Universitetga kirish uchun tayyorgarlik eng muhim narsa - Rank.uz

Universitetga kirish uchun tayyorgarlik eng muhim narsa

Вчера 20:42

Yaxshi universitetga kirish - hozirgi vaqtda har bir o'quvchi intilgan narsadir.

Har yili Toshkent universitetlariga yarim milliondan ortiq abiturientlar hujjat topshiradilar, biroq kiruvchilarning faqat kichik bir qismi kerakli ball to'playdi va oliy ta'lim muassasasiga (OTM) qabul qilinadi.

Toshkent universitetlariga kirish imtihonlari ko'plab abiturientlar uchun juda qiyin hisoblanadi.

O'z bilimlariga hali 100% ishonch hosil qilmaganlar, lekin shunday bo'lsada talaba bo'lishni istayotganlar nima qilishi kerak?

Keling, qanday imtihonlarni topshirishingiz va ularga qanday tayyorgarlik ko'rishingiz kerakligini ko'rib chiqaylik.

Birinchi navbatda

Imtihon topshirguncha hali etarli vaqtga ega bo'lganlar uchun yo'nalishni, ya'ni o'qish uchun fakultet tanlab olishni tavsiya etamiz.

Yo'nalishlar, asosan: iqtisodiy, ijtimoiy, texnik va tibbiy turlarga bo'linadi.

Yo'nalish tanlovi, matematika, tarix, ingliz tili, kimyo, fizika va boshqa fanlarni bo'yicha bilimlaringiz bilan bog'liq kuchli tomonlaringizga asoslangan bo'lishi kerak.

Ma'lumot uchun: O'zbekistondagi universitetlar turlari

O'zbekiston ta'lim tizimida Oliy ta'lim muassasalarini ikki turga bo'lish mumkin, bular: mahalliy va xalqaro universitetlar yoki ularning O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan filiallari.

Universitetning- milliy yoki xalqaro miqyosda bo'lishiga qarab, talabalarni tanlash printsipi ham  anchagina farq qiladi.

O'zbekistonning milliy universitetlari

Milliy universitetlarga kirishda: uchta yoki to'rtta fandan iborat imtihon topshirilishi kerak.

Fanlarning tarkibi: tanlangan fakultet yoki ta'lim yo'nalishi qarab farq qiladi.

Aksariyat, oliy ta'lim muassasalariga - o'zbek tili, rus tili, tarix, matematika va ingliz tili bo'yicha test shaklida imtihon topshiriladi.

Ikkinchidan: imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish uchun kerakli fanlarni aniqlab olish

Fakultetni tanlash hal bo'lgandan so'ng, kirish imtihonlari, nechta va qanday fanlardan imtihon topshirish kerakligini bilishga harakat qiling.

Ushbu fanlar va bilimlar bo'yicha maktab baholaringizni tekshiring.

Agar ushbu fanlar bo'yicha baholar unchalik qoniqarli emasligini aniqlasangiz hamda bilim darajangiz muvaffaqiyat qozongan birinchi kurs talabasining bilim darajasiga mos kelmasa, biz sizga kerakli yo'nalish bo'yicha tayyorgarlik ko'rishga yordam beradiganToshkent shahridagi abiturientlar uchun kurslarga yozilishni yoki repititorlar yollash haqida o'ylab ko'rishni maslahat beramiz.

Toshkent shahridagi tayyorlov kurslari barcha fanlar bo'yicha mashg'ulotlarni taklif qiladi.

Hozirgi kunda ko'plab o'quv markazlari imtihonlarga tayorlanuvchilarga o'z bilimlarini kerakli darajaga etkazishga yordam bermoqda va abituriyentlarni kafolat bilan tayyorlamoqda.

Agar siz hayotingizni tilshunoslikka bog'lashni aniq qaror qilgan bo'lsangiz, ammo ingliz tili bilimi etarli darajada bo'lmasa, xavotirlanishga hojat yo'q, siz faqat Toshkentdagi abiturientlar uchun ingliz tili kurslariga yoziling va astoydil ta'lim oling.

Repetitorlar- abituriyentlar uchun yana bir yaxshi yechimdir.

Repititor bilan mashg'ulotlar ham yaxshi natijalarga olib keladi, chunki repititor barcha kuchini bir o'quvchiga qaratadi.

Hujjatlarni tayyorlash

Siz kurslarni o'qib tugatib, o'z bilimlaringizga bo'lgan ishonchingiz ortgan so'ng va siz qabul qilinishga o'zingizni tayyordek his qilganingizda- hujjatlarga e'tiborni qarating.

Shuni ham unutmangki, hozirda O'zbekiston hukumati tomonidan bir vaqtning o'zida bir nechta universitetlarga ariza topshirishga ruxsat berilgan bo'lib, bu sizning o'qishga kirish imkoniyatingizni oshiradi!

Siz hujjat topshirmoqchi bo'lgan universitetlarning veb-saytlarida qabul qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati joylashtirilgan bo'lishi kerak, u bilan sinchklab tanishib chiqing va hech qanday holatda  eng kichik tafsilotni ham o'tkazib yubormang, aks holda sizning hujjatlaringiz ko'rib chiqilsh uchun qabul qilinmasligi mumkin.

Sizning hujjatlaringiz qabul komissiyasi tomonidan qabul qilindi va endi sizga kirish imtihonlari, ularning o'tkazilish vaqti va joyi haqida axborot e’lon qilinishini kutish qoldi xolos.

Ushbu axborotni abituriyent maxsus saytda, hujjatlarni topshirganidan keyin unga berilgan  o'z ID raqamini yoki pasport seriyasini kiritib, tekshirishi mumkin.

Saytda ma'lumotlarni kiritganingizdan so'ng, kirish imtihonlari o'tkaziladigan joy, qaysi sanada va soat nechida o'tkazilishi haqida ma'lumot beradigan hujjat paydo bo'ladi.

Sinovlar belgilangan vaqtidan ancha keyin emas, balki o'z vaqtida va tegishli rasmiy ko'rinishda kelish juda muhimdir.

Imtihonlarni topshirish vaqti keldi.

Toshkent universitetlarida imtihon, maktab yoki kollejda o'qitilgan fanlardan uchtasi yoki to'rttasi bo'yicha bo'lib, agarchi siz yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsangiz, bu hech qanday qiyinchilik tug'dirmasligi kerak.

Abituriyentlar belgilangan vaqt va joyga kelib, imtihonlarni topshirishga kirishadilar.

Har bir abiturientga savollar keltirilgan blankalar  hamda unda javoblarni belgilash talab etiladigan blanka beriladi.

Odatda, xonada imtihon topshirayotganlarga nima qilish va qanday qilish kerakligini tushuntiradigan yana bir kishi bo'ladi.