O'quv markazini qanday to`g`ri tanlash kerak - Rank.uz

O'quv markazini qanday to`g`ri tanlash kerak

Вчера 20:42

Turmushning hozirgi sur'atida, Toshkent shahrida qo'shimcha ta'lim olish juda dolzarbdir, chunki ko'pincha, aynan shu holat  tahsil oluvchilarga imkon qadar tezroq bilim olishga yordam beradi.

Bundan tashqari, ushbu uslub: ta'lim muassasalarida u yoki bu bilimlarni olmagan odamlarga katta yordam beradi, chunki maktabda yoki universitetda har doim ham,  bizga kelajakda kerak bo'ladigan ma'lumotni to'liq o'zlashtira olamaymiz.

Hozirgi kunda har bir inson mustaqil ta'lim olish va rivojlanishga intilmoqda, bunga ko'p hollarda Toshkent shahrida mavjud bo'lgan ko'plab o'quv markazlari yordam bermoqda.

Lekin alal-oqibat, Ko'p sonli turli xil va tahsil oluvchilarni o'ziga jalb qiluvchi kompaniyalari orasidan, qanday qilib eng yaxshi va eng munosib markazini tanlash olish mumkin?

Buning uchun avval boshidanoq, siz, albatta, qanday bilimlarni olishni xohlayotganingizni aniqlab olishingiz kerak.

Ushbu savolga javobni aniqlab olganingizdan so'ng, mos o'quv markazini qidirishni boshlashingiz mumkin.

Do'stlaringiz, tanishlaringiz, qarindoshlaringizdan so'rab-surishtiring.

Ehtimol, ulardan kimdir: u yoki boshqa o'qituvchilar haqida yaxshi ma'lumotga ega bo'lishi va sizga kimga murojaat qilish yaxshiroq ekanligini maslahat berishi mumkin.

O'quv markazidagi mashg'ulotlar, sizning talablaringizga to'liq mos kelishi kerak.

Toshkent shahridagi eng yaxshi o'quv markazini qidirishda odamlar odatda quyidagi omillarga e'tibor qaratadilar:

Mashgulotlat o'tkaziladigan binoning tahsil oluvchilar uchun qulay joyda  joylashavi.

Ushbu sohada katta tajribaga ega malakali va layoqatli mualimilar.

Kurslar yakuni bo'yicha ishga joylashishda yordam ko'rsatish.

Tahsil oluvchilar uchun mashg'ulotlarning boshlanish sanasining qulayligi.

Iloji boricha tezroq bilim olish imkoniyati.

Ta'lim imkon qadar individual bo'lishi uchun odamlar kam bo'lgan guruhda ishlash imkoniyati.

O'quv soatlarida kurs davomiyligi.

Bundan tashqari, odamlar, tabiiy tarzda, masalan, ingliz tili bo'yicha o'quv markazi xizmatlari uchun taklif etayotgan narxni Toshkent shahridagi boshqa o'quv markazlaridagi narxlar bilan taqqoslashadi.

Albatta, ta'lim arzon bo'lishi mumkin emas, lekin agar siz narxlari qimmat bo'lgan o'quv markaziga murojaat qilgan bo'lsangiz, lekin ba'zi omillar sizni qoniqtirmayotgan bo'lsa, boshqa joyni qidirish kerak.

Avvalobor, shartnoma tuzishdan oldin o'zlari haqida to'liq ma'lumot beradigan o'quv markazlariga e'tibor qarating.

Sizga o'quv jarayoni (masalan, bepul sinov darsi yoki mashg'ulot jarayoni qayd etilgan video ma'lumot), shuningdek, mualimlarning rezyumelari bilan tanishish imkoniyati berilishi kerak.

Bundan tashqari, markaz xodimlari sizni kurslar uchun to'lov, guruhlarga odam yig'ilishi muddatlari va bir guruhdagi talabalarning rejalashtirilgan soni haqida darhol xabardor qilishlari kerak.

Bu sizga kelajakda yoqimsiz vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olishga yordam beradi.

Toshkent shahridagi ro'yhatboshidagi o'quv markazlari qatoriga kiruvchi maqbul muassasani tanlashda har bir markaz haqidagi fikr-mulohazalariga e'tibor bering.

Biroq, o'ta ishonuvchan bo'lmaslik kerak, chunki 1 - 2 daqiqa ichida saytga joylashtirilgan ijobiy fikr-mulohazalar ko'p hollarda katta ishonchga loyiq bo'lmaydi.

O'quv markazi bilan shartnoma tuzayotganda, tahsil to'loviga kiritilgan narsalarga va qo'shimcha ravishda to'lash kerak bo'lgan narsalarga e'tibor bering.

Bundan tashqari, shartnoma tuzayotganda, uni boshidan oxirigacha diqqat bilan o'qib chiqing, hatto eng kichik tafsilotlarni ham qo'zdasn qochirmang.

Guruhlar yig'lishining eng uzoq muddatlari, turli kafolatlar, pulni qaytarishning mumkin bo'lgan holatlari kabi narsalarga e'tibor berish kerak.

Maxsus kurslar yakunlangandan so'ng, talabaga olingan bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda sinab ko'rish uchun amaliyot kafolatlanishi kerak.

Markazda faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarning so'rovnomalariga e'tibor qarating.

O'qituvchining ma'lumoti, uning ish tajribasi, shaxsiy fazilatlari haqida ma'lumotni ko'rib chiqing.

Agar shunday imkoniyat mavjud bo'lsa, mutaxassis haqida fikr-mulohazalarga e'tibor bering.

Sizni ko'proq ishontira olgan va sizning barcha mezonlarizga javob beradigan mualimni tanlang.

Shuningdek, o'quv markazining saviyasini, markazning ijtimoiy tarmoqlarda guruhlari mavjudligi va ularda namoyon bo'layotgan faollikka e'tibor qaratish orqali osonlik bilan aniqlash mumkin.

Toshkentdagi o'quv markazining ijtimoiy tarmoqlarda faol yuritiluvchi guruhlari, kompaniya o'zi tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan mijozlarning fikr-mulohazalari haqida qayg'urishi belgisidir.

Ushbu maslahatlarning ba'zi birlari sizga munosib va mos o'quv markazini tanlashda  yordam beradi degan umiddamiz.

Sizga yangi bilimlarni kashf etish va yangi choqqilarga erishishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.