University of Science and Technologies (USAT)
OTM lar • Ro`yxatga olingan 2 окт, 2022 г.
Fakultet Dasturiy muhandislik
Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *
Ta`lim tillari
O`zbek tilida, Rus tilida
O`qitish davri
4 Yil
Ta'lim narxi
19 800 000 So`m,bir yilga
Ijodiy imtihon - Og`zaki.
Fan va Texnologiyalar Universitetining "Dasturiy injiniring" fakulteti o'z oldiga dasturiy tizimlarni qurish, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, zamonaviy dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va boshqa ko'plab sohalarda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan. O'qish davomida talabalar kodlash, veb-saytlarni ishlab chiqish, veb-xizmatlar, mobil ilovalar va ularni takomillashtirish kabi fanlarni o'rganadilar. O'qishni tamomlagandan so\ng bitiruvchilar quyidagi fazilatlarni o'zlashtiradilar: 1. jamoada ishlash 2. dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida jamoani boshqarish 3. dasturiy mahsulotlar loyihalarini ishlab chiqish 4. yangi dasturiy ta'minot tizimlarini yaratish
"Dasturiy injiniringi" fakulteti dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, dasturlash tillarini o'rganish va takomillashtirish sohasida o'z faoliyatini amalga oshirmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.
O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi
Ushbu universitetga kirish uchun online formatda anketa to’ldiriladi va quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - profil uchun rasm - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)
Universitetda grant joylari mavjud emas