grantga ega bo'lishlari mumkin.

 - Rank.uz
 - Rank.uz