Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti (UTAS) - Rank.uz

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti (UTAS)

OTM lar Ro`yxatga olingan 13 июн, 2022 г.

Fakultet Iqtisodiyot fakulteti

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

6/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • Ta'lim narxi

    20 000 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Mantiq - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25

2

Matematika - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25

3

Ingliz tili - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25

4

O`zbek tili - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25

Fakultet haqida ma`lumot

Mamlakatlarning global o'sishi va rivojlanishi davrida iqtisodiyotni o'rganish, uning o'sishi va pasayishi tendensiyasi analiz qilish hukumat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri xisoblanadi. Umuman olganda jahon iqtisodiyotini, alohida mintaqalarni rivojlantirish usullarini o'rganish har bir mamlakatga rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqishga, jahon iqtisodiy jarayonlarida ishtirok etish darajasini aniqlashga imkon beradi. Jahon iqtisodiyoti, ayrim milliy iqtisodiyotlarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish zamonaviy iqtisodiyotning iqtisodiy bilimlari tizimida ajralmas xususiyatdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun iqtisodiyot fakulteti o'z faoliyatini amalga oshiradi va o'quv davrida talabalar biznes sohasida matematikani o'rganish, moliyaviy menejment, iqtisodiyot sohasidagi axborot tizimlari va boshqa ko'plab modullarda o'qitiladi

Kim uchun mo`ljallangan

Toshkent Amaliy Fanlar Universitetidagi "Iqtisodiyot" fakulteti iqtisodiyot sohasida o'z faoliyatini amalga oshirish va uning rivojlanishiga hissa qo'shish niyatida bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)

Grant olish shartlari

Universitet grant joylarini taqdim etmaydi

 - Rank.uz
 - Rank.uz