O'zbekistondagi barcha ta'lim xizmatlari

O'quv markazlari, universitetlar, xususiy maktablar, repetitorlar va h.k.

Sarlavha bo'yicha qidiring yoki kerakli bo`limga o'ting

 - Rank.uz

Toifalar

Faqat kerakli bo`lganlari

EMU University - Rank.uz

EMU University

OTM lar

EMU University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

PDP University - Rank.uz

PDP University

OTM lar

PDP University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Xalqaro Nordik Universiteti - Rank.uz

Xalqaro Nordik Universiteti

OTM lar

Xalqaro Nordik Universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Diplomat University - Rank.uz

Diplomat University

OTM lar

Diplomat University - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Yangi asr Universiteti - Rank.uz

Yangi asr Universiteti

OTM lar

Yangi asr Universiteti - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

International School of Finance and Technology (ISFT) - Rank.uz

International School of Finance and Technology (ISFT)

OTM lar

International School of Finance and Technology (ISFT) - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

TMC Institute - Rank.uz

TMC Institute

OTM lar

TMC Institute - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Alfraganus university - Rank.uz

Alfraganus university

OTM lar

Alfraganus university - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

University of Digital Economics and Agrotechnologies - Rank.uz

University of Digital Economics and Agrotechnologies

OTM lar

University of Digital Economics and Agrotechnologies - Rank.uz

0.0 (0 Sharhlar)

Eng ko`p talab qilinadiganlari

Bu yerda siz yuqori talabga ega bo`lgan va istalgan turdagi o`quv muassasalari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lasz

