Repetitor yoki o'quv markazida ingliz tilini o'rganishning eng yaxshi usuli qanday? - Rank.uz

Repetitor yoki o'quv markazida ingliz tilini o'rganishning eng yaxshi usuli qanday?

Вчера 20:42

Ingliz tilini bilish zamonaviy dunyoda katta afzalliklarga ega ekanligi hech kimga sir emas, ammo hamma ham bu tilda bolalikdanoq erkin gaplasha olmaydi.

Agar siz ingliz tilini o'rganishni xohlayotgan bo'lsangiz yoki ish yuzasidan shunga majbur bo'lsangiz yoki ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatga ko'chib o'tishni istasangiz, nima qilish kerak bo'ladi?

Albatta, Toshkent shahridagi ingliz tili kurslariga yozilish yoki repititor topish.

Bu erda birinchi boshqotirmaga duch kelasiz.

Qaysi birini tanlash kerak?

Repititorlar bilan individual mashg'ulotlarnimi yoki o'quv markazida guruhli ingliz tili kurslarinimi?

Keling, buni ko'rib chiqaylik.

Toshkent shahrida ingliz tilini o'rganishni xohlovchi odamlar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda hamda ularning aksariyati repetitor bilan yuzma-yuz shug'ullanish, guruhda shug'ullanishdan ko'ra yaxshiroq va samaraliroq deb hisoblaydilar.

Ha, repititor barcha e'tiborini va kuchini muayyan talabaga yo'naltiradi, buning natijasida repititor va talaba o'rtasida yuqori darajadagi diqqat jamlanishiga erishilganlishi tufayli mazkur tuzilma istiqbolli ko'rinishi mumkin.

To'g'ri tanlangan, malakali mualim siz bilan, sizning fe'lingiz va ruhiy holatingizning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holda ishlaydi, buning natijasida ta'lim jarayonini- siz uchun yuqori darajada qulay va samarali bo'ladi.

Avvalambor, siz uchun qulay bo'lgan jadval bo'yicha shug'ullanish, shuningdek, u bo'yicha mashg'ulot vaqtini o'zgartirish yoki to'g'rilash imkoniyati shubha uyg’otmaydigan afzallikdir.

Bunday olganda: "Qaysi birini tanlash kerak?" degan savolga javob topilgandek ko'rinadi, biroq: mualim bilan yuzma-yuz shug'ullanish tuzilmasi ba'zi kamchiliklardan holi emas.

Birinchi o'ta yoqimsiz omil- bu bilimlarni yetkazib berish usuliining o'zgarmasligi.

Mualim faqat sizga e'tibor qaratganligi sababli, u, siz ma'lumotlarni yaxshiroq qabul qiladigan  odatiy sur'atda ishlashga harakat qiladi.

Shunday qilib, har bir dars avvalgisiga o'xshab boraveradi.

Barcha mashg'ulotlar faqat juftlikda amalga oshirilgani tufayli, siz: ingliz tilidagi u yoki bu so'zlar yoki jumlalar boshqa odamlarning nutqida qanday yangrashini eshita olmaysiz.

O'z ko'nikmalaringizni boshqa birovlar bilan taqqoslay olmaysiz.

Siz: tilni yetarli darjada yaxshi bilaman deb o'ylaysiz, hech kim bilan musobaqa qila olmaysiz va o'zingizni taqqoslay olmaysiz

Agar sizning: tilni ma'lum bir vaqt ichida va ma'lum bir darajagacha o'rganish uchun aniq va jiddiy maqsadingiz bo'lmasa, siz tez orada katta ehtimol bilan mashg'ulotlardan zerikib qolasiz.

Tilni o'rganish uchun qiziqish bo'lishi, mashg'ulotlar imkoni boricha qiziqarli bo'lishi kerak, buning uchun u yoki bu vazifani yoki mavzuni muhokama qilish mumkin bo'lgan bir nechta suhbatdoshlar bo'lgani ma'qul.

