O'zbekistondagi barcha ta'lim xizmatlari

O'quv markazlari, universitetlar, xususiy maktablar, repetitorlar va h.k.

Sarlavha bo'yicha qidiring yoki kerakli bo`limga o'ting

 - Rank.uz

Toifalar

Faqat kerakli bo`lganlari

Synergy University Dubai - Rank.uz

Synergy University Dubai

OTM lar

Synergy University Dubai - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Oxus University - Rank.uz

Oxus University

OTM lar

Oxus University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Perfect University - Rank.uz

Perfect University

OTM lar

Perfect University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti - Rank.uz

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti

OTM lar

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Renessans Ta'lim Universiteti - Rank.uz

Renessans Ta'lim Universiteti

OTM lar

Renessans Ta'lim Universiteti - Rank.uz

5.0 (1 Sharhlar)

Tashkent International University - Rank.uz

Tashkent International University

OTM lar

Tashkent International University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Tashkent Metropolitan University - Rank.uz

Tashkent Metropolitan University

OTM lar

Tashkent Metropolitan University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti - Rank.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti

OTM lar

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti - Rank.uz

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti

OTM lar

Innovatsion va ijtimoiy iqtisodiyot universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Eng ko`p talab qilinadiganlari

Bu yerda siz yuqori talabga ega bo`lgan va istalgan turdagi o`quv muassasalari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lasz

O`quv yo`nalishlari

Faqat kerakli bo`lganlari

Ingliz tili filologiyasi

20 Kurslar

O`zbek tili

21 Kurslar

Biznes administratsiya

3 Kurslar

Moliya va buxgalteriya hisobi

28 Kurslar

Psixologiya

2 Kurslar

 - Rank.uz
 - Rank.uz

Va foydali maslahatlar

Bolani darslardan keyingi qo'shimcha mashg'ulotlarga jalb qilish ma'qulmi?