O`quv yo`nalishlari

Faqat kerakli bo`lganlari

 - Rank.uz

Va foydali maslahatlar

Toshkentdagi barcha xususiy maktablar


Maktabga yosh avlodning fikri shakllanadigan ustaxona, deb taʼrif bergan fransuz yozuvchisi Anri Barbyus kelajakni boy bermaslik uchun uni mahkam ushlash kerakligini taʼkidlagan va bu bilan, aynan maktablarda beriladigan taʼlimning naqadar muhimligiga eʼtibor qaratgan. Adibning fikrlari nechogʻlik haqiqat ekanini esa taʼlim, xususan, maktablardagi bilimning sifatli boʻlishiga eʼtibor qaratish orqali bugungi kunda iqtisodiy, siyosiy va umuman har tomonlama rivojlangan, eʼtiborsizlik oqibatida esa aksincha tanazzul tomon ildamlayotgan mamlakatlar misolida bilish mumkin.“COOL KIDS”“COOL KIDS” oʻquvchilarga samarali taʼlim berish maqsadida tashkil qilingan yana bir oʻquv muassasalaridan biri hisoblanadi. Mazkur bogʻcha-maktab bolalarni nafaqat intellektual, balki ijodiy va sportga oid qobiliyatlarini ham rivojlantiruvchi markaz hisoblanadi. Bogʻchaga 2 yoshdan qabul qilinishdan tashqari, bolalar 1-sinfdan 11-sinfga qadar bilim olishlari mumkin sanaladi. Har bir bolaga differensial yondashuvdan tashqari, sinfdagi bolalar soni atigi 16 kishini tashkil qilishi afzalligidan biri hisoblanadi. Nega deganda, bola soni qancha kam boʻlsa, pedagogning ular bilan shugʻullanishi, individual tushuntirish imkoniyati shuncha koʻproq boʻladi. Darslar Oʻzbekistondagi davlat dasturi asosida, rus tilida oʻtiladi. Soat 8:00 dan 17:30 ga qadar faoliyat yuritadigan xususiy maktabda bolalar 4 mahal taomlanishi mumkin. Ingliz tili mashgʻulotlaridan tashqari, logoped bilan shugʻullanish imkoniyati ham mavjud. Tushlikdan keyin shaxmat, raqs, sambo va boshqalar bilan band boʻlinadi. Haftada ikki marotaba fransuz va xitoy tili darslari boʻlishi bilan birga, bolalar teatr va muzeylarga ham olib borib turiladi.Diplomat International SchoolFarzandlari aniq fanlar, xususan, matematikani yaxshi oʻzlashtirishini xohlaganlar uchun esa Diplomat International Schoolʼni tavsiya qilamiz. Negaki, aynan mazkur xususiy maktabda matematika chuqur oʻrgatilibgina qolmay, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ham eʼtibor qaratiladi. Ammo bu hali hammasi emas. Aniq fanlardan tashqari, ingliz tiliga ham urgʻu beriladi. Malakali pedagog hamda mutaxassislar nafaqat jismoniy va ijodiy, balki intellektual qobiliyatlar, shuningdek soft skillsʼni rivojlantirishga ham yordam beradi. Faqat darslarning oʻzi bilan cheklanib qolinmaydi, kun davomida 4 mahal sifatli mahsulotlardan tayyorlangan taomlar taqdim qilinadi. Qoʻshimcha ravishda teatr, raqs, fan, shaxmat bilan shugʻullanish mumkinligi esa bolalarning har bir vaqti samarali oʻtishini taʼminlaydi.Erudite EducationErudite Education esa oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishni maqsad qilgan muassasalardan biri hisoblanadi. Asosiy eʼtibor intellektni rivojlantirishga qaratiladi. Bolalar karate, sport gimnastikasi singari sport seksiyalarida shugʻullanadi. Shaxmat, tasviriy sanʼat bilan shugʻullanish, xoreografiya va teatr mashgʻulotlariga qatnash imkoniyati mavjud. Bolalarning salomatligi muhimligi esa albatta yoddan chiqmaydi. Shuning uchun ham bolalarga toʻgʻri ovqatlanish oʻrgatiladi. Maktabda professional yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan logoped va bolalar psixologi faoliyat yuritadi. Yana bir alohida eʼtirofga loyiq jihati, kutubxona maktabdagi eng asosiy va muhim joylardan biri sanaladi. Unga bolalar qiziqarli maʼlumotlarni olish uchun murojaat qiladi. Boshlangʻich sinflarga kutubxonachi kitoblar oʻqib beradi, ular bilan diskka yozilgan hikoya va ertaklarni birgalikda tinglaydi.Goldstars School“Goldstars school” oʻquv muassasasi boʻlsa zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy taʼlimni umumlashtirgani bilan oʻziga xosdir. Ushbu xususiy maktab oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga, darslarning qiziqarli va samarali