Oliy ma'lumot kerakmi? - Rank.uz

Oliy ma'lumot kerakmi?

Вчера 20:42


Ayrimlar universitet diplomisiz hayotda ma'lum bir cho'qqilarga erishib bo'lmaydi, boshqalar esa universitetda o'tkaziladigan davr- bekorga ketgan vaqt deb hisoblaydi.

Darhaqiqat, Toshkent shahrida oliy ta'lim olishning o'z ijobiy va salbiy tomonlari bor.

Afzalliklar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Yaxshi ishga joylashish imkoniyati.

Axir, ko'plab davlat tashkilotlariga, ayniqsa, nufuzli lavozimlarga, oliy ma'lumot diplomisiz ishga qabul qilishmaydi.

Mavzuni chuqur o'rganish va ko'nikmalarga ega bo'lish.

Ba'zi yo'nalishlarni faqat ixtisoslashgan universitetlarda o'qib-o'rganish mumkin. 

Kompaniyalarda yuqori malakali mutaxassislar ko'proq qadrlanadi.

Amaliy mashg'ulotlar, qunyoqarashni kengaytirish va foydali tanishlar ortirish.

Albatta, kamchiliklar ham bor:

Bir necha yil ta'lim olish, O'zbekistonda bakalavriat 4 yil, magistratura yana 2 yil.

Hamma ham ish va o'qishni birgalikda amalga oshira olmasligi mumkin, shuning uchun ota-onalar uchun og’ir moliyaviy yuk tushurish.

Ta'lim olish uchun xarajatlarning juda katta ekanligi.

Byudjetga faqat sanoqli yoshlar kira olishlari mumkin, qolganlari esa shartnoma asosida, juda katta miqdorda pul to'lab o'qiydilar.

Toshkent shahridagi tayyorlov kurslari byudjetga kirish imkoniyatini oshiradi.

Shu bilan birga, shartnoma to'lovi har yili oshib boradi.

Universitet qanchalik nufuzli bo'lsa, to'lov shuncha  qimmat bo'ladi.

Minimal darajadagi amaliy mashg'ulotlar.

Universitetlarda ular asosan nazariya o'qitiladi, shuning uchun bitiruvchilarning ishga tayyorgarligi yetarlicha bo'lmaydi hamda o'qishni bitirib  ishga joylashgandan keyin o'rganish talab qilinadi.

O'quv yuklamasi hajmining katta ekanligi.

Ko'p ma'lumotni eslab qolish zaruriyatidan tashqari, doimiy ravishda imtihon, test sinovlari, referatlar va nazorat ishlarini topshirish zarur.

Bu ko'pchilik uchun stressdir.

AMMO!

Ba'zi kasblar va ish joylari uchun universitetda ta'lim olmasa bo'lmaydi.

Faqat ixtisoslashgan universitetlardagina shifokor, fizik, geolog, ekolog, advokat, muhandis, iqtisodchi, o'qituvchi va boshqa mutaxassisliklarni egallash mumkin.

Qanday tanlash mumkin?

Mutaxassislar OTM ni tanlashda, ommaviy yoki obro'li ekan degan fikr ta'sirida harakat qilmaslikni maslahat beradilar.

Toshkent shahridagi zamonaviy o'quv kurslari ham qisqa vaqt ichida ko'plab kasb-hunarlarni egallashni taklif etadilar.

Axir, kasbni tanlashda: o'z qiziqishlaringiz va qobiliyatingizga asoslangan qaror qabul qilish kerak.

Misol uchun, dizaynerlik kiyimlarni, oliy ma'lumot haqidagi diplomga ega bo'lmasdan, tikib va sotish mumkin.

Bundan tashqari, mehnat bozorini o'rganish kerak.

Agar ma'lum bir qiziqishlaringiz bo'lmasa, unda o'n yil keyingi istiqbol uchun yaxshi pul to'lanadigan, talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar ro'yxatining bosh o'ntaligini ko'rib chiqish yaxshidir. Bozorda raqobat juda katta bo'lgani tufayli o'ta ommalashgan kasb bilan ham ish topish qiyin bo'ladi.

Universitetni tanlagandan so'ng, u haqida fikr-mulohazalarni o'qib chiqish, hozirda o'qiyotgan talabalar bilan tanishish, o'qitish sharoitlari va o'qituvchi-pedagoglar tarkibi haqida ma'lumot olish kerak.

Bularning barchasini internetda, onlayn tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, o'qishga kirishdan oldin, puxta tayyorgarlik ko'rish, Toshkent shahridagi, kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin bo'lgan o'quv kurslarini o'rganib chiqish.

Hatto buning uchun bir yil vaqt ketsin, biroq siz imtihonga tayyor bo'lasiz.

Xulosa.

Shuni esda tutish kerakki, oliy ma'lumot razolat yoki ziyo emas, bu barcha muammolarning uchun yechim emas yoki yorqin kelajak kafolati emas.

Oliy ma'lumot- bu undan to'g'ri foydalanish kerak bo'lgan zahiradir.

Ba'zi insonlar universitet diplomiga muhtoj emas, ular Toshkentdagi tor ixtisosli kurslarni afzal ko'rishadi, bu yerda ular ahamiyati va nufuzi jihatdan hech qolishmaydigan kasblarni o'rganishlari mumkin.

Asosiysi- hayotda, intilishga arzigudek maqsadni tanlash va o'zi shug'ullanishni xohlagan narsani tanlash kerak.

Aks holda, ta'lim- vaqt va pulni bekorga sarflash bo'ladi.