Darslardan keyingi qo’shimcha mashg'ulotlar yoki guruh, O'zbekiston maktablarida ancha vaqtdan beri mavjud.Shuningdek, maktabdan keyin mashg'ulotlarning keng ko'lamli xizmatlarni taklif qiluvchi xususiy maskanlar ham mavjud.O'g'li yoki qizini qo’shimcha mashg'ulotlarga qoldirish kerakmi yoki darrov uyga olib borish yaxshiroqmi degan bahslar turli ota-onalar o'rtasida hech to’xtamaydi.Bir fikrga hali kelinmagan.Kimdir qo;shimcha mashg'ulot guruhlarini, boshqalar uyda shug'llanishni tanlaydi, o'zgalar esa Toshkent shahrida yakshanbalik maktabni topishni afzal ko'radi.Buvi va enaga bo'lmasa.Qo’shimcha mashg'ulotlar, shunhasiz, ishlaydigan ota-onalar uchun qulay.Axir, hamma bolalarning ham: vaqt va imkoniyatlarga ega bo'lgan, sport va to'garaklarga olib boradigan, maktabga kelib va undan olib ketadigan, ovqat pishirib va ovqatlantiradigan buvilari bo'lavermaydi.Enaga xizmatlari esa qimmatdir.Shuning uchun, darsdan keyingi mashg'ulotlar guruhlari ishlaydigan ota – onalar va ularning farzandlari uchun eng yaxshi variantdir.Shu bilan birga, har doim Toshkent sharidagi xususiy yoki maktabdagi qo’shimcha mashg'ulot guruhlarini tanlash mumkin.Bugungi kunda, shahar bo'ylab deyarli har bir hududda bolalar bilan har qanday yo'nalishlar bo'yicha turli mashg'ulotlarni taklif etadigan o'quv markazlarini topish mumkin.Darsdan keyingi mashg'ulot guruhlarini yoqlovchi sabablar .To'garaklar.Ko'pincha, maktab o'quvchilari, bevosita uyining yonida yoki maktab ichida ochilgan Toshkent shahridagi sport seksiyalari yoki to'garaklarga qatnaydilar.Agar sinfdan keyingi qo'shimcha darslar sizning talablaringizga javob bersa, tumandagi boshqa variantlarni qidirish shart emas, bola o'zi mustaqil ravishda kerakli kabinetga yetib borishi mumkinmaktabda hotirjam ko'ngil bilan qoldirishingiz kerak.Sayrlar.Sinfdan keyingi qo'shimcha darslar shunisi bilan yaxshiki, yaxshi ob-havo sharoitida bolalar doimo toza havoda sayr qilishadi.Odatda, tushlikdan yoki darslardan so'ng.Toshkent shahridagi maktabdan keyingi qo'shimcha darslar: ota-onalarga vaqtni ozod qilish imkonini beradi, bolalar esa o'z jona-jon maktabi hududida o'z sinfdoshlaridan iborat tanish davrada zavqlanadilar.Axir, bu o'yin-kulgilarni tartibga solib turuvchi pedagog bo'ladi.Tushlik. Ba'zi ota-onalar farzandlarini uyda ovqatlantirishni afzal ko'radilar, boshqalari esa maktab ratsioniga ishonch bildiradilar.Albatta, agar maktabdagi taom foydali va muvozanatlashgan bo'lsa, onalar xotirjam bo'la olishlari mumkin.Maktabingizda yoki siz tanlangan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda qanday taomlar taklif qilinishini oldindan bilib olish yaxshiroqdir.Uy vazifalari.Lekin eng muhimi, sinfdan keyingi qo'shimcha darslar- o'qituvchining rahbarligi ostida, uy vazifalari ustida ishlashni nazarda tutadi.O'yinlar va foydali muloqot.Birgalikda vaqt o'tkazish, bolalar o'rtasida do'stona munosabatlarni mustahkamlaydi, o'zaro munosabatlar yaxshilanadi.Qo'shimcha darslarning boshqa ko'rinishlari.Aslida, bugungi kunda bolaning, maktab mashg'ulotlaridan tashqari, har qanday vaqt o'tkazishini- qo'shimcha darslar deb atash mumkin.Masalan, Toshkentdagi bolalarni rivojlantirish markazlari bolalar shug'ullanishi mumkin bo'lgan: sport, ijodiy va boshqa mashg'ulotlar bo'yicha ko'plab yo'nalishlarni taklif etadi.Albatta, bari sizning xohishingiz va moliyaviy imkoniyatlaringizga bog'liq.Odatda, maktab uzaytirilgan kun guruhlari, xususiyariga qaraganda arzonroqdir.Biroq, rivojlanish sharoitlari hamma joyda farq qiladi.Shuningdek,, maktab o'quvchilari bo'lgan farzandlaringiz, darslardan so'ng haftasiga ikki-uch marta qatnashi mumkin bo'lgan Toshkent shahrida ingliz tili kurslarini topishingiz mumkin.Zamonaviy qo'shimcha darslari juda ko'p afzalliklarga ega.Mutaxassislar bolalarga qo'shimcha darslarga borishga ruxsat berishni tavsiya qiladilar.Ammo, har kuni uzoq vaqt qoldirish yaxshi emas.Axir, bolalar organizmi doimiy shovqin va vaqtichog'likni salbiy qabul qilishi hamda toliqishi mumkin.Oila a'zolari bilan muloqot, bola tarbiyasi va rivojlanishida asosiy bosqichlardan biridir.Tengdoshlar va oilasi bilan muloqotni  iloji boricha muvozanatlashtirish foydalidir, shunda farzandlaringizga  qo'shimcha darslarda ham va oila davrasida ham teng darajada qiziqarli bo'ladi.

Oliy ma'lumot kerakmi?