boʻlishiga ham alohida eʼtibor qaratadi. U yerda sohasidan tashqari, bolalar bilan qanday muomala qilishni biladigan tajribali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Maktabda umumiy taʼlim dasturidan tashqari, qoʻshimcha fanlar ham mavjud boʻlib, bu bolalarning qiziqishlarini anglash, undan kelib chiqib, individual yondashish imkoniyatini beradi. Kunning birinchi yarmida asosiy darslar boʻladigan boʻlsa, ikkinchi yarmida qoʻshimcha, xususan, sanʼat, hunarmandchilik, musiqa, ingliz vokal klubi singari mashgʻulotlar bilan band boʻlish mumkin. Qolaversa, aqliy arifmetika, sport mashgʻulotlari, robototexnika, shaxmat va shashka, shuningdek, tasviriy sanʼat toʻgaraklarining eshiklari oʻquvchilar uchun muntazam ochiq.NewTone schoolNewTone — ingliz tilini chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan xususiy maktab. Ushbu muassasada boshlangʻich va oʻrta maktab yoshidagi bolalarga qiziqarli va samarali oʻquv dasturi asosida dars oʻtiladi. Asosiy darslardan tashqari, qoʻshimcha mashgʻulotlar borligi hisobiga maktab 8:30 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Kun boʻyi ishda boʻladigan va farzandining bekorchi ishlarga chalgʻimasligini istaydigan ota-onalar uchun esa bu ayni muddao sanaladi. Negaki, farzandingiz kun davomida dars va foydali mashgʻulotlar bilan mashgʻul boʻlishdan tashqari, doimiy ravishda nazoratda boʻladi. Ota-onalarning onlayn nazorat qilib turish imkoniyati borligi esa afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bolalar 18:00 ga qadar dam olish xonalaridan foydalanishi, ovqatlanishi mumkin. Gimnaziyada ingliz tilining oʻzi bilangina cheklanilmaydi, fransuz va matematikani ham chuqur oʻrgatiladi. Sinflarda oʻquvchilar sonining 20 nafardan oshmasligiga eʼtibor beriladi.Intellect schoolIntellect school farzandlari faqatgina darslar bilan cheklanmasdan, foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlishi va kelajakda oʻsha qiziqqan sohasida muvaffaqiyatga erishishini istovchilar uchun munosib tanlovdir. Maktabda dastur asosidagi fanlar oʻqitilishi bilan kifoyalanilmaydi. Darslar yakuniga yetgach bolalar oʻqituvchilari bilan birga uy vazifalarini bajaradi, qiziqtirgan savollarga javob topadi.Kun davomida esa yigit-qizlarga 5 mahal ovqat taqdim qilinadi. Bu ishdan kech qaytishga majbur-u, ammo farzandi bilanshugʻullanolmayotganidan koʻngli toʻlmaydigan ota-onalar uchun qulaylik yaratadi. Yana bir jihati, bolalar uydan kitob-daftarlari solingan portfellar bilan qatnab yurishiga hojat yoʻq. Ular barcha darslik va oʻquv qurollarini maktabdagi shaxsiy shkaflarida qoldirishi mumkin.Bundan tashqari, suzish, karate, kompyuter, musiqa va mehnat mashgʻulotlari ham mavjud. Oʻquvchilar eslab qolish, arifmetika va boshqa xorijiy intellektual musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.Evrika2008-yilda tashkil qilingan Evrika xususiy maktabi oʻquvchining bilim darajasidan kelib chiqib, individual dastur asosida taʼlim berishi bilan oʻziga xosdir. Bugunki kunda mazkur maktab uchta filial va maktabgacha taʼlim muassasasini oʻz ichiga oladi. Bunday yondashuv va innovatsion-interfaol usullardan foydalanish bolalarning bilim darajasini oshirishga, rivojlantirishga hissa qoʻshadi. Darslarning qiziqarli va samarali boʻlishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Har bir bolada oʻziga xoslik borligi inobatga olinib, ularning shaxs sifatida rivojlanishi, fikrlashiga yordam beriladi. Bitiruvchilarining bir necha yil qatorasiga xalqaro musobaqa va tanlovlarda gʻolib boʻlishi esa maktabdagi taʼlim va tayyorlov haqida xulosa qilish imkonini beradi. Soat 8:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadigan maktabda kimyo va biologiya laboratoriyalari, sport zal va futbol maydoni, shuningdek, basseyn mavjud. Kun davomida 4 mahal ovqat taqdim qilinadi. Darslardan tashqari, oʻquvchilar xohish va qiziqishlaridan kelib chiqib turli mashgʻulotlarga qatnashi mumkin.

