Nima uchun bolaga dasturlash asoslarini o'rgatish kerak? - Rank.uz

Nima uchun bolaga dasturlash asoslarini o'rgatish kerak?

Вчера 20:42

Ta'kidlash joizki, ushbu yo'nalish, IT sohasida ta'limini davom ettirishni rejalashtirmaganlar uchun ham muhimdir.

Shunday qilib, Toshkent shahrida kichik yoshdan dasturlash quyidagi afzalliklarga ega:

Har tomonlama rivojlanish - chunki bunda sinchkovlik, fantaziya, fazoviy fikrlash, tahlil qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Dasturlardan foydalanish mahorati paydo bo'ladi.

Zamonaviy texnologiyalar orqali o'zligini ifoda etish o'rgatiladi.

Dasturlash asoslarini ayniqsa bolalar yaxshi o'zlashtiradi.

Biroq, eng muhim sabab- bu tarixiy zaruratdir.

Bizning raqamli texnologiyalar asrimizda, aynan dasturlash, ertangi kunda ishonchli kelajakni his etishni istaganlar uchun muhim ko'nikma hisoblanadi.

Shuning uchun bolalarni qiziqtiring, ularni Toshkent shahridagi yangi o'rganuvchilar uchun dasturlash kurslariga a'zo qiling.

Bundan tashqari, kompyuter dasturlarini va global tarmoqning nozik tomonlarini bilish har doim, hatto uzoqdan- uydan turib ishlashga ham imkoniyat beradi.

Nimadan boshlash kerak?

Bolani dasturlash bilan tanishtirish, raqamli savodxonlik asoslarini o'rgatish uchun , Toshkentdagi bolalar uchun kompyuter kurslarini tanlash kifoya qiladi, u yerda bolalar, maxsus ishlab chiqilgan turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar vositasida o'qitiladi.

Kichk tadqiqotchi ta'lim dasturining yorqin tasvirlari va qiziqarli mohiyatiga qiziqib qoladi hamda kompyuter tilining asoslarini anglashga allaqachon kirishganini o'zi sezmaydi .

Shuning uchun, bolaga boshlang'ich kompyuter savodxonligini o'rgata oladigan malakali mutaxassislar bilan ish boshlash kerak.

Zamonaviy o'quv markazlari turli kurslarni taklif qiladilar, ammo to'g'ri variantni qanday tanlash mumkin? 

Birinchi navbatda, o'quv markazining obro'siga, o'qituvchilar tajribasiga va ta'lim dasturiga e'tibor bering.

Bolalarni zerikarli nazariya yoki kompyuterni oddiy yoqish/o'chirish bilan qiziqtirib bo'lmaydi.

Masalan, dasturlashga yaqqol namuna– Google Project konstrukturidir, u tushunarli modullar-tugmalar, markerlar, bloklardan tashkil topgan to'laqonli platformadir.

Bolalarga dasturlash qanday o'rgatiladi?

Toshkent shahrida maktab o'quvchilari uchun dasturlash o'quv jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, bolalar hamma narsani o'yin orqali qabul qiladilar, shuning uchun tushunarsiz darsliklar va nazariya bu muammoni hal qilishda samarasizdir.

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun mutaxassislar o'rgatuvchi kompyuter o'yinlarini tanlashadi.

Bundan kelib chiqadiki, bola- vaqti chog'lik qilib, pog'onama pog'ona, foydali ko'nikmalarga ega bo'lib boradi.

Nega: bola uchun uydagi kompyuterga bevosita biron-bir o'yinni o'rnatish o'rniga, uni kurslarga jo'natish kerak?

Barisi juda oddiy.

Toshkent shahridagi bolalar uchun dasturlash tillari- yosh toifasiga ko'ra tanlangan, soddalashtirilgan ta'lim usullarini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, har bir bolaning o'z rivojlanish sur'ati bor.

Shuning uchun bolalar dasturlashni maroqli va qiziqarli o'yin, maktab o'quvchilari esa foydali va qiziqarli vaqtichog'lik sifatida qabul qiladilar.

Soddalashtirilgan dasturlash uslublarini ta'lim platformalarida qo'llash mumkin, shunda bola, multfilm yoki hatto o'yinni ham mustaqil ravishda yoki mualim yordamida yaratishi mumkin.

Xulosalar.

Sinov dars olib kelib, farzandingizni dasturiy ta'minotga qiziqtirishga harakat qiling.

Albatta, kichkintoylar dasturlashni to'liq o'zlashtira olmaydi, lekin shunisi aniqki, kelajakda IT sohasida ishlash uchun asos yaratiladi.

Ehtimol, aynan shu qadam, farzandingiz kelajakda o'z kasbiy hayotini kompyuter texnologiyalari bilan bog'lashiga turtki bo'lar.