Ayrimlar universitet diplomisiz hayotda ma'lum bir cho'qqilarga erishib bo'lmaydi, boshqalar esa universitetda o'tkaziladigan davr- bekorga ketgan vaqt deb hisoblaydi.Darhaqiqat, Toshkent shahrida oliy ta'lim olishning o'z ijobiy va salbiy tomonlari bor.Afzalliklar quyidagilarni o'z ichiga oladi:Yaxshi ishga joylashish imkoniyati.Axir, ko'plab davlat tashkilotlariga, ayniqsa, nufuzli lavozimlarga, oliy ma'lumot diplomisiz ishga qabul qilishmaydi.Mavzuni chuqur o'rganish va ko'nikmalarga ega bo'lish.Ba'zi yo'nalishlarni faqat ixtisoslashgan universitetlarda o'qib-o'rganish mumkin. Kompaniyalarda yuqori malakali mutaxassislar ko'proq qadrlanadi.Amaliy mashg'ulotlar, qunyoqarashni kengaytirish va foydali tanishlar ortirish.Albatta, kamchiliklar ham bor:Bir necha yil ta'lim olish, O'zbekistonda bakalavriat 4 yil, magistratura yana 2 yil.Hamma ham ish va o'qishni birgalikda amalga oshira olmasligi mumkin, shuning uchun ota-onalar uchun og’ir moliyaviy yuk tushurish.Ta'lim olish uchun xarajatlarning juda katta ekanligi.Byudjetga faqat sanoqli yoshlar kira olishlari mumkin, qolganlari esa shartnoma asosida, juda katta miqdorda pul to'lab o'qiydilar.Toshkent shahridagi tayyorlov kurslari byudjetga kirish imkoniyatini oshiradi.Shu bilan birga, shartnoma to'lovi har yili oshib boradi.Universitet qanchalik nufuzli bo'lsa, to'lov shuncha  qimmat bo'ladi.Minimal darajadagi amaliy mashg'ulotlar.Universitetlarda ular asosan nazariya o'qitiladi, shuning uchun bitiruvchilarning ishga tayyorgarligi yetarlicha bo'lmaydi hamda o'qishni bitirib  ishga joylashgandan keyin o'rganish talab qilinadi.O'quv yuklamasi hajmining katta ekanligi.Ko'p ma'lumotni eslab qolish zaruriyatidan tashqari, doimiy ravishda imtihon, test sinovlari, referatlar va nazorat ishlarini topshirish zarur.Bu ko'pchilik uchun stressdir.AMMO!Ba'zi kasblar va ish joylari uchun universitetda ta'lim olmasa bo'lmaydi.Faqat ixtisoslashgan universitetlardagina shifokor, fizik, geolog, ekolog, advokat, muhandis, iqtisodchi, o'qituvchi va boshqa mutaxassisliklarni egallash mumkin.Qanday tanlash mumkin?Mutaxassislar OTM ni tanlashda, ommaviy yoki obro'li ekan degan fikr ta'sirida harakat qilmaslikni maslahat beradilar.Toshkent shahridagi zamonaviy o'quv kurslari ham qisqa vaqt ichida ko'plab kasb-hunarlarni egallashni taklif etadilar.Axir, kasbni tanlashda: o'z qiziqishlaringiz va qobiliyatingizga asoslangan qaror qabul qilish kerak.Misol uchun, dizaynerlik kiyimlarni, oliy ma'lumot haqidagi diplomga ega bo'lmasdan, tikib va sotish mumkin.Bundan tashqari, mehnat bozorini o'rganish kerak.Agar ma'lum bir qiziqishlaringiz bo'lmasa, unda o'n yil keyingi istiqbol uchun yaxshi pul to'lanadigan, talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar ro'yxatining bosh o'ntaligini ko'rib chiqish yaxshidir. Bozorda raqobat juda katta bo'lgani tufayli o'ta ommalashgan kasb bilan ham ish topish qiyin bo'ladi.Universitetni tanlagandan so'ng, u haqida fikr-mulohazalarni o'qib chiqish, hozirda o'qiyotgan talabalar bilan tanishish, o'qitish sharoitlari va o'qituvchi-pedagoglar tarkibi haqida ma'lumot olish kerak.Bularning barchasini internetda, onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.Bundan tashqari, o'qishga kirishdan oldin, puxta tayyorgarlik ko'rish, Toshkent shahridagi, kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin bo'lgan o'quv kurslarini o'rganib chiqish.Hatto buning uchun bir yil vaqt ketsin, biroq siz imtihonga tayyor bo'lasiz.Xulosa.Shuni esda tutish kerakki, oliy ma'lumot razolat yoki ziyo emas, bu barcha muammolarning uchun yechim emas yoki yorqin kelajak kafolati emas.Oliy ma'lumot- bu undan to'g'ri foydalanish kerak bo'lgan zahiradir.Ba'zi insonlar universitet diplomiga muhtoj emas, ular Toshkentdagi tor ixtisosli kurslarni afzal ko'rishadi, bu yerda ular ahamiyati va nufuzi jihatdan hech qolishmaydigan kasblarni o'rganishlari mumkin.Asosiysi- hayotda, intilishga arzigudek maqsadni tanlash va o'zi shug'ullanishni xohlagan narsani tanlash kerak.Aks holda, ta'lim- vaqt va pulni bekorga sarflash bo'ladi.