Eng yaxshi buxgalteriya kurslarini qanday tanlash mumkin?


Buxgalteriya hisobi sohasida ta'lim xizmatlarini olish uchun to'g'ri ta'lim muassasasini tanlash oson ish emas.O'qituvchiO'quv markazini tanlashning eng muhim mezonlaridan biri - o'qituvchining malakasi va uning tajribasi. Darsni olib boradigan o'qituvchidan rezyumeni so'rash kerak. O'qituvchining amaliy ish tajribasini o'rganib chiqib, siz o'qituvchining buxgalteriya hisobi va moliyani o'qitishda hayotiy vaziyatlardan foydalangan holda qanchalik malakali bo'lishini tushunishingiz mumkin.O'quv rejasi va materialiBuxgalteriya hisobini o'qitish markazini baholashda yana bir muhim omil - bu o'quv rejasi va o'quv materiallari. Buxgalteriya hisobi bo'yicha trening provayderini tanlashdan oldin, ushbu dastur qamrab olgan mavzularni tavsiflovchi o'quv dasturini talab qilish muhimdir. Bunday ma'lumotlarni oldindan olish o'quv dasturining hajmini aniq belgilash imkonini beradiBoshqa omillarBuxgalteriya hisobi bo'yicha o'quv markazi yoki buxgalteriya kursini tanlashda kursning davomiyligi, darslar chastotasi, bir guruhdagi talabalar soni, o'quv markazining geografik joylashuvi va kurs oxirida sertifikat yoki diplom olish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni hisobga olish juda muhim element hisoblanadi. kurslar.Qayerdan izlash kerak?Buxgalteriya kurslarini, buxgalteriya kurslariga o’qitadigan o‘quv markazlarini topish uchun  shunga o‘xshash xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan rank.uz saytiga kirishingiz mumkin.Barcha o‘quv markazlarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havolaga o‘ting:Rank.uz

