Profi Universiteti - Rank.uz

Profi Universiteti

OTM lar Ro`yxatga olingan 21 дек, 2021 г.

Fakultet Buxgalteriya hisobi va audit

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

7/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    60.00

  • Ta'lim narxi

    24 100 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Matematika - 30 ta savolli test. Yuqori ball: 75

2

Mantiq - 15 ta savolli test. Yuqori ball: 37,5

Fakultet haqida ma`lumot

Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida buxgalteriya hisobi bo`yicha bilim beriladi va sizda har qanday sohada ishlash va muvaffaqiyatli o`sish uchun ko`nikmalar hosil bo`ladi. Bu fakultet sizni butun karyerangiz davomida turli xil muammolarni hal qilishingiz uchun zarur bilim va malakalarni beradi. O`qish davomida talabalar barcha talablarga javob beradigan sharoitda tahsil olib, mahoratli professor o`qituvchilar tomonidan tajribalarini oshirishadi.

Kim uchun mo`ljallangan

Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti matematika va hisob-kitob ishlariga hamda turli xildagi masalarni hal qilishga qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu fakultetda tahsil olganlar hisobchi- buxgalter, auditor, ilmiy tadqiqodchi va boshqa kasblar egasi bo`lib yetishib chiqadilar. O`qish mobaynida iqtisodiyot va uning yo`nalishlariga tegishli muhim tushunchalarni, kategoriyalarni va tuzilishlarini va shu sohaning rivojlantirish modellari va metodlarini o`rganib, tajribada qo`llashadi.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

- Pasport; - Kollej/litsey diplomi yoki maktab guvohnomasi; - 3 × 4 rasm Barcha hujjatlar skanerdan o'tkazilishi, jpg va pdf formatida bo'lishi kerak.

 - Rank.uz
 - Rank.uz