TOP 12 - xorijiy so'zlarni o'rganish bo'yicha maslahatlar


Chet so'zlarni o'rganish bo'yicha TOP 12 ta maslahatIngliz tilidagi so'zlarni tez va oson yod olishni xohlaysizmi?Ushbu maqolada biz siz bilan ingliz tilini samarali o'rganishga yordam beradigan usullar va vositalarni baham ko'ramiz. Shuningdek, siz Toshkentdagi eng yaxshi markazlarni qidirib topishingiz mumkin. Deyarli har bir talaba chet el so'zlarini qanday qilib eng yaxshi va to'g'ri o'rganishni qiziqtiradi.Keling, professional mutaxassislarning maslahatlarini ko'rib chiqaylik.Yangi so'zlarni qaerdan qidirish kerak?1. Ingliz tilidagi filmlar, kitoblar, seriallar, qo'shiqlar yangi so'zlarni o'rganishni qiziqarli qiladi. Agar siz filmlarni asl tilda tomosha qilishni yaxshi ko'rsangiz, unda lug'atga ham e'tibor berishingiz kerak. Ko'plab yaxshi va sifatli manbalar mavjud, ularda siz subtitrlar bilan qiziqarli filmlar va teleseriallarni topishingiz mumkinRus va ingliz tillari. Masalan, Amalgam veb-sayti xorijiy qo'shiqlarni yaxshi ko'radiganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.2. Lug'atni yaxshilash bo'yicha o'quv qo'llanmalari nafaqat yangi so'zlarni, balki foydali qo'zg'almas iboralarni ham o'rganishga imkon beradi. Bunday qo'llanmalarda so'zlarni boshqa so'zlar bilan ishlatish misollari aniq ko'rsatilgan. Toshkentlik repetitorlar tasdiqlangan nashrlarni tanlashni tavsiya qiladi.3. Va, albatta, lug'atlarsiz qilolmaysiz, ular so'zlar yoki iboralarning tarjimalarini topish kerak bo'lganda ajoyib yordamchilardir.Inglizcha so'zlarni o'rganish bo'yicha TOP eng yaxshi maslahatlar.1. So'zlar yozilgan kartalar. Bu usul yangi bo'lmasa-da, juda samarali. Bunday kartalarni yaratish uchun bir nechta variant mavjud. Misol uchun, eng mashhur usul - kartaning qarama-qarshi tomonlariga so'z va tarjimani yozish.2. Maxsus darsliklar – so‘zlarni turli turkumlarga ajratish imkonini beradi. Kontekst so'zlarni o'rganishga imkon beradi, ularni eslab qolishni osonlashtiradi. Bu usul kartalarga qaraganda samaraliroq.3. Bloknotdan lug‘at sifatida foydalanish. Bunday bloknot siz bilan birga olib yurish, yangi so'zlarni yozish va vaqti-vaqti bilan ularni takrorlash uchun qulay bo'lib, tez o'rganishni osonlashtiradi.4. O'rganish saytlari - bu ingliz tilini o'rganish va so'z boyligini kengaytirish mumkin bo'lgan manbalar. Aytgancha, bu erda siz onlayn repetitorlikni ham izlashingiz mumkin, shunda mutaxassis til o'rganish jarayonini rag'batlantirishi va nazorat qilishi mumkin.5. So‘zlarni bir mavzuda birlashtirish. Xususan, bir mavzuga aloqador so'z turkumlarini tuzish yaxshidir. Har kuni yangi mavzu tanlang! Bu uchrashuv, salomlashish, restoranda, aeroportda, maktabda va boshqalar bo'lishi mumkin.6. So'nggi paytlarda intellektual xarita yoki aql xaritasi mashhur bo'ldi.Bitta mavzudan so'zlarni o'rganish uchun turli mavzularga oid so'zlarni sxematik ravishda ko'rsatadigan shunga o'xshash xaritani chizishga arziydi. Aytgancha, xaritani yaratish jarayonida yangi so'zlar xotirada saqlanadi.7. Smartfoningizda turli xil ilovalar. Albatta, har bir kishi aql xaritalarini yaratish, daftar yoki kartalarni saqlash uchun bo'sh vaqtga ega emas. Shuning uchun, zamonaviy ishlab chiquvchilar maxsus taklif qilishadiyangi so'zlarni o'rganish va ingliz tili qoidalari bilan tanishish imkonini beruvchi dasturlar. Ilovani kamida bir marta ishga tushirish kifoyakun.8. Assotsiativ usul - ko'plab talabalar tomonidan seviladi. Ingliz tilidagi so'zlar assotsiatsiyalar orqali eslab qolinadi. Aytgancha, shou shou bilan bog'liq. Har bir inson o'z uyushmalarini yaratishi mumkin, bu ularning so'z boyligini kengaytiradi. Bundan tashqari, vizualizatsiya qilishga arziydio'rganilayotgan so'zlar.9. O'rgangan so'zlaringiz bilan qurollang. Bir paytlar ingliz tili o'qituvchisi bizga o'rganayotgan so'zlarni butun uyga joylashtirishni maslahat berdi. Va bu kompyuterda amalga oshirilishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar sizga so'zlarni samarali o'rganish imkonini beradi. TOMasalan, dastur, LMBomber so'zlari fonda ishlaydi va siz ishlayotganingizda ochilgan so'zlarni ko'rasiz.10. Ingliz tilidagi matn va kitoblarni o'qish. Albatta, bu o'qish sizga yangi notanish so'zlarni ko'rish va ularning ma'nosini eslab qolish imkonini beradi.11. Vaqti-vaqti bilan bilimingizni sinab ko'ring, ya'ni o'qishingiz muvaffaqiyatini ko'rish uchun so'z boyligingizni tekshiring.12. Kundalik maqsadni belgilang va undan qochmang.Bir vaqtning o'zida barcha 12 usuldan foydalanishga harakat qilishning hojati yo'q! Samarali natijalarga erishish uchun sizga eng mos keladigan variantlarni tanlang.Chet tilini o'rganish juda murakkab, ammo qiziqarli jarayon. To'g'ri yondashuv bilan ingliz tili qiziqarli o'yin-kulgi bo'lishi mumkin. Va agar siz o'z qobiliyatingizga ishonchingiz komil bo'lmasa, unda siz albatta ingliz, rus yoki boshqa chet tillari bo'yicha o'quv markazini izlashingiz kerak.