Maktab o'quvchilari darslardan keyin nima bilan shug'ullansin?


Zamonaviy maktab o'quvchilari nafaqat maktablarda ta'lim olishadi.Bugungi kunda, ularning hayotida ko'plab seksiya va to'garaklar o'rin olgan.Ko'pgina ota-onalar turli sabablarga ko'ra: bolalarning bo'sh vaqti imkon qadar band bo'lishi kerak hisoblashadi.Ba'zilar: bolalarning darslardan keyin sayr qilib,  yomon davralarga qo'shilib qolishidan qo'rqishadi, boshqalari esa kunning qolgan qismini: qo'shimcha bilimlar egallab foyda bilan o'tkazishini istaydilar.Ammo,  muvozanat haqida esdan chiqarmaslik-muhimdir.Toshkent shahridagi bolalar uchun o'quv markazlarini izlashdan oldin, bola bilan suhbatlashib, u nima istayotganini va uning qiziqishlarini tushunish kerak.Toshkent shahridagi bir nechata joylarga borish, ijodkorlik uyi, rivojlanish markazlari va sport seksiyalarini ko'rsatish mumkin.Va nihoyat shundan so'ng, maktab darslaridan tashqari qo'shimcha mashg'ulotlar haqida qaror qabul qilish kerak.Bunday joyni qaerdan topish mumkin?Eng yaxshi variant- uyning yonidagi, hattoki maktabingizning ichidagidir.Ushbu holda siz: bolaning tanish muhitda ekanligini bilasiz hamda bu yondashuv yo'lga sarflanadigan pul, vaqt va kuchni a'lo darajada tejaydi.Axir, ko'p hollarda maktabda qoshida sport seksiyalari, teatr studiyalari, til kurslari va boshqa to'garaklar faoliyat ko'rsatadi.So'nggi paytlarda, mental arifmetika bo'yicha mashg'ulotlar ham keng tarqalmoqda.Agar siz: o'zingizni va farzandingizni qiziqtira oladigan biror narsani topa olmagan bo'lsangiz, Toshkent shahrida bolalarni rivojlantirish markazlaridan birini tanlashingiz mumkin.Bu barcha mavjud mashg'ulotlarni jamlangan ko'p tarmoqli o'quv markazlaridir.Bola borib-kelish vaqtida yo'lda toliqmasligi uchun tanlangan maskanning uydan uzoq bo'lmasligiga e'tibor bering.Odatda, bunday markazlarda mashg'ulotlar ro'yxati deyarli bir xil:Ijodiy to'garaklar;Tasviriy san'at;Musiqiy yo'nalishlar;Til kurslari;Texnika to'garaklari;Sport swksiyalari va boshqalar.Ammo so'nggi paytlarda, ota-onalar, o'z farzandlari uchun faqatgina Toshkent shahridagi ingliz tili kurslarini emas, balki kichik yoshdan dasturlash va kompyuter savodxonligi kurslarini ham qidirmoqdalar.Bu ikki yo'nalishlarga ehtiyoj, ayniqsa, shu turdagi mutaxassislarga bo'lgan talab tufayli juda dolzarbdir.Ta'limga sarmoya?Albatta, birinchi galdagi masala, turli kurslaring to'lov pulidir.Ko'pincha, ota – onalar uchun eng maqbul yechim Toshkent shahridagi maktabdan keyingi qo'shimcha mashg'ulotlardir.Tan olish kerakki, bunday muassasalar quyidagi asosiy xizmatlar, shu jumladan, eng muhimi, uy vazifasini bajarish, ovqatlantirish va bolaning qo'shimcha rivojlanishi paketini taklif qiladilar.Bunday qo'shimcha mashg'ulotlarni, odatda, o'z maktabingiz hududida topishingiz mumkin, to'lovi ham o'rtacha, juda qimmatga tushmaydi.Xususiy qo'shimcha mashg'ulotlar to'lovi qimmatroqdir, chunki maktab darslaridan keyin bolalarga taomlanish, uy ishlarini bajarish va qo'shimcha mashg'ulotlarda qatnashish taklif etiladi.Agar alohida kurslarga e'tibor qaratsak, til kurslarining narxlari ko'plab omillarga (o'qituvchining tajribasi, ingliz tili darajasi, guruh yoki individual faoliyat) bog'liq.Ijodkor shaxsni rivojlantirish uchun musiqa, rasm, raqs, qo'shiq kurslarini topishingiz mumkin, odatda ular unchalik qimmat emas.Bolalar bunday tashkilotlarga haftasiga ikki-uch marta qatnaydilar, bunday tarzda ularning uy mashgulotlari va hovli o'yinlari uchun ham vaqti qoladi.Sport seksiyalariSportga kelsak, yilning istalgan faslida suzish dolzarbdir.Murabbiy bilan mashg'ulotlarga obuna bo'lish yanada foydaliroqdir.Hovuzda suzish salomatlikni mustahkamlaydi hamda bolalarning o'zlari ham suvda suzishni yaxshi ko'radilar, bu asab tizimiga va hissiy sog'likka ijobiy ta'sir ko'rsatadi.So'nggi paytlarda, Toshkentda ot yurihsga ham talab katta.Ha, siz yanglishganingiz yo'q, bizda ot ustida yurish mashg'ulotlarini tashkil etadigan maxsus tashkilotlar bor, lekin odatda bu qimmat turuvchi zavqdir.Ko'pgina o'g'il bolalar, bugungi kunda barcha tumanlarda ochilgan futbol seksiyalariga ishtiyoq bilan qatnaydilar, qizlar esa sport raqslari va gimnastika kabilarni yoqtiradilar.Qanday qaror qabul qilishingizdan qat'iy nazar, farzandingizning yoshi, xulq-atvori va qiziqishlarini hisobga oling.Shundagina, tanlangan mashg'ulot sizga va farzandlaringizga foyda keltiradi.

