University of Science and Technologies (USAT) - Rank.uz

University of Science and Technologies (USAT)

OTM lar Ro`yxatga olingan 2 окт, 2022 г.

Fakultet Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Ta`lim shaklini tanlash imkoniyati *

8/10

Ta`limni qiyinlilik darajasi
  • Ta`lim tillari

    O`zbek tilida, Rus tilida

  • O`qitish davri

    4 Yil

  • Ta'lim narxi

    16 800 000 So`m,bir yilga


Qabul qilinish uchun zarur imtihonlar
1

Ijodiy imtihon - Og`zaki.

Fakultet haqida ma`lumot

Fan va Texnologiyalar Universitetining "Ingliz tili va adabiyoti" fakulteti ingliz tilini o'qitish, chuqur va har tomonlama o'rganish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni o'z maqsad deb xisoblaydi. O'qish davomida talabalar til amaliyotining aspektlari, nazariy fonetika, tilshunoslik asoslari, mustaqil o'rganish ko'nikmalari, leksikologiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti, ingliz tilining rivojlanish tarixi, mamlakatshunoslik va ingliz tilining dialektik xususiyatlari va boshqa ko'plab fanlarni o'rganadilar. Universitetni tugatgandan so'ng, bitiruvchilar tadqiqot faoliyatini davom ettirishlari, ta'lim muassasalarida dars berishlari va ushbu sohani rivojlantirishga hissa qo'shishlari mumkin. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'z faoliyatini chuqur va har tomonlama o'rganish, ingliz tilini o'qitish va ushbu sohani rivojlantirishga hissa qo'shish niyatida bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Kim uchun mo`ljallangan

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'z faoliyatini ingliz tilini chuqur va har tomonlama o'rganish, ingliz tilini o'qitish va ushbu sohani rivojlantirishga hissa qo'shish niyatida bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Malaka talablari

O'rta maxsus ta'lim, o'n bir yillik maktab ta'limi

Abituriyentlar ro`yxatdan o`tishi uchun kerakli hujjatlar ro`yxati

Ushbu universitetga kirish uchun online formatda anketa to’ldiriladi va quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi: - shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi - maktab, kollej, yoki litsey bitirganligi to'g'risida hujjat nusxasi - profil uchun rasm - xorijiy tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo'lsa)

Grant olish shartlari

Universitetda grant joylari mavjud emas

 - Rank.uz
 - Rank.uz