Toshkentdagi korporativ kurslar | Rank.uz


Muvaffaqiyatli kompaniyalar ingliz tilini korporativ o'rganish muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlikning kaliti ekanligini uzoq vaqtdan beri anglab yetishgan.Agar kompaniya yoki tashkilot xorijiy kompaniyalar bilan aloqa qilsa yoki yaqin kelajakda yangi bozorga kirishni rejalashtirsa, bugungi kunda xodimlarni ingliz tilida o'qitishni boshlash kerak.Ushbu uzoq muddatli investitsiya kelajakda o'z samarasini berishi aniq.Toshkentdagi korporativ ingliz tili kurslarini diqqat bilan tanlash kerak. Axir, aksariyat kompaniyalarning muhim qismi butun jamoa tomonidan ingliz tilini o'rganishdir. Toshkentda qaysi korporativ ingliz tili kurslarini tanlash kerak? Korporativ tadqiqotlar umuman qanday farq qiladi? Qachon ijobiy natijalarni kutish kerak? Yangi ta'lim formati. Ta'limning boshqa shakllari bilan taqqoslaganda, korporativ o'rganish o'ziga xos nuanslarga ega. Avvalo, joy. Siz ingliz tilini o'qitish markazlari devorlarida yoki kompaniyaning ofisida darslarni tashkil qilishingiz mumkin, barchasi mijozning xohishiga bog'liq. Keyinchalik, xodimlarning ish jadvaliga xalaqit bermaslik yoki minimal o'zgarishlar bilan maxsus o'quv jadvali ishlab chiqiladi. Kurs boshida har bir xodim til bilan tanishish darajasini belgilaydigan imtihon topshiradi. E'tibor bering, har bir vaziyat uchun o'quv dasturi alohida tanlanadi, tashkilotning faoliyat doirasi hisobga olinadi. Toshkentdagi korporativ darslar guruhlari shu tarzda bir vaqtning o'zida tanishadilar va ish uchun zarur bo'lgan zarur atamalarni o'rganadilar. O'quv markazlari deyarli har bir biznes sohasi uchun turli xil ta'lim dasturlarini taklif etadi. Xususan, moliya muassasasi haqida gap ketganda, dastur sotuvchilar, buxgalterlar, advokatlar va boshqa mutaxassislarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda qo'llaniladi.Bundan tashqari, qisqa muddatli ta'lim dasturlari mavjud. Asosan, bu Toshkentda malaka oshirish kurslari. Ular ma'lum ko'nikmalarni o'rganishga yordam beradi. Masalan, bu ingliz tilidagi ishbilarmonlik yozishmalarini o'zlashtirish (so'zlashuv, muzokaralar, taqdimotlarni tashkil etish va boshqalar). Agar kompaniya umumiy dasturni tanlasa, unda asosiy e'tibor biznes ingliz tiliga qaratiladi. Eng tez natija uchun ular ko'pincha intensiv kurslarga murojaat qilishadi, bu erda haftada ko'proq darslar o'tkaziladi. Korporativ ta'limning afzalliklari. Yangi materialni birgalikda o'rganish jamoaga bir-biri bilan yaxshiroq munosabatda bo'lishga, tan olingan materialni amalda qo'llashga yordam beradi. Va umuman olganda, xodimlarning kayfiyati yaxshilanadi. Qoida tariqasida, eng samarali natijalarga erishish uchun kichik guruhlar tuziladi. Bundan tashqari, rahbariyatga xodimlarning o'quv jarayonining muvaffaqiyati to'g'risida doimiy ravishda xabar beriladi.To'g'ri korporativ kurslarni qanday tanlash mumkin? O'quv markazini tanlashda birinchi navbatda o'qituvchilarning o'qitish usullari va tajribasiga e'tibor qaratish lozim, ayniqsa Toshkentda korporativ dasturlash kurslarini izlayotgan bo'lsangiz. Odatda, chet tilini o'qitishning mashhur usullari uch bosqichga bo'linadi. 1. Aloqa usuli-so'zlashuv nutqiga urg'u berilganda. 2. Standart dastur grammatika, leksikologiya va yozma savodxonlikdir. 3. O'yin usuli-ingliz tilida video va filmlarni tomosha qilish, o'yin dasturlari, turli xil mashqlar. Tilni o'rganishning mos usuli talabalarning ehtiyojlariga qarab tanlanadi. Kommunikativ usul og'zaki nutqni tezroq rivojlantirish zarur bo'lsa, eng samarali hisoblanadi. Qanday bo'lmasin, ingliz tilini to'liq o'zlashtirish uchun vaqt va tirishqoqlik talab etiladi. O'qitishning ajoyib usullari yo'q. Amaliy mashg'ulotlar va intensiv kurs sizga uch-to'rt oydan keyin chet tilida ravon gapirishni boshlashga imkon beradi.Albatta, eng katta yuk va talablarga ega bo'lgan ixtisoslashtirilgan kurslar mavjud.