Dasturlashni o'rganish nimadan boshlanadi?


Dasturlash- yaratuvchan va ijodkor inson uchun o'z salohiyatini ochishga imkon beruvchi juda qiziqarli faoliyat.Agar siz dasturchi bo'lishni xohlasangiz, avval hamma narsa nimadan boshlanishini bilib olishingiz kerak.Mazmun jihatdan dasturlash deb- kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan maxsus dasturlar yoki buyruqlarni yozishga aytiladi.Shu bilan birga, buyruqlar turli dasturlash tillarida yozilishi mumkin.Biroq shini hisobga olish kerakki, har bir dastur toifasi uchun ma'lum bir til qo'llaniladi.Shuning uchun, Toshkentda yangi o'rganuvchilar uchun dasturlashni qidirishdan oldin, avval tilni aniqlab olish kerak.Kelgusida zarur bo'lgan boshqa tillarni ham o'rganish mumkin bo'ladi.C, C++ va shunga o'xshash boshqa tillar.Odatda, bu variant oddiy kompyuter dasturlarini yaratish uchun ishlatiladi, shuning uchun yangi o'rganuvchilar uchun juda mosdir.Oxirgi paytlarda, C# til ommalashdi.JavaScript yoki Java.Ushbu tillar saytlar uchun mobil ilovalar va plaginlarni yaratish uchun foydalidir.Shuni ta'kidlash kerakki, bu ehtiyoj juda katta tillar bo'lib, agar mohir dasturchi bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ularni o'rganish ortiqchalik qi'lmaydi.Python tili- turli platformalarda ishlatiladi va uni o'rganish qiziqdir.Mutaxassislar, bu yangi o'rganuvchilar uchun maqbul variant deb hisoblashadi, chunki uni o'rganish juda oson.Toshkent shahridagi dasturlash kurslari boshqa muqobil dasturlash tillarini ham ko'rib chiqish imkonini beradi.Aslida, ularning soni ko'p, har bir variantning o'z mo'ljallanishi bor.Biroq,shuni nazarda tutish kerakki, malakali dasturchi kamida ikki tilda ishlashni bilishi kerak.Shuning uchun, hozirdanoq Toshkent shahrida dasturlashni noldan boshlash degan izlanishni boshlash kerak.Dasturlashni o'rganishni qanday boshlash kerak?Albatta, birinchi navbatda o'quv markazi va tajribali mualimni topish kerak.Toshkent shahridagi zamonaviy dasturlash maktablariga qanday talablarqo'yiladi ?- ushbu sohada ish tajribasi;- malakali mualimlar;- jihozlangan xona (dasturlashni amaliy mashg'ulotlarsiz o'rganish mumkin emas, shuning uchun har bir talabaning shaxsiy noutbuki bo'lishi kerak);- zamonaviy ta'lim uslublari;- o'qish yakuni bo'yicha sertifikat (ehtimoliy ish beruvchilar ishga qabul qilishdan oldin dasturchining bilimiga ishonch hosil qilishni istaydilarku).Tavsiyalar.Toshkent shahrida dasturlashga so'nggi yillarda talab ortib bormoqda.Chunki, deyarli barcha kompaniyalar onlayn platformalarga o'tishmoqda yoki boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirishga harakat qilishmoqda.Shuning uchun, kurslarga qatnashdan tashqari, o'z mahoratini mustaqil ravishda ham rivojlantirish kerak.Buning uchun, eng so'nggi ko'rinishda bo'lgan yaxshi ma'lumotnomani keltirish mumkin.Mutaxassislar dasturlashning mohiyatini tushunish uchun yengil tillardan boshlashni tavsiya qilinadi, keyin esa murakkab darajaga o'tsa bo'ladi.Bilim olish yo'lida juda jiddiy to'siqlar duch kelish mumkin, shuning uchun o'zini izlanishlarni davom ettirishga ilhomlantirish kerak.Toshkent shahrida dasturlash bo'yicha o'qishni izlayapsizmi?O'quv markazlarining reytingini o'rganish va sobiq talabalarning fikr-mulohazalari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.Menejerlarga, kelgusida esa mualimlarga savollar berishdan tortinmang.Barcha nazariy mashg'ulotlarni amalda qo'llang, mantiqiy muammolarni hal qiling.Misol uchun, Java tili juda ko'p tarmoqli hisoblanadi, shuning uchun uni o'rganishda o'ta sinchikov bo'lish kerak.Va nihoyat, Eclipse kabi foydali dasturlar mavjud bo'lib, ular kodlardagi xatolarni topishga yordam beradi, barcha ishlarni o'z vaqtida tuzatadi va tahlil qiladi.Bunday yordamchi dasturlar- tajribali dasturchilar uchun ham va yangi o'rganayotgan dasturchilar uchun ham a'lo darajali quroldir.

Toshkentda qaysi oliy o’quv yurtiga o’qisa bo’ladi?