Agar suhbat ingliz tilida olib borilsa, bu siz uchun o'ta samarali bo'ladi.

Toshkent shahridagi o'quv markazida, hamfikrlar doirasida ta'lim olishning bir qator ijobiy va salbiy tomonlari bor.

Eng asosiy kamchilik, bu ingliz tili mualimsining har bir talaba uchun yetarli darajada vaqt va e'tibor ajratishga imkoniyatiga ega emasligi.

Bunday holda, mualim bilimlarni etkazib berishning guruhdagi barcha yoki ko'pchilik ishtirokchilari uchun samarali bo'lgan texnikasidan foydalanishga harakat qiladi.

Navbatdagi kamchilik- ingliz tili o'quv markazi tomonidan belgilangan mashg'ulotlar vaqtini, bir talaba tufayli boshqa vaqtga o'tkazish imkoniyatining mavjud emasligi.

Biroq, bu bir tarafda afzallikdir, chunki biror narsaning vaqtini ko'chirish, kechiktirish imkoniyatining mavjud emasligi, insonda intizomni tarbiyalaydi va dangasalik omilini kamaytiradi.

Talabalar guruhida shug'ullanishning, shubha uyg’otmaydigan afzalliklaridan biri- ingliz tilida o'zaro muloqot qilish imkoniyatidir, bu shubhasiz ko'nikmalarni rivojlantiradi, shuningdek, muayyan so'zlar va jumlalar talaffuzining to'g'riligi haqida ba'zi xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Ehtimol, guruhda shug'ullanish va kurslarga qatnashishning eng katta afzalligi- bu insonning shaxs sifatida rivojlanishi bo'lsa kerak.

Guruhda sizga: boshqa ishtirokchilar oldida nutq so'zlash, o'z fikrlaringizni bildirish, o'z mahoratingizni ko'rsatish va hatto boshqa talabalar bilan musobaqalashish imkoniyati beriladi.

Ushbu imkoniyat, shubhasiz, nutq, muloqot va yetakchilik qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi.

Jamoada ishlash sizga: o'zingizga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi va o’zingizni erkinroq his qilishga yordam beradi, chunki har safar mualim sizga savol bilan murojaat qilganda o'zingizni va barcha bilimlaringizni namoyon qilishingiz mumkin.

7 kishidan iborat jamoa to'laqonli guruh hisoblanadi, agar guruhdagi talabalar kamroq bo'lsa, guruhdagi mashg'ulotlarning ta'siri sezilarli darajada past bo'ladi.

Bundan quyidagi kelib chiqadi, Toshkent shahrida  ingliz tilini bo'yicha repetitor bilan yuzma-yuz shug'ullanish, vaqti kam va aniq maqsadga ega bo'lganlar uchun qulayroq variantdir, bu esa ingliz tilini ma'lum darajaga qadar bilishni talab qiladi.

Agar siz shunga qaramay, Toshkent shahrida ingliz tili repititorini yollab va u bilan yuzma-yuz shug'ullanishga qaror qilgan ekansiz, mualimni tanlashda juda e'tiborli bo'lishingiz kerak.

Bugungi kunda ingliz tili bo'yisha repititor topish nisbatan oson, ammo mutaxassislarning so'rovnomalarini diqqat bilan o'rganib chiqing, ularning ta'lim darajasi va ish tajribasi haqida ma'lumot toping.

Agar u yoki bu repititor haqida fikr-mulohazalarni o'qish imkoniyati mavjud bo'lsa, buni albatta amalga oshiring.

Axir, tilni o'rganish qanchalik tez va samarali bo'lishi mutaxassisga bog'liq.

Toshkent shahridagi ingliz tili o'quv markazida, 7 kishidan kam bo'lmagan guruhda ta'lim olish varianti, 1-2 - yillar davomida tilni o'rganishda ilg'or darajaga erishmoqchi bo'lgan insonlar, shuningdek, o'quv jarayonining o'zi va suhbatdoshlarning mavjudligi katta rol o'ynaydiganlar uchun juda mos keladi.