O‘zbekistonda xususiy universitetni qanday tanlash mumkin: amaliy maslahatlar


“O‘zbekistonda xususiy universitetni qanday tanlash mumkin: amaliy maslahatlarQo'shimcha ta'lim uchun joy tanlash har bir abituriyentning hayotidagi muhim daqiqadir. Agar siz O'zbekistondagi xususiy universitetlar haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, ushbu qo'llanma sizga oqilona tanlov qilishga yordam beradi.1. Universitet maqomini tekshirishAvvalo, tanlangan universitet o'qish huquqi uchun zarur litsenziyalar va akkreditatsiyaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.2. Qiziqish sohasiSizni qiziqtirgan ta'lim sohasiga ixtisoslashgan universitetni tanlang. Qanchalik tor va aniqroq mutaxassislik bo'lsa, shunchalik chuqurroq bilim olishingiz mumkin.3. JoylashuvKo'pgina talabalar uchun bu hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Universitet rivojlangan infratuzilmaga ega katta shaharda yoki chalg'itadigan narsalar kamroq tinch hududda joylashganmi?4. O'qish to'lovlariXususiy universitetlarda ta'lim ko'pincha ma'lum moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Imkoniyatlaringizni baholang va chegirmalar yoki stipendiya tizimlari haqida bilib oling.5. Biznes va ilm-fan bilan o'zaro aloqasiYaxshi universitet ko'pincha korxonalar, tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi va talabalarni amaliyot va amaliyot bilan ta'minlaydi.6. Axborotni topishO‘zbekiston universitetlarini chuqur o‘rganish uchun platformamizga tashrif buyurishni tavsiya etamiz (https://rank.uz/ru/u). Bu yerda turli taʼlim muassasalari haqida soʻnggi maʼlumotlar va sharhlarni topasiz.XulosaUniversitetni tanlash sizning kelajagingizni belgilab beradigan muhim qarordir. Puxta tadqiqot olib boring, bitiruvchilar bilan maslahatlashing va qiziqishlaringiz va maqsadlaringiz asosida qaror qabul qiling.Ushbu material O'zbekistonda universitet tanlashda duch kelgan har bir kishi uchun boshlang'ich nuqta bo'lishi mumkin. Baham ko'rishni unutmang!"