Universitetga kirish haqida gap ketganda, bo'lajak abituriyentlar titraydilar va asabiy ravishda ko'zlarini silkitadilar. Sizning hayotingiz o'zgarmoqchi – qanday qilib tashvishlanmaslik kerak? Ushbu maqolada Toshkentdagi yaxshi obro'ga, kuchli o'qituvchilar tarkibiga va imtiyozlarga ega bo'lgan eng yaxshi universitetlar ro'yxati keltirilgan.Poytaxtdagi eng yaxshi 3 ta universitetRejalar tuzishdan oldin, maqsad haqida qaror qabul qilishingiz kerak. Tanlov qilishni osonlashtirish uchun o'zingizga savollar bering:Sizni qanday kasb qiziqtiradi? Qaysi sohalarda ishlashni xohlaysiz?Qaysi universitetlar ushbu kasbni o'rgatishi mumkin?Siz turli xil variantlarni ko'rib chiqishingiz va maqsadlaringizni unutmasligingiz kerak.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi ToshkentdaRossiya byudjet muassasasining filiali iqtisodiy fanlarga ixtisoslashgan. U 25 yoshga to'ldi va shu vaqt ichida O'zbekistonda raqobatbardosh xorijiy universitet hisoblanadi. U o'zining kuchli o'qituvchilari va ulug'vor tarixi bilan mashhur.  Plexanova nomidagi akademiya ta'limi rus tilida olib boriladi va kunduzgi o'qish imkoniyati mavjud. Fakultetlar:Xalqaro savdo.Tashkilotlar va korxonalar iqtisodiyoti.Moliya va kredit.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.Analitik iqtisodiyot va ekonometrika.Biznes va tahlil.Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU)Nizomiy nomidagi pedagogika instituti Toshkentdagi eng yaxshi universitetlar reytingida 2-o'rinda joylashgan. 15000 talabani qabul qiladigan eng yirik ilmiy va ta'lim markazidir. Ijodkorlikni ochib beradigan sifatli ta'lim beradi, amaliyot olish va mutaxassislar bilan tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratadi.Fakultetlar:Axborot tizimlari va texnologiyalari.Matematika va informatika.Kimyo.Tarix.Biologiya.Geografiya va iqtisodiyot asoslari.Chet tili va adabiyoti: ingliz tili.Fizika va astronomiya.Toshkent moliya institutiShahardagi etakchi universitetlardan biri. Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Moliya instituti kelajakdagi iqtisodchilar, menejerlar, moliyachilar, advokatlarni tayyorlaydi.Fakultetlar:Iqtisodiyot.Baholash ishlari.Soliqlar va sug'urta.Buxgalteriya hisobi va audit.Byudjet hisobi va g'aznachilik.Bank ishi.

