Toshkentdagi ingliz o'quv markazlari - Rank.uz

Toshkentdagi ingliz o'quv markazlari

Вчера 20:42

Taʼlim imkonsiz tuyulgan eshiklarni ochish, qoʻl yetmaydigan marralarni zabt etish imkonini beradi. Uning sifatli boʻlishi nafaqat shaxs, balki jamiyatning ham rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Buni yaxshi tushungan yoshlar ertasi uchun sarmoya kiritib, qoʻshimcha fanlar, xususan, xorijiy tillarni oʻzlashtirishni oʻz vaqtida boshlaydi. Dunyoning eng koʻzga koʻringan Amazon, Google va Microsoft singari kompaniyalarida eng yaxshi kadrlar qatorida faoliyat yuritayotgan oʻzbek yoshlarining muvaffaqiyat hikoyasi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Ulardek boshqalarga namuna boʻlish uchun esa hoziroq harakatni boshlash, birinchi navbatda xorijiy tillarni oʻzlashtirish kerak. Tanlov dunyoning istalgan burchagidagi inson bilan til topish imkonini beruvchi ingliz tilida toʻxtasa ayni muddao. Negaki, dunyoning 1.5 millionga yaqin aholisi mazkur tilda (ona tili va ikkinchi til sifatida) muloqot qiladi. Qolaversa, aynan ingliz tili internetda dominant hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, internetdagi 58 foizga yaqin kontent aynan ingliz tilida mavjud. Istalgan adabiyot va maʼlumotlarni xonadan chiqmay oʻrganish, xorijiy universitetlarga firmalar yordamisiz mustaqil hujjat topshirish va grand yutish, tarjimonsiz sayohat qilish imkonini beruvchi ingliz tilini oʻrganishning eng samarali usuli esa mutaxassislariga murojaat qilish hisoblanadi. Rank.uz til oʻrganishga qaror qilgan-u, lekin oʻquv markazlaridan qay birini tanlashni bilmay ikkilanib turgan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtdagi oʻquv markazlari haqida maʼlumotlar bilan muntazam boʻlishib boradi. Bugun esa eʼtiboringizga Toshkentdagi eng yaxshi, intensiv bilim beradigan, bir qancha afzalliklarga ega oʻquv markazlari haqida maʼlumot taqdim qiladi.


Everest Education


2012-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan Everest Education yuqori sifatli bilim berish bilan birga, nisbatan hamyonbop ekani bilan ham hamisha oʻquvchilarga limmo-lim oʻquv markazi hisoblanadi. Unga murojaat qiluvchilar soni koʻpligidan bugungi kunda markazning 8 ta filialida dars beriladi.

Ularning aksariyati transport, xususan, metroga yaqin joylashgan. U yerda siz Overall IELTS natijasi 8, hatto 8.5 boʻlgan oʻqituvchilar yordamida noldan boshlab, xalqaro imtihonlarni topshirish darajasigacha ingliz tilini mukammal oʻrganishingiz mumkin.

Afzalligi

Oʻz ustida ishlash va yangi marralarni zabt etish uchun hech qachon kech emas deb hisoblaydigan “everestchilar” qatʼiy tartib qoidaga asoslanib bilim berishdan tashqari, mahorat darslari, uchrashuvlar tashkil qilib muvaffaqiyatga erishgan shaxslar, native spekerlarni ham taklif qilib turadi.

Yakshanba kunlari oʻtkaziladigan Mock imtihonlari oʻquvchilar oʻzlarining ingliz tili borasidagi bilimlarini taxminiy baholash, atmosferani his qilish imkonini beradi.

Oʻquv markazining YouTube va Instagram sahifalarining juda ham faol ekani, ingliz tilini yaxshiroq oʻzlashtirish, oʻz ustida ishlash borasidagi materiallarning muntazam taqdim qilib borilishi yana bir oʻziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, “Everest podcasts” Oʻzbekistondagi IELTS imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotganlar, qolaversa IELTS instruktorlari uchun ham manfaatli loyiha hisoblanadi.


Cambridge oʻquv markazi


8 yillik faoliyati davomida 45 mingdan ortiq talaba taʼlim olgan Cambridge’da umumiy IELTS natijasi 9.0 gacha boʻlgan oʻqituvchilar dars beradi. “Yil brendi 2019-2020” mukofotiga loyiq topilgan oʻquv markazining Toshkent shahrida 9 ta filiali bor. Unda umumiy ingliz tilidan tashqari, IELTS, IELTS Rocket kurslari mavjud boʻlib, xohishga qarab individual va kichik guruhlarda shugʻullanish mumkin.

Afzalligi

Oʻquv kurslari Oxford University Press taʼlim tizimiga asoslangan holda oʻtiladi. Imtihonlarni maxsus kuzatuvchilar nazorat qilib turadi.