Buxgalterlar uchun malaka oshirish


Buxgalterlarning malakasini oshirish- mazkur tartib-tamoyil majburiymi?Bu savol nafaqat buxgalterlarni o'zlarini, balki ularning ish beruvchilarini ham qiynaydi.Ushbu masalani tushunish uchun: Toshkent shahrida buxgalterning malakasini oshirish qanday amalga oshirilayotganini ; bu borada qonunchilik nima deyishi; bu oddiy xodimlarga kerakligini anaiqlash zarur.Yuqori malakali mutaxassislarning afzalliklari.Nima uchun Toshkent shahrida ishonchli buxgalteriya kurslarini izlash kerak?Yuqori malakali buxgalterlarning afzalliklari bormi?Birinchidan, buxgalterlikning nozik taraflari borasidagi kasbiy bilimlar, martaba o'sishiga imkon beradi.Ikkinchidan, agar siz katta shirkatda yaxshi ish haqi to'lanadigan ishga joylashmoqchi bo'lsangiz, bu jihat resumeingizda muhim ahamiyatga egadir.Uchinchidan, qonunchilik va zamonaviy buxgalteriya dasturlarini bilish ish jarayonini maqbullashtirish va osonlashtirish imkonini beradi.Mehnat bozorida buxgalteriya sohasida qattiq raqobat mavjud, shuning uchun shunchaki tajribali mutaxassis bo'lish emas, balki dasturlar, hisobotlar va raqamlarni yaxshi tushunadigan haqiqiy o'z ishining ustasi bo'lish ham muhimdir.Toshkentdagi buxgalteriya kurslari nafaqat o'z kasbiy mahoratini oshirishga, balki ish beruvchilar va hamkasblar tomonidan hurmatga sazovor bo'lgan hurmatli mutaxassis bo'lishga yordam beradi.Qonunchilik nima deydi?Qonunchilik, buxgalterlardan malaka oshirish kurslaridan o'tishni talab qilmasligini, e'tiborga oling.Bu ish beruvchilar va ularning xodimlari uchun majburiy band emas.Odatda, meyoriy hujjatlar ko'ra ish beruvchining o'zi: xodimlarning malakasini oshirish kerak yoki yo'qligini aniqlaydi.Bularning barchasi buxgalterlar va rahbarlarning o'zaro xohish-istagi, intilishlari va ambitsiyalariga bog'liq.Xo'sh, nima uchun malakani oshirish kerak?Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ish tajribasiga ega, bisotida malaka oshirish  diplomlar bo'lgan buxgalter, o'z mahoratini oshirmaslikni afzal ko'rgan hamkasblaridan ikki-uch barobar ko'proq ish haqi olar ekan.Shuningdek, O'z vaqtida ta'lim olish qonunchilik, soliq va buxgalteriyaning boshqa nozik jihatlarıdagi o'zgarishlardan xabardor bo'lishda yordam beradi.Lekin, eng muhimi, mutaxassis hisobotlarni topshirish jarayonini va boshqa tartib-qoidalarni osonlashtiradigan zamonaviy dasturiy ta'minotlardan foydalanishni o'rganadi.Bugungi kunda deyarli har bir kompaniya 1C buxgalteriya dasturidan foydalanadi, uning esa, o'z navbatida, har yili yangi ko'rinishlari chiqadi.Shuning uchun, har bir o'zini hurmat qiladigan buxgalter ushbu kompyuter dasturidan foydalanishni bilishi kerak.Malaka, qanday qilib oshirilishi kerak?Ijobiy fikr-mulohazalar keltirilgan Toshkent shahridagi buxgalteriya kurslari eng maqbul yechim hisoblanadi.Axir, darslarda siz mutaxassisga bevosita savol berishingiz, o'z ko'nikmalaringizni amalda qo'llashingiz va dunyoqarashingizni sezilarli darajada kengaytirishingiz mumkin.Onlayn mashg'ulotlardan farqli o'laroq, bunda siz hech bir muhim narsani o'tkazib yubormaysiz.Mos o'quv markazini tanlash uchun internetda " Toshkentdagi buxgalteriya kurslari reytingi "so'rovini kirtish lozim.Qidiruv tizimi sizga eng ommabop variantlarni taqdim etadi, ulardan esa siz  o'zingizga mos keladiganini tanlashingiz mumkin.Shuni esda tutish kerakki, davlat muassasalarida mutaxassislar davriy ravishda shahodatlashdan o'tkaziladi, unda o'z lavozimiga muvofiq ekanligini isbotlashi kerak bo'ladi.Kurslarda oqish esa faqatgina unutilgan materialni yangilashga emas, balki yangiliklardan xabardor bo'lishga, o'z mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.Toshkent shahridagi buxgalteriya kurslari- rank.uz ta'lim xizmatlari yagona reestrida jamlangan !