Toshkent shahrida yangi o'rganuvchilar uchun internet-marketing


Internet-marketing sohasida muvaffaqiyat qozonishni istagan, endi ish boshlamoqchi bo'lgan mutaxassislar juda tez taslim bo'ladilar.Chunki hamma narsa birinchi qarashda – juda oddiy tuyuladi, lekin bir jiddiy digital kampaniya buning aksini isbotlashi mumkin.Internet-marketing qat'iy mehnatni, mas'uliyatni va eng muhimi bilimlarni talab qiladi.Internet-marketingning asoslarini, mutaxassislar:  maqola va saytlardan qanday qilib to'g'ri foydalanishni batafsil so'zlab va ko'rsatib  ma'lumot beradigan maxsus kurslarda o'zlashtirish mumkin.Yangi ish boshl'agan internet-marketologi, o’z faoliyatining muvafaqiyati bog'liq bo'lgan turli xil marketing vositalaridan foydalanishni bilishi kerak.Vositalar va uslublarni puxta o'rganish, ular bilan ishlashni tahlil qilish- global tarmoqda foyda keltiradigan biznesni yaratishga imkon beradi.Albatta, ba'zilar Toshkent shahrida internet-marketingni o'rganish maxsus kurslarga borishni talab qilmaydi, deb hisoblaydilar.Har qanday kasbni masofadan turib o'rganish juda qiyin, bu erda sahna ortida ko'rinmaydigan ko'plab nozik jihatlar mavjud.Shu boisdan, barcha zaruriy bilimlarga ega bo'lish, eng dolzarb strategiyalar haqida ma'lumot olish, o'z vositalar to'plamini kengaytirish uchun Toshkent shahridagi yangi o'rganuvchilarga mo'ljallangan SMM kurslariga ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz.Yangi o'rganayotganlar uchun maslahatlar.Uzoq muddatli rejalar qurish.Har qanday qisqa muddatli imkoniyatga oqilona sarmoya kiritish kerak, bu kelajakda daromad olish imkonini beradi.Shuning uchun to'g'ri tanlangan ta'lim dasturiga pul sarflash zarur.O'z ishining ustalari tomondan yordam.Internet-marketing sohasidagi mutaxassisgina ushbu kasbning barcha nozik taraflarini tezroq o'rganishga yordam bera oladi.Aks holda, sizda, biror narsani eplay olmaydigan minglab qiziqishga ega shaxslardan biri sifatida qolib ketish xavfi mavjud.O'quv dasturi.Agar Internet marketingga noto'g'ri yondashilsa, har qanday sarmoyalar besamar bo'lishi mumkin.So'nggi paytlarda, internetda onlayn kurslar haqida e'lonlar ko'p, ammo amalda siz zaruriy ma'lumotlarni egallay olmasligingiz mumkin, buning natijasida vaqt va pulni yo'qotasiz.Faqat, Toshkent shahridagi internet-marketing bo'yicha professional kurslargina, onlayn mutaxassislikni o'zlashtirish bo'yicha rejangizning amalga oshishiga yordam beradi.Kurslarda nimalarni o'rganish mumkin?Agar sizning, internetda biznesni rivojlantirish bo'yicha kurslarga muhtoj ekanligingizga ishonchingiz komil bo'lmasa, o'z ishining ustalari sizga yordam bera oladigan quyidagi nuqtalarga e'tibor qarating.Shunday qilib, siz quyidagilarni o'rganasiz:O'z maqsadli auditoriyangizni aniqlash, uni topish va qiziqtirish.O'zingiz sotuvlarni amalga oshirmagan holda boshqalarga foydali xaridlarni amalga oshirishga yordam berish.Mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish to'g'risida qarorni o'zi qabul qiladigan mijoz bilan ishlashni o'rganish.O'z mijozlarining ko'ngliga yo'l topish. Bu oson emas, chunki turli xil insonlar bilan umumiy til topishish kerak.Internet-marketingning asosiy vositalaridan biri bo'lgan veb-saytni yaratish, ishlab chiqish va rivojlantirish.SEO-targ'ibot bilan ishlash, kontekstli reklama joylashtirish, saytdagi trafikni oshirish.A'lo darajali obro'ga ega mutaxassis bo'lish.E-mail marketing yordamida mijozlar bilan aloqa tizimini yo'lga qo'yish.Up-sell va back-end amaliyotlari orqali daromad olish.SMM vositalaridan to'liq foydalanish.Yangiliklardan xabardor bo'lish va o'z ishingizga o'z vaqtida o'zgartirishlar kiritish.Ko'rib turganingizdek, kurslarga qatnash, nazariy va eng muhimi, amaliy mashg'ulotlar orqali siz Internet-marketing sohasida ishlash uchun juda ko'p foydali ko'nikmalarga ega bo'lasiz.Ammo eng muhimi, o'z ishining ustasi bo'lgan mualimlar bilan siz birinchi buyurtmani bajarasiz, xatolarni muhokama qilasiz va ish tamoyilini yaxshiroq tushunishingiz mumkin.Ta'limga kiritilgan bunday mablag albatta o'zini oqlaydi!Ta'lim bosqichidayoq qimmatli ish tajribasiga ega bo'lasiz, oqibatda siz o'zingizning noyob ish strategiyangizni ishlab chiqa olasiz.

Yangi boshlanuvchilar uchun buxgalteriya kurslari!!


Qadrli Dostlar! "Clever Generation" oquv markazimiz buxgalteriya, 1C 8.3 programmasi hamda soliq hisobotlari haqida tushunchalarni uchun kurs tashkil qilmoqda. Darslar haftada uch marta 1 soattan olib boriladi guruh va individual tartibda !! Kursning davomiyligi uch oyni tashkil qiladi.Narhi bir oyda 1 200 000 gruppada, 1 500 000 individal darslar.

 - Rank.uz