International School of Finance and Technology (ISFT) - Rank.uz

International School of Finance and Technology (ISFT)

OTM lar Ro`yxatga olingan 11 окт, 2021 г.

Fakultet Maktabgacha ta`lim

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

6/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    Ingliz tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • Ta'lim narxi

    17 000 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 60

2

Ona tili va adabiyot - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 60

Fakultet haqida ma`lumot

"Maktabgacha ta'lim" fakulteti eng ko'p talab etilayotgan va muhim ta'lim yo'nalishlaridan biri xisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, fakultet professor-o'qituvchilari kelajakda taniqli fan arboblari bo'ladigan va aholi ma'rifatiga o'z hissalarini qo'shadigan mutaxassislarni tayyorlash niyatida faoliyat yuritishadi. O'qish davrida talabalar turli xil modullarni o'rganadilar, masalan, bolalarni tarbiyalash, bolalar psixologiyasi, ularni o'qitish metodikasi, nutqini rivojlantirish metodikasi va boshqalar. So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko'plab sohalarni qamrab olganligi sababli, maktabgacha ta'limning yuqori malakali kadrlariga talab ortdi.

Kim uchun mo`ljallangan

Maktabgacha ta'lim fakulteti o'z faoliyatini maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash sohasida amalga oshirmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan. O'qishni tugatgandan so'ng, bitiruvchilar xususiy sektorda ham, davlat sektorida ham faoliyat olib borishlari mumkin. Ushbu yo'nalishning ahamiyati shundaki, bolalarni o'qitish davri ularning rivojlanishining eng boshlang'ich bosqichidir va bunda to'g'ri yo'nalish berish maktabgacha ta'lim sohasi vakillarining asosiy vazifasidir.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun online formatda anketa to’ldiriladi va quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - anketa to’ldirish uchun rasm

Grant olish shartlari

Eng yuqori ball to'plagan abituriyentlar grant asosida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritishadi

 - Rank.uz
 - Rank.uz