Oʻquvchilar darsdan tashqari vaqtlarda qoʻshimcha vazifalarni bepul kovorking zonasida bajarishi, koʻproq shugʻullanishi mumkinligi ham ijobiy tomonlaridan biri hisoblanadi.

Til oʻrganishda shunchaki dars davomidagi dasturlarni oʻzlashtirishning oʻzi kifoya emasligini yaxshi bilgan mutaxassislar har yakshanba kunlari bepul seminar, trening va muloqot klublari tashkil qiladi.


Internation school


Bu yil 22-iyulda 10 yilligini nishonlaydigan Inter nation school oʻquv markazi 2013-yilda tashkil qilingan. Markazning 8 ta filiali mavjud boʻlib, ularning deyarli barchasi qulay manzillarda joylashgan. 12 ming nafar oʻquvchi, 150 dan ortiq oʻqituvchini oʻz ichiga oladigan Inter nation schoolʼda Oksford universiteti (Oxford University Press) tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida dars oʻtiladi. Inter nation schoolʼning saytidagi foydalanuvchilar tomonidan yozilgan ijobiy fikrlar, oʻquv markazini tanlash nechogʻlik toʻgʻri ekaniga javob topish imkonini beradi.

Afzalligi

Oʻquv markazi sifatli taʼlim olish uchun zarur boʻlgan eng yaxshi ilgʻor texnologiyalar bilan taʼminlangan.

Ingliz tilini samarali oʻrganish va yuqori natijaga erishish uchun oʻqituvchi va oʻquvchilar interfaol usullardan, innovatsion va IT texnikalardan foydalanadi.

Dars jarayoni doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Yaʼni oy soʻngida darslarga qatnash va oʻzlashtirilgan bilimlarni tahlil qilish imkonini beruvchi hisobot taqdim qilinadi. Bu nimalarga eʼtibor berish, nimani ustida koʻproq ishlash kerakligi haqida bosh qotirish va chora koʻrish imkonini beradi.


Merit Education



Merit Education ham ingliz tilini innovatsion ravishda oʻrgatuvchi oʻquv markazlaridan biri sanaladi. Asosiy maqsadi “Toshkentda ingliz tilini oʻrganish uchun jahon standartlarini joriy etish va ingliz tilining darajasini koʻtarish”dan iborat. Taʼlim olganlar orasida IELTSʼdan 7 dan yuqori baho olgan oʻquvchilar bisyor. 5 yil ichida Merit Educationʼda 3000 dan ortiq oʻgʻil-qiz oʻqigan.

Afzalligi

Markazda General English, IELTSʼga tayyorlovdan tashqari, matematikani ingliz tilida oʻrganish imkoniyatini beruvchi, shuningdek, oʻquv yurtlariga tayyorlovchi va individual kurslar mavjud.

Gapga chechanlar yoki chechan boʻlishni xohlovchilar uchun “Speaking club” ham mavjud. Bundan tashqari jamoada xorijlik mutaxassislarni ham uchratish mumkinligi oʻquv markazining afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bu oʻquvchilarning muloqotda nimalarga eʼtibor berish kerakligi, qaysi kamchiliklari ustida ishlashi joizligi haqida xulosa chiqarishiga amaliy yordam beradi.

Talabalarni natijasini yaxshilash va koʻnglini koʻtarish maqsadida har yakshanba kunlari koʻngilochar tadbirlar, tanlovlar tashkillashtiriladi. Kino tomosha qilish, zakovat oʻyinlari, jamoa bilan bowlingga borish va pizza partylar shular jumlasidan.


London School


London School oʻquv markaziga 2018-yil 2-mart kuni asos solingan. Boshqa oʻquv markazlariga nisbatan yosh ekaniga qaramay, unda yuqori malakaga ega, hamisha yordam berishga shay oʻqituvchilar faoliyat yuritadi.

Afzalligi

Umumiy va IELTS tayyorlovidan tashqari, abituriyentlar uchun maxsus kurslarning mavjudligi oʻquv markazining oʻziga xosligidan darak beradi.

Bundan tashqari, “Pochemuchka London school” maxsus dasturi asosida bogʻcha va kichik maktab yoshidagi bolajonlarga ham ingliz tilidan dars beriladi.


Thompson School


Thompson School 2018-yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda 6 ta filiali bor oʻquv markazida 3000 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi.

Afzalligi

Abituriyentlar uchun maxsus IELTS speed up kursi mavjud. Unda ingliz tilini Pre-Intermediate darajasida bilgan oʻquvchi atigi ikki oy davomida IELTSʼdan 6-6,5 natija olish uchun tayyorlanadi.

2022-yilning oʻzida umumiy 1573 nafar talaba IELTSʼga tayyorlangan boʻlsa, undan 127 nafari 6.5, 683 nafari 6.0, 338 nafari 5.5 ball olgan.