Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti (UTAS)
OTM lar • Ro`yxatga olingan 13 июн, 2022 г.
Fakultet Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *
Ta`lim tillari
O`zbek tilida
O`qitish davri
4 Yil
Ta'lim narxi
20 000 000 So`m,bir yilga
Mantiq - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25
Matematika - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25
Ingliz tili - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25
O`zbek tili - 5 ta savolli test. Yuqori ball: 25
Moliya va moliya texnologiyalari fakulteti (FinTech) iqtisodiyot va moliya sohasidagi asosiy bilimlarni o’z ichiga oladi, shu bilan birga zamonaviy raqamli texnologiyalar bo'yicha chuqur bilimlarni taqdim etadi. O'qish davomida mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, axborot texnologiyalari va boshqa ko'plab fanlar o'qitiladi. Ushbu sohaning ahamiyati shundaki, moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda eng yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi va ko'p funktsiyali sub'ektga aylanish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyot bo'yicha bilim olishdan tashqari, fakultet professor-o'qituvchilari mehnat bozorida eng ko'p talab etilayotganlardan biri hisoblangan yetakchilik, boshqaruv va aloqa ko'nikmalaringizni oshirishga harakat qilishadi.
Moliya va moliya texnologiyalari fakulteti iqtisodiyot sohasida o'z faoliyatini amalga oshirishni, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llashni va tashkilotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlashni, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo'shishni niyat qilganlar uchun mo'ljallangan.
O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi
Ushbu universitetga kirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)
Universitet grant joylarini taqdim etmaydi