Eng yaxshi o'qituvchilarni qanday topish mumkin


Sarlavha: Toshkentda eng yaxshi repetitorlarni qanday topish mumkin: amaliy maslahatlar va tanlash strategiyalariKirish:Malakali repetitorni tanlash akademik muvaffaqiyat va shaxsiy ta'lim maqsadlariga erishishda asosiy rol o'ynaydi. Axborot olish imkoniyati keng va xilma-xil bo'lgan bugungi dunyoda mukammal repetitorni topish qiyin bo'lishi mumkin. Ushbu maqolada biz sizga Toshkent shahridagi eng yaxshi repetitorlarni topishga yordam beradigan amaliy usullar va strategiyalar haqida gapirib beramiz.Ehtiyojlaringizni aniqlash:Birinchi va eng muhim qadam, qaysi fanlarni yoki bilim sohalarini o'rganishingiz kerakligini tushunishdir. Ta'lim maqsadlaringizni aniqlang, shunda siz ushbu sohalarda ixtisoslashgan repetitorlarni izlashingiz mumkin.Repetitorlarni onlayn qidiring:Internet repetitorlarni topish uchun kuchli vositadir. Toshkentda xizmat koʻrsatuvchi repetitorlarni topish uchun qidiruv tizimlari, taʼlim platformalari va eʼlonlardan foydalaning. Rank.uz, Superprof, Preply va boshqalar kabi platformalar ko'pincha repetitorlarning malakasi, tajribasi va sharhlari haqida ma'lumot beradi.Sharhlar va tavsiyalarni o'qish:Repetitorlar bilan dars olgan talabalarning fikr-mulohazalari va tavsiyalari sizga darslarning sifati va samaradorligi haqida qimmatli ma'lumotlarni berishi mumkin. Bizning platformamiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarni tekshiring va do'stlaringiz va oilangizdan maslahat so'rang.Malaka va tajribani tekshirish:Tanlangan repetitorning ushbu sohada kerakli malaka va tajribaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Uning ta'limi, kasbiy tajribasi va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalari haqida savollar bering.Sinov darsi:Ko'pgina o'qituvchilar bepul yoki arzon narxlardagi sinov darslarini taklif qilishadi. Bu ularning o'qitish metodologiyasini baholash, sizga mos keladimi yoki yo'qligini bilish va repetitorning muloqot qobiliyatini baholash uchun ajoyib imkoniyatdir.Jadval va narxlarni aniqlashtirish:Repetitor bilan darslar jadvalini, narxini va onlayn yoki yuzma-yuz darslarni tanlashni muhokama qiling. Jadval sizning mas'uliyat va resurslaringizga mos kelishiga ishonch hosil qiling.Intervyu va savollar:Yakuniy qaror qabul qilishdan oldin, o'qituvchi bilan qisqa suhbat o'tkazing. Uning metodikasi, o'qitishga yondashuvi, o'quv materiallaridan foydalanish va o'quvchiga individual yondashish haqida savollar bering.Doimiy fikr-mulohaza:Repetitor bilan ochiq muloqotni davom ettirish va darslar haqidagi taassurotlaringizni baham ko'rish muhimdir. Agar biror narsa sizga mos kelmasa yoki yaxshilash kerak bo'lsa, o'z fikringizni bildiring.Xulosa:Toshkentda eng yaxshi repetitorlarni topish vaqt va kuch talab qiladigan muhim va mas’uliyatli jarayondir. Yuqoridagi amaliy maslahatlar va strategiyalarga rioya qilish orqali siz ta'lim maqsadlaringizga muvaffaqiyatli erishishingizga yordam beradigan repetitorni topishingiz mumkin bo'ladi. Yodda tutingki, sifatli ta’lim kelajakdagi muvaffaqiyatlar garovidir va bunda to‘g‘ri repetitor tanlash muhim rol o‘ynaydi”.

 - Rank.uz