TMC Institute - Rank.uz

TMC Institute

OTM lar Ro`yxatga olingan 20 июл, 2022 г.

Fakultet Axborot tizimlari va texnologiyalari

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

6/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    Ingliz tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • O`tish ballari

    5.50

  • Ta'lim narxi

    30 000 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Ingliz tili - IELTS. Yuqori ball: 9

Fakultet haqida ma`lumot

TMC Institutining "Axborot tizimlari va texnologiyalari" fakulteti IT dunyosida dasturiy ta'minot tizimlarini qurish, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning zamonaviy usullaridan foydalanish sohasida samarali va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan. O'qish davomida talabalar kodlash, veb-saytlarni ishlab chiqish, veb-xizmatlar, mobil ilovalar va ularni takomillashtirish kabi fanlarni o'rganadilar. O'qish oxirida bitiruvchilar quyidagi ko'nikmalarni o'zlashtiradilar: 1. jamoada ishlash 2. dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida jamoani boshqarish 3. dasturiy mahsulotlar loyihalarini ishlab chiqish 4. yangi dasturiy ta'minot tizimlarini yaratish

Kim uchun mo`ljallangan

TMC Institutining "IT" fakulteti dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, dasturlash tillarini o'rganish va takomillashtirish sohasida o'z faoliyatini amalga oshirmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun online formatda anketa to’ldiriladi va quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 5.5)

Grant olish shartlari

Institut grant joylarini taqdim etmaydi

 - Rank.uz
 - Rank.uz